XULOSA
Hozirgi iqtisodiy ta'limotlar tarixida institutsionalizm muhim o`rinni egallaydi. Bu yo`nalish tub ma'nosi bo`yicha klassik maktabga muxolif deb qaralishi mumkin, chunki bu ta'limotda iqtisodiy kategoriyalar ikkinchi darajali bo`lib, asosiy e'tibor institut (davlat, oila, monopoliya, urf-odatlar, huquq, kasaba qo`mitalari va boshqalar)larga qaratiladi, noiqtisodiy omillar yetakchidir. Tadqiqot usulida Germaniya tarixiy maktabi qoidalari keng qo`llaniladi, ammo to`la yaqdillik yo`q. Institutsionalizm uch oqimga bo`linadi, bular ijtimoiy-psixologik (texnokratik, asosiy mafkurachisi T.Veblen), ijtimoiy-huquqiy (yuridik, J.Kommons), konyunktur-statistik (empirik- prognoz, U.Mitchell). bu tadqiqotlarda islohotlarga, ilmiy-texnika taraqqiyotiga (1-oqim), omma fikriga quloq soluvchi hukumat, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, ma'muriy kapitalizmni yaratish, huquq sohasini takomillashtirish (2-oqim), iqtisodiyotning rivojini aniq raqamlar asosida o`rganish, uning o`zgarishi, siklik holati, matematik apparatni keng qo`llash, keyingi taraqqiyot bo`yicha prognozlash (3-oqim) xosdir. Bu yo`nalish qonun-qoidalari hayotda o`z tatbiqini topmoqda, ammo prognozlar doim ham aniq emas. Masalan, AQSHda 1929 yil ravnaq yili deb bashorat qilingan edi, ammo amalda "Buyuk depressiya" boshlandi.
317
Asosiy tushuncha va iboralar
Institutsionalizm; ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-huquqiy, konyunktur-statistik oqimlar; T.Veblen; "Veblen effekti"; R.Kommons; huquq institutlari; monopoliyaga qarshi choralar; ma'muriy kapitalizm; U.Mitchell; siklik rivojlanish; prognoz.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1.Institutsionalizm paydo bo`lishining shart-sharoitlari. 2.Institutsionalizmning mohiyati va o`rganish metodologiyasi
nimalardan iborat?
3.Uning asosiy oqimlari va mafkurachilari kim? 4.Institutlar deganda nimalar ko`zda tutiladi?
5.T.Veblenning asosiy asaridagi g`oyalar, "Veblen effekti" nimani anglatadi?
6.J.Kommonsning asosiy g`oyalari, hukumatni isloh qilish islohotlari mohiyati nimadan iborat?
Ma'muriy kapitalizm nima?
Konyuktur - statistik oqimning mohiyati, U.Mitchell g`oyalarining asosi nimani anglatadi?
9.N.D.Kondratyevning siklik rivojlanishi konsepsiya nima?
Institutsionalizmning evolutsiyasi davridagi olimlar va ularning g`oyalari.
318
Geraklit: - Bir havuzga ikki marta tushib bo`lmaydi!
Suqrot: - Bunga intilish zarurmikan? Axir bu gigiyena jihatidan noto`g`riku!
Geraklit: - Bir hovuzga ikki marta tushib bo’lmaydi!
Suqrot: - Bunga intilish zarurmikin? Axir bu gigiyena jihatidan noto`g’rik-ku!
Falsafiy dialog.
Do'stlaringiz bilan baham: |