Iqtisodiy tahlil


Mahsulot tannarxi va material sarf-xarajatlar aloqasi uzviyligini ko’rib chiqamiz



Download 1,13 Mb.
bet23/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

Mahsulot tannarxi va material sarf-xarajatlar aloqasi uzviyligini ko’rib chiqamiz

Tsex

Mahsulot birligi tannarxi, so’m X1

Mahsulot birligiga material sarf-xarajatlar, so’m X2

X1²


X2²


X1²* X2²


1.

254

56

64516

3136

14224

2.

230

50

52900

2500

11500

3.

241

54

58081

2916

13014

4.

251

56

63001

3136

14056

5.

264

60

69696

3600

15840

6.

270

62

72900

3844

16740

n=6

∑X1 = 1510

∑X2 = 338

∑X1²=381094

∑X1²=19132

∑X1X2=85374

Ko’rsatkichlar uzviyligi koeffitsienti quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:


r = x1x2 - x1· x2 / λx1 λx2

bu erda, 1. X1X2 = ∑X1X2 / n = 85374/6 = 14229





  1. X1 = ∑X1 / n = 1510/6 = 251,667




  1. X2 = ∑X2 / n = 338/6 = 56,33




  1. λX1 = √∑X1²∕n−X1² = √ 381094/6 – 251,6672= 13,4




  1. λX2 = √∑X2²∕n−X2² = √19132/6 – 56,33² = 4,0

r = X1X2 -X1· X2 / λX1 λX2 = (14229 – 251,667 · 56,33) / 13,4 · 4,0 = 0,98
Hisoblash natijasi ko’rsatadiki, mahsulot birligining tannarxi 98% moddiy xarajatlariga bog’liq, boshqa omillar ulushiga esa uning darajasi o’zgarishining 2%i to’g’ri keladi.


2.10. Integral usul va uning iqtisodiy tahlilda qo’llanishi
Mazkur usul zanjirli o’rin almashtirish usuliga xos kamchiliklarni chetlab o’tishga imkon beradi va omillar bo’yicha bo’linmas qoldiqni taqsimlash bo’yicha usullar qo’llanilishini talab qilmaydi, chunki unda omilli yuklamalar qayta taqsimlanishining logarifmik qonuniyati amal qiladi.
Integral usul omillar bo’yicha natijaviy ko’rsatkich og’ishlarini to’liq bo’linishiga erishish imkonini beradi va universal xarakterga ega.
Universal hisoblash vositalari mavjud bo’lmagan holatda integratsiyalash jarayonlarini bajarish natijasi hisoblanuvchi omillar ta’sirini hisoblash formulasini qo’llash, shuningdek, hisoblash uchun oldindan shakllantirilgan ishchi formulalardan foydalanish mumkin.
Multiplikativ modellarda omillar ta’sirini hisoblash formulasi:

U = x*y

∆Ux = ∆x*y0 + ∆x*∆y / 2
∆Uy = ∆y* x0 + ∆x*∆y / 2

U = x*y*z

∆Ux = 1/2∆x*(y1*z0 + y0*z1) + ∆x*∆y*∆z /3
∆Uy =1/2∆y*(x1*z0 + x0*z1) + ∆x*∆y*∆z /3
∆Uz = 1/2∆z*(x1*y0 + x0*y1) + ∆x*∆y*∆z /3

U = x*y*z*q

∆Ux=1/6∆x*[3q0*y0*z0+y1*q0(z1+∆z)+q1*z0(y1+∆y)+z1*y0(q1+∆q)] + ∆x*∆y*∆z*∆q / 4
∆Uy=1/6∆y*[3q0*x0*z0+x1*q0(z1+∆z)+q1*z0(x1+∆x)+z1*x0(q1+∆q)] + ∆x*∆y*∆z*∆q / 4
∆Uz=1/6∆z*[3q0*x0*y0+x0*q1(y1+∆y)+y1*q0(x1+∆x)+x1*y0(q1+∆q)] + ∆x*∆y*∆z*∆q / 4
∆Uq=1/6∆q*[3z0*x0*y0+x0*z1(y1+∆y)+y1*z0(x1+∆x)+x1*y0(z1+∆z)] + ∆x*∆y*∆z*∆q / 4

Demak, ko’rib turganimizdek, integral usuli - biron bir ko’rsatkichga omillar ta’sirini aniqlashda qo’llaniladi. Xo’jalik faoliyatini o’rganishda voqelikni tashkil etuvchi omillar va ularga ta’sir etuvchi sabablar o’zgarib turadi. Tahlil jarayonida ularning bir-biri bilan bog’liqlikda ekanligi e’tiborga olinishi lozim. Iqtisodiy hodisalarni o’rganish va ularga baho berishda ko’rsatkichning o’zgarishiga ikkita va undan ortiq omillarni ta’sir etishini hisoblashda integral usuli ko’proq qo’llaniladi. Bu usulning mazmunini quyidagi misol orqali ko’rib chiqamiz (2.8- jadval). Jadval ma’lumotlari asosida mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’sirini integral usuli yordamida aniqlaymiz.
2.8-jadval
Mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’sirining tahlili



Ko’rsatkichlar

Belgi

Biznes reja

Xaqiqat

Farqi
( +;-)

1

Xodimlarning ro’yxat bo’yicha o’rtacha soni, kishi

X

100

110

+10

2

Har bir xodimga to’g’ri keladigan ish kuni, kun

K

280

275

-5

3

Xodimlarning o’rtacha bir kunlik mehnat unumdorligi, so’m

Mu

17500

18100

+600

4

Mahsulot hajmi, ming so’m

Mh

490000

547525

+57525





  

O’rganilayotgan korxonada xodimlarning ro’yxatdagi o’rtacha sonining 10 kishiga ortishi mahsulot hajmining 49392,5 ming so’mga o’sishiga olib kelgan. O’rtacha ish kunlarining rejaga nisbatan 5 kunga qisqarishi mahsulot hajmining 9347,5 ming so’mga qisqarishiga olib kelgan. Shunga qaramasdan, xodimlarning bir kunlik mehnat unumining 600 so’mga oshishi hisobiga mahsulot hajmi 17480 ming so’mga ko’paygan. Har uchala omil ta’sirida mahsulot hajmi 57525 ming so’mga oshganligini ijobiy baholash mumkin. Yo’qotilgan ish kunlari korxona tomonidan foydalanilmagan ichki imkoniyat sifatida qaraladi.


Karrali va aralash modellarda omillar ta’sirini hisoblash formulasi:


U = x / y

∆Ux = ∆x / ∆y *ln y1 / y0
∆Uy = ∆U - ∆Ux

U = x / (y+z)

∆Ux = [∆x/(∆y+ ∆z)] * ln (y1+ z1 )/(y0+ z0)
∆Uy = [(∆U - ∆Ux ) / (∆y+ ∆z)] * ∆y
∆Uz = [(∆U - ∆Ux ) / (∆y+ ∆z) ]* ∆z

Usulning muhim xususiyati shundaki, u omillar tizimi modeliga kiruvchi elementlar miqdori va ularning o’rtasidagi aloqa shaklidan qat’iy nazar turli vazifalarni echish uchun umumiy yondashuvni yuzaga keltiradi.


Amaliy mashg’ulot topshiriqlari



  1. Iqtisodiy tahlil metodlarini ta’riflang.

  2. Materialistik dialektikaning umumiy metodini batafsil tavsiflang. Uning asosiy elementlarini sanab bering.

  3. Umumiy ko’rinishdagi dialektik metod ta’riflaridan foydalangan holda iqtisodiy tahlil metodlarining asosiy xususiyatlarini sanab bering.

  4. Tahlil usullari va uslublarini tasniflash asosida qanday tamoyillar yotadi?

  5. Omilli tahlil deganda nima tushuniladi?

  6. Omillar qanday tasnifiy belgilar asosida guruhlanadi?

  7. Iqtisodiy tahlilda taqqoslash usuli qanday o’rin tutadi?

  8. Ko’rsatkichlarni taqqoslama ko’rinishga keltirishning asosiy usullarini sanab bering.

  9. Nisbiy miqdorlarning asosiy turlarini tavsiflang.

  10. O’rtacha miqdorning keng tarqalgan ko’rinishlarini ayting.

  11. Tipologik, tuzilmaviy va analitik guruhlash nimaga mo’ljallangan?

  12. Iqtisodiy tahlilda balans usuli nima maqsadda qo’llaniladi?

  13. Zanjirli o’rin almashtirish, mutlaq farqlar, nisbiy farqlar, integral usullari mohiyati, qo’llanish sohasi va ularda hisoblash jarayonlarini tavsiflang.

  14. Integral usul afzalliklarini tavsiflang.



1-masala. Quyidagi jadval ma'lumotlari asosida balansli bog'lanish usulini qo'llab, mahsulot sotish hajmiga ta'sir etuvchi omillarni tahlil qiling hamda xulosa yozing.




Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish