chiqarmasinlar«. Bunda asosiy e’tibor saroy, ibodatxona mulkini hamda vavilonlik
fuqarolar va davlat xizmatchilarining, birinchi navbatda harbiylarning mulkini
himoya qilishga qaratilgan. Xammurapi qonunlariida ularning ulushi (erlari) sotilishi
man etiladi. «Sipoh g’ki soliq to’lovchiga tegishli bo’lgan dala, uy, bog’, - deyiladi
qonunda, - kumushga sotilishi mumkin emas,». Bundan tashqari, qonunda
aytilishicha, o’z mamlakati tashqarisida qul sifatida sotib olingan vavilonlik fuqarolar
o’z vataniga qaytgach erkinlikka erishadi.
Qonunda sudxo’rlar zo’ravonligiga qarshi qaratilgan moddalar ham mavjud.
Hosil kam bo’lgan paytlarda qarzlarni to’lash muddatini bir yilga cho’zishga ruxsat
berilgan (qo’shimcha foiz to’lovisiz). Xammurapi qonunlarida sudxo’rlar o’z xolicha,
qarzdorlarning ruxsatisiz qarz evaziga ularning hosilini tortib olishi man etilgan.
Ular qat’iy ravishda puldagi (20%) va natural shakldagi (33 1/3 %) foiz normasini
aniq belgilab bergan.
Xammurapi kodeksida tutqunlarga nisbatan g’mon munosabatda bo’lgani
uchun sudxo’rlarni hatto jazolash (shu jumladan qonuniy yo’l bilan ham) ko’zda
tutilgan. Sudxo’rlikning keng rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi asosiy omillardan biri
qarzdorlik uchun qullik muxlatining uch yil bilan cheklanishidir (to’rtinchi yili unga
erkinlik berilishi lozim bo’lgan). Biroq sudxo’rlikka qarshi qonunchilikda izchillik
bo’lmagan. Xususan, qarzdorni ozod etishda uni ishlab chiqarish g’ki yashash
vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilmagan. Hech qanday vositasi bo’lmagach,
ozod qilingan qarzdor yana qaytib sudxo’rga murojaat qilishga majbur bo’lgan.
Xammurapi qonunlarida g’llanma munosabatlarni tartibga solishga katta
e’tibor berilgan. Uning juda ko’p turdagi shakllari ko’rib chiqilgan bo’lib, hatto
g’llanma mehnat uchun to’lov miqdori ham aniq qilib ko’rsatib berilgan.
Asosiy maqsad ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, qishloq xo’jaligini
rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash, mehnatsiz daromad topishga qarshi kurashish
bo’lgan. Umuman, xususiy mulkchilik, shu jumladan erga bo’lgan xususiy
mulkchilik tan olingan. Birovning xususiy mulkiga ko’z olaytirgan, unga zarar
etkazganlar iqtisodiy jihatdan jazolangan.
Shunday qilib, eski Vavilon podsholigi qonunlarida davlat tartiblashining va
aholi iqtisodiy faoliyatini nazorat qilishning turli shakllari ko’zda tutilgan. Ular real
iqtisodiy jarag’nlarga, tovar-pul munosabatlarini rivojlanishiga, fuqarolar mulkini
himoya qilishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi. Shu bilan birga bu qonunlar
Osig’dagi boshqa mamlakatlarda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishida katta rol
o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: