Asosiy tushuncha va iboralar.
Islom; ribo; Ibn Xaldun; "Kitob-ul-ibar"; "Русская правда"; "Domostroy"; "beg`araz sovg`a"; "Utopiya"; "Oftob shahri"; ilk xayoliy sotsializm; "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi".
Nazorat va mulohaza uchun savollar.
Feodal yer egaligi davri qachon boshlangan va uning rivojlanish bosqichlari qaysi? Bu davrda bosh iqtisodiy g`oya nimadan iborat bo`lgan?
Islom dinida qanday iqtisodiy g`oyalar qo`llab-quvvatlangan va qaysilari inkor etiladi, nega? Ribo' nima?
Islom aqidalari bo`yicha savdo foydasining eng yuqori foizi qancha?
Ibn Xoldunning bosh iqtisodiy asari qaysi va u qachon yozilgan? Asardagi asosiy iqtisodiy g`oyalarni ta'riflab bering.
47
G’arbiy Yevropada feodalizm davridagi iqtisodiy g`oyalarning asosiy yo`nalishlarini aytib bering.
Foma Akvinskiyning iqtisodiy ta'limotida qaysi masalalarga asosiy e'tibor berilgan?
Rossiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning asosini nima tashkil etadi?
Xayoliy (utopik) sotsializmning asoschilari kim? Xususiy mulk va pulga bo`lgan munosabat hamda yangi jamiyatning asosiy aqidalari qanday?
"Qo`ylar odamni yeb qo`ydi" iborasining mazmuni nima, bu ibora qachon va kim tomonidan aytilgan?
Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va but-butun asrashga burchlidir.
"Avesto"dan.
BOB. O`RTA OSIYODAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR DAVRIGACHA BO`LGAN IQTISODIY FOYALAR
"Buyuk ipak yo`li"ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o`rni.
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Yevropa davlatlarini bog`lovchi qadimgi savdo yo`li - Buyuk ipak yo`lidir. Bu yo`l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli "Ipak yo`li" nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo`l m.a. II asrdan to milodiy XV asrgacha, suv yo`llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, Eron, Yaqin Sharq hamda O`rta Yer dengiz mamlakatlari o`rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o`ynagan.
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg`oqlaridan Xuanxe daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo`l Lanchjou orqali Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g`arbga ikkinchisi janubi-sharqqa yo`nalgan. Karvon yo`lining umumiy uzunligi 12 ming chaqirim atrofida bo`lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil ushbu yo`nalishga ilk bor "Buyuk ipak yo`li" degan nisbat beradi va bu ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.
48
Shimoliy yo`l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg`ar, Dovon (Farg`ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi Samarqand va Marg`iyona (Marv) ga yo`nalgan. Ipak yo`li Farg`ona vodiysida yana juft tarmoqqa bo`lingan. Janubiy qismi O`zgandan O`sh, quva, Marg`ilon, qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o`tib, Iloq vohasi hamda Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo`lning uzviy bo`lagi hisoblangan. Bu yo`l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va G’arbni turli jabhalarda bog`lovchi yo`ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va boshqalar).
Shu karvon yo`l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil gazlamalar, gilam va paloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg`ona) dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo`lning ahamiyati ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo`lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj tug`ildi. Xitoy, Qirg`iziston, O`zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi orqali Ozarbayjon, Gruziya, qora dengizga chiquvchi undan Yevropa (Parij, Rotterdam) ga yetkazuvchi yo`l loyixa ishlab chiqildi va amalga oshirilmoqda, bu yo`lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O`rta Osiyoning Buyuk ipak yo`li o`rni va eksport potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, hozirgi O`zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo`lgan. Tarixiy va hozirgi ma'lumotlarga ko`ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik o`rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga mehr qo`yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega.
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa, oltin ajnabiylarni magnit (ohangrabo) kabi tortganligi aniq.
Bu o`lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan zebu-ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po`lat olish va undan yasalgan asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, ipakdan to`qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko`rinishli qorako`l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo`lgan.
49
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy asarlar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori bo`lgan. Miniatyura san'ati yuqori darajada edi.
Shu sababli, bilim, ilm makoni bo`lgan kitob savdo-sotig`i yetakchi o`rinni egallagan. Hozirgi davrda ko`plab taniqli mutafak-kirlarimizning asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o`z vatani, O`zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, o`z davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo`lining asosiy faoliyatidan biri bo`lgan, demak, bu yerdan chetga ko`plab ilm va san'at asarlari chiqarilgan.
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo`lganligi ma'lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini so`ralganda, ot olishni afzal ko`rgan. Otlar xalq xo`jaligining barcha tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, chovgan o`ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli otlar eksportda yetakchi o`rinni egallagan.
Qishloq xo`jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan mahsulot asosiy o`rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), bog`dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish Xitoydan kirib kelgan bo`lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, uzum va beda yetishtirishni o`rganishgan.
Vatanimiz hududida qorako`l teri beradigan qo`ylar parvarishi muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. Hozirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O`zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha odam, ot, tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo`riqchilar bo`lgan. Butun yo`l boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o`tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |