2.1. Taqqoslash usuli Bilishning ilmiy usullaridan biri sifatida taqqoslash iqtisodiy tahlilda keng qo’llaniladi. Uning mohiyati – bir turdagi ob’ektlar o’rtasidagi o’xshashlik yoki farqlarni aniqlash maqsadida ularni qiyoslashdan iborat. Taqqoslash yordamida iqtisodiy hodisalardagi umumiylik va o’ziga xosliklar aniqlanadi, tadqiq etilayotgan ob’ektlar darajasida o’zgarishlar belgilanadi, ularning rivojlanish tendentsiyalari va qonuniyatlari o’rganiladi. Iqtisodiy tahlilda taqqoslashning quyidagi turlari qo’llaniladi:
Haqiqatdagi hisobot ma’lumotlarini rejaviy ma’lumotlar bilan taqqoslash. Rejaning bajarilish foizini aniqlash taqqoslash natijasi hisoblanadi;
Iqtisodiy hodisalar rivojlanishidagi tendentsiyalar, qonuniyatlarni aniqlash maqsadida ko’rsatkichlarni dinamikada taqqoslash;
ko’rsatkichlarni hisoblash metodikasi taqqoslanuvchanligi.
Taqqoslanmaydigan ko’rsatkichlarni qiyoslash tahlil natijalari asosida noto’g’ri xulosa chiqarilishiga olib keladi. Shuning uchun qiyoslashni amalga oshirishdan avval ko’rsatkichlarni taqqoslama ko’rinishga keltirish lozim, ya’ni qiyoslanayotgan ko’rsatkichlarni sanab o’tilgan omillarga muvofiq yagona asosga keltirish lozim.
Agar taqqoslanmaydigan ko’rsatkichlar qiymat bahosining turli darajasi oqibatida kelib chiqqan bo’lsa, u holda ushbu omilni neytrallashtirish uchun ko’rsatkichlar ayni bir narxda ifodalanadi. Masalan, yalpi mahsulot qiyoslanuvchanligini ta’minlash uchun uning hisobot va bazis davrdagi jismoniy hajmi bazis davri narxlarida ifodalanadi:
Iyam = ∑q1p0 / ∑q0p0 Bu erda q1 i q0 – mos ravishda hisobot va bazis davrdagi i-turdagi mahsulot ishlab chiqarishning jismoniy hajmi;
p0 – i-turdagi mahsulotning bazis davrdagi narxi.
Korxonalar faoliyat ko’lami o’zgarishi tufayli ko’plab ko’rsatkichlar taqqoslanmaydigan bo’lishi mumkin. Masalan, agar hisobot yili xarajatlar miqdori (∑q1b1+a1) bazis yil xarajatlari (∑q0b0+a0) bilan taqqoslansa, u holda mazkur ko’rsatkichlarning farqi nafaqat mahsulot tannarxi darajasining o’zgarishi bilan, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmidagi o’zgarishlar bilan ham shartlangan bo’ladi. Xarajatlarni taqqoslanma ko’rinishga keltirish uchun hajm omilining ta’sirini neytrallash talab etiladi, buning uchun bazis davr xarajatlari miqdorini hisobot davri mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmiga (∑q1b0+a0) qayta hisoblash zarur va shundan so’ng hisobot davri xarajatlari miqdori taqqoslanadi:
Iz = ∑q1b1+a1 / ∑q0b0+a0
Bu erda b – i-turdagi mahsulot birligiga o’zgaruvchan xarajatlar;
a – tadqiq etilayotgan davrda jami mahsulot ishlab chiqarish uchun doimiy xarajatlar.
Taqqoslanayotgan ko’rsatkichlarni bir tuzilmaga keltirish uchun mahsulot ishlab chiqarishning haqiqatdagi hajmini bazis davr tarkibiga qayta hisoblash zarur:
2.2-jadval.