yillik muayyan miqdordagi rentaga teng bo’lishi kerak. Ammo u bu miqdorni ilmiy
jihatdan aniqlab bera olmadi, ya’ni erning bahosini keltirib chiqarish uchun bir yillik
rentani ko’paytirish mumkin bo’lgan sonni topa olmadi. Bu savolni echish uchun
U.Petti rentani 21 yilga ko’paytirishni tavsiya etadi. Negaki uning tasdiqlashicha
faqat uch avlod vakillari: buva (50 g’sh), ug’il (28 g’sh) va nevara (7 g’sh) -
birgalikda 21 yil yashashlari mumkin. Shuning uchun muayyan er uchastkasining
qiymatini tashkil etuvchi bir yillik renta summasi usha uch avlod kishilarining
birgalikda yashash yiliga teng bo’lishi kerak. Shu sababli erning qiymati ham
taxminan shuncha miqdordagi bir yillik renta summasiga teng.
Shu bilan birga uning er bahosini aniqlashdan kelib chiqadigan ssuda kapitali
bilan erdan olinadigan yillik renta o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik g’oyasi iqtisodiy
fikrlarning rivojlanishida ijobiy rol o’ynadi. Buni keyinchalik K.Marks qayd qilib
o’tadi. Ma’lum ma’noda xuddi shunday fikr Y.Shumpetrning iqtisodiy qarashlarida
ham uchraydi. Uningcha, birorta kapitalist er uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi
mumkin bo’lgan rentaga teng foiz keltirishi mumkin bo’lgan pul summasidan yuqori
ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta er egasi o’z uchastkasini undan
olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul summasidan kamiga sotmaydi. Ammo u
o’sha summadan ko’pini ham ololmaydi, negaki bunday summani to’lashga rozi
bo’lgan kapitalistga birdaniga juda ko’p er uchastkalari taklif qilinadi.
U.Petti birinchilardan bo’lib raqamlarni, hisob-kitoblarni, statistik
ma’lumotlarni va statistik tahlil uslublarini (iqtisodiy statistikani u «Sig’siy
arifmetika» deb atagan) keng
qo’lladi. Uning asarlarida milliy boylik va milliy daromad statistikasiga, aholi sonini
va uning tuzilishini hisoblashga, mehnat resurslarining qimmatini aniqlashga katta
e’tibor beriladi. Unda o’z davri uchun ancha aniq bo’lgan mamlakat milliy
boyligining hisoblari mavjud edi. Bu erda U.Petti boylik tarkibiga ishchi kuchini ham
kiritgan. U jamiyatning har xil ixtisoslikka bo’lgan ehtig’jini, jumladan zarur bo’lgan
tibbig’t xodimlarining sonini hisoblab chiqdi. Ushbu hisoblar tufayli U.Petti har xil
ixtisoslik bo’yicha ikkita Angliya universitetida nechta talaba ta’lim olishi kerakligini
aniqlab berdi. Uning tomonidan boylikning asosiy ko’rinishi pul degan g’oya ham
inkor etildi. U.Pettining hisobi bo’yicha Angliyada pul miqdori uning jami
boyligining 3% dan ortmaydi. Haqiqatda milliy boylikning asosi - bu mol-mulk (er,
uy, transport vositalari, chorva va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: