Iqtisodiy tahlilning mazmuni, predmeti va vazifalari


Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari va prinsiplari



Download 24,84 Kb.
bet3/4
Sana27.09.2021
Hajmi24,84 Kb.
#186792
1   2   3   4
Bog'liq
IQTISODIY TAHLILNING MAZMUNI, PREDMETI VA VAZIFALARI

Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalari va prinsiplari.

Har bir fan bajaradigan vazifalar mavjud va yuzaga kelayotgan

ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga qarab belgilanib boriladi.

Iqtisodiy tahlil fanining asosiy vazifalari bo‘lib, quyidagilar

hisoblanadi:

• O‘rganilayotgan predmetga to‘g‘ri va xolisona baho berish.

• Biznes-rejalar va me’yorlarni ilmiy-iqtisodiy asoslash va ularni

uzluksiz takomillashtira borish.

• Biznes-rejalarning bajarilishini hamda me’yorlarga amal qi-

linishiga rioya etilganligini har tomonlama obyektiv o‘rganish.

• Moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan samarali foydalan-

ganlikka (ham alohida, ham birgalikda) baho berish.

• Korxonaning xo‘jalik va boshqa faoliyatlarini uzluksiz kuzatib

borish va ular ustidan nazorat ishlarini (ham faoliyat davomida, ham

faoliyat yakunlangandan so‘ng) amalga oshirish.

• Xo‘jalik faoliyatidagi foydalanilmagan tashqi va ichki omillarni

aniqlash va ularni miqdor jihatdan hisoblash.

• Korxonalarni rivojlantirishga asos bo‘ladigan innovatsion

g‘oyalarni iqtisodiy jihatdan asoslash.

• Korxonaning istiqbolli rejalarini tuzish uchun iqtisodiy ko‘rsat-

kichlar asosini aniqlash.

• Qabul qilingan boshqaruv qarorlarining maqbulligini o‘rganish

(Boshqaruvning ierarxik tuzilishidagi barcha bosqichlar bo‘yicha).

Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi samarali ijtimoiy-

iqtisodiy natijalarga olib boradi.

Iqtisodiy tahlil prinsiplari

Tabiat va jamiyatdagi voqelikni o‘rganuvchi va ularning tadqiq

qilish obyekti, deb qarovchi alohida fanning o‘zi amal qiladigan prin-

siplari mavjud bo‘ladi. Prinsip o‘rganiladigan obyektning bir butunligi,

realligi va voqeligini tavsiflash uchun asos bo‘ladigan eng muhim

qoidalardir.

Iqtisodiy tahlilning ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rga-

nishda o‘zi amal qiladigan prinsiplari mavjud. Mazkur prinsiplar asosida

iqtisodiy tahlil fani o‘rganadigan obyektlarining obyektivligi, mohiyati,

shakl-mazmuni, miqdor-sifati va shu kabi jihatlarni tavsiflab, real

voqeliklar bo‘yicha aniq tushunchalar hosil qiladi.

Bu prinsiplarning xalqaro va milliy hisob standartlari asosida qu-

yidagi turlarini aytib o‘tish mumkin.

Prinsiplar Mazmuni.

1. Aniqlik - Tahlil aniq ma’lumotlar asosida amalga oshirilgani uchun uning

natijasi ham aniq miqdorlarda ifodalanilishi kerak.

2. Komplekslilik - Obyektiv baho berish maqsadida iqtisodiy voqeliklar har tomonlama

o‘rganilishi zarur.

3. Tizimlilik - Tahlil etilayotgan obyekt alohida, bir butun tizim yoki tizimning

elementi deb qaraladi. Lekin ular boshqa iqtisodiy voqeliklar bilan

ma’lum bir tartib asosida bog‘langanligi doimo e’tiborda bo‘ladi.

4. Davriylik - Belgilangan muddatlarda (rasmiy yoki ichki ehtiyojga ko‘ra)

xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarning shakllantirilish

zaruriyati mavjudligi. Bu bilan iqtisodiy ko‘rsatkichlar muayyan

vaqt oralig‘ida (yil, chorak, oy, dekada, kun va hokazo)

foydalanuvchilarga taqdim etiladi. Demak, tahlil belgilangan davr

oralig‘larida uzliksiz o‘tkazilishi shart.

5. Ishonchlilik - Olingan ma’lumotlarda xato yo‘qligi va haqqoniy ekanligi, realligi

asoslanadi.

6. Obyektivligi - Asoslangan xulosalar ishlab chiqish uchun voqeliklar tanqidiy

hamda xolislik bilan o‘rganiladi.

7. Natijaviylik - Faoliyat samaradorligini oshirish maqsadlarida foydalanishda tahlil

natijalarining yaroqliligini ta’minlash.

8. Tejamlilik - Tahlil uchun sarflangan xarajatlar uni amalga oshirish natijasida

erishiladigan iqtisodiy samaradan keskin kam bo‘lishi zarur.

9. Taqqoslanuvchanlik - Ko‘rsatkichlarni taqqoslashda, ya’ni ularni bir asosli tarzda

shakllantirilganligi uchun turli davrlar va boshqa korxonalar

faoliyati to‘g‘risidagi aynan shunday ma’lumotlar bilan qiyosiy

o‘rganish imkoniyati mavjudliligi.

10. Betaraflilik - Axborotdan foydalanuvchilar bir guruhining zarari hisobiga boshqa

guruhlar manfaatlarini qondirishning o‘rinsizligi.

11. Hisobga olish. Daromad va xarajatlarning yuzaga chiqish vaqti, o‘rni va markazlari

bo‘yicha hisobga olinishi.

12. Uzluksizlik - Korxona xo‘jalik faoliyati yuzasidan barcha jarayonlarni o‘z

yakuniga qadar hisobda uzluksiz aks ettirilishi

13. Ilmiylik - Tahlil o‘tkazish davrida ilmiy asoslangan usul va uslublardan

foydalanish shartligi

14. Tezkorlik va o‘z vaqtidalilik

Tahlil o‘z vaqtida hamda tezkor o‘tkazilishi lozim. Kechikib o‘t-

kazilgan tahlil natijalari o‘z samarasini yo‘qotishi mumkin.

15. Boshqa prinsiplar

Iqtisodiy tahlilni o‘z prinsiplari asosida amalga oshirish fan vazi-

falarining obyektiv bajarilishini ta’minlaydi.




Download 24,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish