“Iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan muammoli ma’ruza matnlari to’plami T.: Tmi, 2003. bet


Takror ishlab chiqarish nazariyasi



Download 1,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/141
Sana02.01.2022
Hajmi1,05 Mb.
#98424
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141
Bog'liq
2 5346218081372865191

 Takror ishlab chiqarish nazariyasi. 
 
 
Iqtisodiy ta’limotlarning rivojlanishida F.Kenening mashhur «Iqtisodiy jadval» 
asari juda katta rol o’ynadi. Bu asarda ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarag’ni 
birinchi  marta makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi. F.Kene jamiyatdagi uchta 
sotsial guruhlar-sinflar o’rtasida mahsulot va pulning ayirboshlanish jarag’nini 
ko’rsatib berdi. Takror ishlab chiqarish jarag’nini tahlil qilishda baholarning 
o’zgarmasligi asos qilib olinadi. (Bunda almashuv ekvivalentlik tamoyili asosida ro’y 
berayapti deb faraz qilinadi). Bu jarag’n tashqi bozor ta’sirisiz, ya’ni faqat ichki 
bozor sharoitida yuz berayapti deb qaraladi.  
 
«Jadvaldagi» takror ishlab chiqarishning boshlang’ich nuqtasi yaratilgan bir 
yillik mahsulot hisoblanadi. F.Kene statistik hisob-kitoblarga asoslangan holda 
Frantsiya dehqonchiligidagi yalpi mahsulot qiymatini 5 mlrd. livrga (livr - o’sha 
paytdagi Frantsiya 
pul birligi) baholadi (oziq-ovqat 4 mlrd. livrni, xom ashg’ 1 mlrd. livrni tashkil etadi). 
Bu mahsulotdan tashqari fermerlar o’tgan  
yilgi hosilni sotishdan olgan 2 mlrd. livrga ega. Bu pulni ular mulkdorlarga ijara haqi 
sifatida er uchun to’laydilar. Unumsiz g’ki «hosilsiz» sinf 2 mlrd. livrlik sanoat 
mahsulotiga ega. Jami ijtimoiy mahsulot, F.Kene hisobi bo’yicha, 7 mlrd. livrni 
tashkil etadi. Mulkdorlar (er egalari) hosilni yig’ishtirib olgandan keyin fermerlardan 
2 mlrd. livr ijara haqi olganlar.  
 
Bu erda barcha yaratilgan mahsulot realizatsiyasi va aylanish jarag’ni qanday 
amalga oshadig’ «Iqtisodiy jadval»ning shartlariga ko’ra bu jarag’n besh aktdan 
iborat bo’lib, uning har birida 1 mlrd. livrga teng mahsulot realizatsiyasi amalaga 
oshiriladi.  
58 


 
 
1.  
Mulkdorlar «unumli sinf» dan 1 mlrd. livrlik oziq-ovqat mahsulotlarini sotib 
oladilar. Buning natijasida qishloq xo’jaligi mahsulotlarining 1/5 qismi realizatsiya 
qilinadi. Mahsulotning bu qismi muomala sohasidan iste’mol sohasiga (er 
egalariga) o’tadi. 
2.  
Mulkdorlar  «unumsiz sinf»dan 1 mlrd. livrlik sanoat mahsulotlarni sotib oladilar. 
«Unumsiz sinf» shu bilan o’z mahsulotining yarmini realizatsiya qiladi.  
3.  
«Unumsiz sinf» mulkdorlardan olgan puliga «unumli sinf»dan iste’mol buyumlarni 
sotib oladi. Shu bilan qishloq xo’jaligi mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya 
qilinadi. 
4.  
«Unumli sinf» «unumsiz sinfdan» olgan 1 mlrd. livrga uning o’zidan («unumsiz 
sinf»dan ) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarni oladi (ular asosiy kapitalning 
eyilgan, ishdan chiqqan qismini qayta tiklashga ishlatiladi). Buning natijasida 
sanoat mahsulotlarining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi.  
5.  
Aylanish jarag’ning beshinchi, yakunlovchi aktida «unumsiz sinf» «unumli 
sinf»dan 1 mlrd. livrlik qishloq xo’jaligi  
xom ashg’sini xarid qiladi.  
Oxirida jami ijtimoiy mahsulotning butun aylanish jarag’ni natijasida sinflar 
o’rtasida 3 mlrd. livrlik qishloq xo’jalik mahsulotlari va 2 mlrd. livrlik sanoat 
buyumlari realizatsiya qilindi. «Unumli sinf» ixtig’rida qolgan 2 mlrd. livrlik 
mahsulot barcha sinflar o’rtasidagi umumiy aylanishda qatnashmaydi, u faqat o’z 
sinfi doirasida aylanadi (jadvalda bunday aylanish berilmagan). Bu mahsulot qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarish jarag’nida sarflangan urug’lik va oziq-ovqat mahsulotlari 
o’rnini qoplaydi. «Unumli sinf» tomonidan sotib olingan sanoat tovarlari asosiy 
kapitalning eskirgan qismini koplash uchun ishlatiladi. Naqd pul (2 mlrd.) muomala 
(aylanish) natijasida «unumli sinf» qo’liga kelib tushadi, ammo keyingi muddat 
uchun ijara haqi to’lash natijasida bu pul yana er egalari ixtig’riga o’tadi. Shunday 
qilib, yangi ishlab chiqarish tsiklini boshlash uchun, ya’ni oldingi hajmdagi ishlab 
chiqarishni, oddiy takror ishlab chiqarishni davom ettirish uchun zarur shart - 
sharoitlar yaratiladi.  
 
«Iqtisodiy jadval»da takror ishlab chiqarishni tahlil qilish asosida olingan 
muhim ilmiy xulosa shundaki, unda ayrim oldi-sotdi aktlari qarab chiqilmaydi, balki 
juda ko’p bunday yakka muomala aktlari sinflar o’rtasidagi muomalaga 
mujassamlashtiriladi. Ana shu sinflar o’rtasidagi muomala F.Kene tadqiqotining 
predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, uning muomalani takror ishlab chiqarish jarag’nining 
atigi bir shakli sifatida, pul muomalasini esa kapitalning faqat aylanish momenti 
sifatida ko’rsatib berishga qilgan harakati samarali bo’ldi.  
 
Ammo F.Kenening takror ishlab chiqarish to’g’risidagi ta’limotida bir qator 
kamchiliklar mavjud. «Iqtisodiy jadval»dagi sinflar tushunchasida izchillik, ilmiylik 
etishmaydi. Sanoatchilarni ishlab chiqarish vositaliridan mahrum etgan holda (ular 
o’z mahsulotlarining hammasini sotib yuboradi), F.Kene ularni  
ishlab chiqarish jarag’nini qaytadan  boshlash  imkoniyatidan  mahrum etadi. 
Mahsulotni realizatsiya qilishda markaziy o’ringa er egalarining o’tib qolishi 
noto’g’ri bo’lgan. «Iqtisodiy jadval»da ijtimoiy mahsulotning joylashishi ham to’liq 
59 


 
ochib berilmagan. Ammo undagi kamchiliklar mazkur asarning qimmatini 
tushirmaydi. Unda iqtisodiy fikrlar tarixida birinchi marta milliy iqtisodig’t 
makroiqtisodiy darajada tahlil qilindi va undagi g’oyalar bo’lajak iqtisodiy 
modellarning kurtagi bo’lib qoldi.  

Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish