Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Download 1,61 Mb.
bet77/123
Sana24.06.2022
Hajmi1,61 Mb.
#700373
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123
Bog'liq
SodaPDF-converted-6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar


Marjinalizm; eng yuqori (chegaraviy) naf; noyoblik; ekonomiks; subyektiv-psixologik; iqtisodiy liberalizm; robinzonada usuli; subyektiv; spekulatsiya.




Nazorat va mulohaza uchun savollar


1.XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida vujudga kelgan iqtisodiy ta'limotlarga xos xususiyatlar nimadan iborat?


2.XIX asrning 70-yillarida shakllangan qaysi nazariy maktablarni bilasiz?
292

  1. Bu davrda yangicha ilmiy tahlilni maydonga tashlagan olimlar kimlar?

  2. Avstriya maktabining asoschilari kimlar?

  3. Marjinalizmning iqtisodiyot fanida tutgan o`rni haqida aytib

bering.
6.K.Menger, Ye.Byom-Baverk va V.Fizerning asosiy asarlari
qaysilar?
7.U.Jevonsning iqtisodiy mavzudagi asosiy asarlarini aytib bering. 8.L.Valrasning iqtisodiy g`oyasiga qanday tushunchalar asos qilib
olingan? Miqdor iste'molining kamayuvchi funksiyasini izohlab bering.
9.Bozorning iqtisodiy muvozanati nimani anglatadi? 10.L.Valras qonunini izohlab bering.
Tekin pishloq qopqonda bo`ladi.
O`git.


HOZIRGI ZAMON IQTISODIY TA'LIMOTLARINING ASOSIY YO`NALISHLARI




Hozirgi davr iqtisodiy ta'limotlarining asosiy xususiyatlari


Birinchi navbatda "hozirgi zamon" tushunchasiga aniqlik kiritish kerak. Ba'zi iqtisodchilarning fikricha, XIX asr oxirlarida vujudga kelgan iqtisodiy g`oya, ta'limot va konsepsiyalar hozirgi zamonniki, deb tan olinadi.


Bu izohda mantiq bor, albatta, chunki o`sha davrda yuzaga kelgan iqtisodiy g`oyalar keyingi iqtisodiy qarashlar uchun tayanch, asos rolini o`ynaydi. Ammo, bu izohning cheklanganligini ham aytish kerak, negaki XX asrning o`rtalari, ayniqsa ikkinchi Jahon urushidan keyin iqtisodiy ta'limotlar bir qancha yangi qarash, g`oya, konsepsiya va nazariyalar bilan boyidi, ularni ham albatta "hozirgi zamon" iqtisodiy g`oyalariga kiritish tabiiydir, ammo ularning evolutsiyasi ro`y bergan.
Shu yerda shuni alohida ta'kidlab o`tish kerakki, iqtisodiy ta'limotlarning paydo bo`lishi, shakllanishi va rivoji doimo tarixan dialektik ravishda ro`y bermoqda. Tarixning guvohlik berishicha, ma'lum davrda yuzaga kelgan u yoki bu ta'limot vaqt va sharoit taqozosi bilan doim evolutsiyada, rivojlanishda bo`ladi. Masalan, XVIII asrning ikkinchi yarmida to`la shakllangan klassik iqtisodiy maktab bozor iqtisodiyotining
293
asosiy xususiyatlarini ta'riflab bergan, ammo bu maktabning asosiy qoidalari, umumiy yo`nalishi saqlangan holda, ularning amalda namoyon bo`lishi turli davr va davlatlarda nihoyatda xilma-xildir.
XX asrning 50-60- yillari, ayniqsa, keyingi paytlarda jahondagi bir qancha avvaldan rivojlangan mamlakatlar (AQSH, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Italiya, Kanada va boshqa Yevropa Ittifoqi davlatlari...) qatoriga yangi-yangi davlatlar kelib qo`shilmoqda, ayniqsa Yaponiya, Turkiya va yangi industrial mamlakatlar (YAIM) "to`rt ajdaho": Koreya Respublikasi, Tayvan', Singapur va Gonkong (Syangan) hamda shular rivojiga yaqinlashayotgan Malayziya, Filippin, Tailand kabi davlatlar soni ortib bormoqda.
Ilgarilari dam-badam bo`lib turadigan inqirozlar soni va ko`lami keskin kamaydi. Ammo, yo`qolgan emas, bu nisbiyyutuqlar bir tomondan ilmiy texnika inqilobi natijalaridan omilkorlik bilan foydalanilganligi va ikkinchidan aholi ijtimoiy talablarini to`laroq qondirish bilan bog`liq bo`lgan ta'limotlar qo`llanilayotganligidir, oqibatda ko`pchilik mamlakatlarda iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlik hukm surmoqda. Ammo kapitalizm yo`lini tanlab olgan, bozor iqtisodiyotidan foydalanayotgan yuzlab qoloq davlatlar borligini ham inkor etish mumkin emas. Demak, iqtisodiy rivojlanishning yana boshqa omillari ham bo`lsa kerakki (iqtisodiy konsepsiya, siyosat...), ulardan samarali foydalanayotgan davlatlar (ularning soni 20-25 ta) jahon iqtisodiyotida yutuqlarga erishmoqdalar. Shu tajribani o`rganish va amaliyotda foydalanish hayotiy zaruriyatga aylandi.
Ko`rinib turibdiki, hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlari tobora chuqurlashib, nazariy masalalar hayot bilan chambarchas bog`liq bo`lib bormoqda.
Xuddi shuningdek, iqtisodiyot fani uchun iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish, programmalashtirish va modellashtirish, elektron-hisob mashinalar, kompyuterlar, informatika va kibernetikadan foydalanish asosida keng shakllantirish iqtisodiy siyosat masalalariga tobora yaqinlashib bormoqda va hozirgi davr ishlab chiqarishni boshqarish tizimlarida ularning ahamiyati keskin o`sib bormoqda, shunga oid iqtisodiy tadqiqot va ta'limotlar ham ko`payib bormoqda.
Biz yuqorida keltirgan iqtisodiy ta'limotlar doimo rivojlanishda bo`lib, ularning hech biri sof holda biror bir mamlakatda qo`llanilmaydi. Amaliyotda bu mavjud iqtisodiy ta'limotlar, ularning turli oqimlari, maktablarning qorishmalari qo`llaniladi.
294
Hozirgi zamon iqtisodiy ta'limotlarining asosan uch yo`nalishini ajratish mumkin:

  1. Neoklassik (yangi klassik).

  2. Ijtimoiy-institutsional.

  3. Keynschilik.


  1. Download 1,61 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish