Taqsimot nazariyasi.
A.Smitning taqsimot nazariyasi ishlab chiqarish nazariyasiga
nisbatan unchalik
ishonarli chiqmagan. Uni keyinchalik D.Rikardo va J.B.Seylar to’ldiradilar.
A.Smitning taqsimot modelining zaifligi uning qiymatni tushunishdagi nuqsonlari,
qishloq xo’jaligiga nisbatan fiziokratik bid’atlari, xizmat ko’rsatish sohasiga munosib
baho bermasligi, kapital va mehnat evaziga daromadning shakllanishi to’g’risidagi
hatosi (u foyda
va foiz farqini ajratmadi, keyin unda ish haqi goh yashash vositalari
minimumi qiymatiga kelib taqaladi, goh talab va taklif bilan tartiblanib turiladi) bilan
bog’liq. A.Smitning taqsimot nazariyasi ko’plab sotsialistik g’oyalar uchun «manba»
bo’lib xizmat qildi.
A.Smit nazariyasi bo’yicha daromad uch qismga bo’linadi:
ish haqi, renta va
foydaga. Joriy moddiy sarflar ham pirovard natijada daromadga kelib taqaladi. («Smit
dogmasi» atalmish narsa). Masalan, ko’ylakning qiymati yuqorida ko’rsatilgan
daromad turlaridan tashqari gazlamaning qiymatini ham o’z ichiga oladi. Lekin
gazlama konkret ishlab chiqaruvchidan xarid qilingan va uni sotishdan tushgan
tushum ham daromadga va xom ashg’ (ip) to’lovlariga bo’linadi.
Ipning qiymati esa
o’z navbatida ish haqini, rentani va foydani o’z ichiga oladi. Pirovard natijada
hammasi daromadga kelib taqaladi, deb hisoblaydi A.Smit.
U uch sinfni ajratib ko’rsatib beradi (daromadlar manbai mezoniga muvofiq):
ishchilar, er egalari va kapitalistlar. Bu sinflar vakillarining daromadlari yig’indisi
jamiyatning milliy daromadini tashkil etadi. Demak,
milliy daromad uchta ishlab
chiqarish omili (mehnat, er va kapital) ishtirokida yaratiladi. Daromadning boshqa
turlari (xizmat ko’rsatish sohasidan, davlat xizmatidan keladigan) - ikkilamchi,
milliy daromadni qayta taqsimlash
tufayli vujudga keladi, ya’ni ishchilar, er egalari
va kapitalistlar daromadidan to’lanadi.
A.Smitning o’zi taqsimot sohasini juda yaxshi (ideal) tashkil etilgan deb
hisoblamaydi (ayni chog’da, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi tabiiy tartib uni to’liq
qoniqtirgan bo’lsada).
Uning tasdiqlashicha, «renta va foyda ish xaqini eb tashlaydi
va .yuqori sinflar quyi sinflarga zulm o’tkazadi». Kapitalistlar ishchilar bilan
savdolashishda ustunlikka ega, negaki kapitalistlar bir-ikki yil
ularsiz yashay oladilar,
ishchilar esa doimiy daromad olishga muxtoj. Mehnat bozorida kapitalistlarning
ustunlik holati natijasida mehnat xaqi normasi ishchi oilasi uchun zarur bo’lgan
yashash minimumi darajasiga intiladi. Mazkur qoida «ish haqi fondi» (g’ki «ish
haqining temir qonuni») kontseptsiyasi nomini olgan. Bunda shu narsani hisobga
olish zarurki, ya’ni A.Smit qayd qilib o’tgan «mehnatning tabiiy bahosi» nafaqat
jismonan
yashab ketishini taqozo etadi, balki normal yashash shart-sharoitlarining
bo’lishini (ular turli mamlakat va davrlarda har xil bo’ladi) ham ko’zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: