Tahlil omillari tasnifi Tasnifiy belgisi |
Omillar guruhi
|
Tabiatiga ko’ra
|
Tabiiy-iqlim
Ijtimoiy-iqtisodiy
Ishlab chiqarish-iqtisodiy
|
Natijalarga ta’sir darajasiga ko’ra
|
Asosiy
Ikkinchi darajali
|
Xo’jalik sub’ektiga bog’liqlik darajasiga ko’ra
|
Ob’ektiv
Sub’ektiv
|
Tadqiqot ob’ektiga nisbatan
|
Ichki
Tashqi
|
Tarqalish darajasiga ko’ra
|
Umumiy
O’ziga xos
|
Faoliyat natijalariga ta’siri davomiyligiga ko’ra
|
Doimiy
Vaqtinchalik
|
Ta’sir xarakteriga ko’ra
|
Ekstensiv
Intensiv
|
Aks ettirilayotgan hodisalar xususiyatlariga ko’ra
|
Miqdoriy
Sifat
|
O’z tarkibiga ko’ra
|
Sodda
Murakkab
|
O’z tabiatiga ko’ra omillar tabiiy-iqlim, ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish-iqtisodiy kabilarga ajratiladi.
Tabiiy-iqlim omillari qishloq xo’jaligi, kon sanoati, o’rmon xo’jaligi va boshqa tarmoqlar faoliyat natijalariga ulkan ta’sir ko’rsatadi. Ularning ta’sirini hisobga olish xo’jalik sub’ektlari faoliyat natijalarini aniqroq baholashga imkon beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillarga xodimlarning uy-joy sharoiti, korxonalarda ommaviy-madaniy, sport va sog’lomlashtirish tadbirlarini tashkil qilish, xodimlarning ta’lim hamda madaniy jihatdan umumiy darajasi va boshqalar kiritiladi. Ular korxonaning ishlab chiqarish resurslaridan yanada to’liq foydalanish va ularning mehnat samaradorligini oshirishga zamin yaratadi.
Ishlab chiqarish-iqtisodiy omillar korxonaning ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish to’liqligi va samaradorligini, uning faoliyatining yakuniy natijalarini belgilab beradi.
Xo’jalik faoliyati natijalariga ta’sir darajasiga ko’ra omillar asosiy va ikkinchi darajali omillarga ajratiladi. Ikkinchi darajalilardan farqli o’laroq asosiy omillar natijaviy ko’rsatkichga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Turli omillar ichidan asosiy, hal qiluvchisini ajrata olish mahorati tahlil natijalari asosida to’g’ri xulosalar chiqarishni ta’minlaydi.
Xo’jalik sub’ektiga bog’liqlik darajasiga ko’ra omillar ob’ektiv (odamlar xohish va irodasiga bog’liq bo’lmagan, masalan, tabiiy ofatlar) va sub’ektiv (yuridik va jismoniy shaxslar faoliyatiga bog’liq) omillarga ajratiladi.
Tadqiqot ob’ektiga nisbatan omillar ichki va tashqi, ya’ni mazkur korxona faoliyatiga bog’liq va bog’liq bo’lmagan omillarga tasniflanadi. Tahlilda korxona ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan ichki omillar tadqiqiga alohida e’tibor qaratilishi lozim.
Tarqalish darajasiga ko’ra omillar umumiy (iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga ta’sir qiluvchi) va o’ziga xos (iqtisodiyotning alohida tarmog’i yoki korxonalar sharoitida ta’sir qiluvchi). Bunday bo’linish alohida korxonalar, ishlab chiqarish tarmoqlarining o’ziga xos xususiyatlarini to’liq hisobga olish va ularning faoliyatini yanada aniq baholashga imkon beradi.
Faoliyat natijalariga ta’siri davomiyligiga ko’ra doimiy (o’rganilayotgan hodisaga vaqt bo’yicha uzluksiz ta’sir ko’rsatuvchi) va vaqtinchalik (ayrimlarining ta’siri davriy hisoblanadi, masalan, yangi texnika, mahsulotlarning yangi turlari, ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini o’zlashtirish va hokazo) omillar farqlanadi.
Ta’sir xarakteriga ko’ra omillar intensiv (ishlab chiqarish jarayonida mehnat qizg’inligi, sa’y-harakatlar darajasini tavsiflaydi, masalan, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish, mehnat unumdorligini oshirish) va ekstensiv (natijaviy ko’rsatkichning sifat jihatidan emas, balki miqdoriy o’sishi bilan bog’liq, masalan, ekin maydonini kengaytirish yo’li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, hayvonlar bosh sonini ko’paytirish, ishchilar sonini oshirish va hokazo) omillarga bo’linadi.
Tarkibiga bog’liq ravishda omillar bir necha elementdan iborat murakkab (kompleks) va tarkibiy qismlarga ajratilmaydigan sodda (elementli) turlarga ajratiladi. Murakkab omilga mehnat unumdorligini, sodda omillarga hisobot davrida ish kunlari sonini misol sifatida keltirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |