Qiymat nazariyasi.
D.Rikardo nazariyasida tovar qiymati uni eng g’mon sharoitda ishlab chiqarish
uchun sarflangan mehnat miqdori bilan o’lchanadi. Masalan, qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining qiymati ularni eng g’mon erlarda ishlab chiqarishga ketgan mehnat
sarflari bilan o’lchanadi. Agar qiymat ushbu xarajatlardan past bo’lsa, unda g’mon
sharoitda ishovchilar ishlab chiqarishni to’xtatgan va mazkur tarmoqdan ketgan
bo’lar edilar. Bu erda shu narsaga e’tibor berish kerakki, D.Rikardo qiymatning
mutlaq ifodasini emas, balki ikki tovarning nisbiy qimmatini nazarda tutgan. Agar A
tovar V tovarga ayirboshlansa, unda ayirboshlash proportsiyasi ularni ishlab
chiqarishga ketgan mehnat sarflari nisbatiga asoslanadi.
Moddiy sarflarchi, ular qanday bo’ladig’ D.Rikardo fikricha, kapital - bu
mujassamlashgan mehnat, ya’ni kapitalni yaratuvchilarning oldingi mehnati. Demak,
tovarning qiymati uni g’mon ishlab chiqarish sharoitida tayg’rlashga ketgan jonli
mehnat sarflari bilan hamda kapital va xom ashg’ni ishlab chiqarish uchun ketgan
oldingi mehnat sarflari bilan o’lchanadi. D.Rikardo ta’limotiga ko’ra, tovar qiymatini
aniqlashda faqat uni ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarflarini emas, balki uning
sifatini (malakali va murakkab mehnatga ko’p xaq to’lanadi), tovarni bozorga olib
kelishga ketgan vaqtni, asosiy va aylanma kapitaldan foydalanish xususiyatini ham
hisobga olish zarur. Erkin takror ishlab chiqarilmaydigan tovarlar qiymati esa nafaqat
mehnat sarflariga, balki nog’blikka ham bog’liq bo’ladi.
Umuman olganda D.Rikardo tomonidan ishlab chiqilgan qiymatning mehnat
nazariyasi sarfli printsiplarga asoslangan. Uning bu nazariyasini birinchi bo’lib tanqid
qilgan o’zining do’sti T.Maltus hisoblanadi. U, birinchidan, savol qo’yadi: agar
qiymatning mehnat nazariyasini to’g’ri deb faraz qilsak, unda mehnatga haq to’lash
qanday bo’ladi: qiymat bo’yichami g’ki qiymatdan past baho bo’yichamig’ Agar
baho qiymatdan past bo’lsa, unda ekvivalentli ayirboshlash printsipi buziladi
(foydaliligi har hil, lekin bir xil qiymatga ega bo’lgan tovarlar ayirboshlanadi) - bu
klassik nazariyaning va D.Rikardoning asosiy printsipi. Ikkinchidan, T.Maltus
qiymatning mehnat nazariyasi real amalig’t bilan mos tushmasligini ko’rsatib beradi:
agar qiymatning yagona manbai haqiqatdan ham mehnat bo’lsa, unda mehnat ko’p
sarflanadigan tarmoqlardagi tadbirkorlar, kapital ko’p sarflanadigan tarmoqlardagi
tadbirkorlarga nisbatan ko’proq foyda olishlari kerak. Amalig’tda esa barcha
tarmoqlarda foyda normasi deyarli bir xil. Demak, D.Rikardo nazariyasi hato, tovar
qiymati faqat mehnat bilan emas, balki boshqa ishlab chiqarish omillari sarflari bilan
ham aniqlanadi deb, xulosa qiladi T.Maltus. D.Rikardo o’limidan sal avval, o’zining
qiymat faqat mehnat sarflari bilan o’lchanadi deb tushuntirishga qilgan harakati
noto’g’ri ekanligini tan olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |