Iqtisodiy tahlil


Zanjirli o’rin almashtirish



Download 1,13 Mb.
bet19/105
Sana19.04.2022
Hajmi1,13 Mb.
#564255
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105
Bog'liq
УМК Иқтисодий таҳлил 2016

Zanjirli o’rin almashtirish va uning matematik o’zgarishiga asoslangan xususiy ko’rsatkichlarning mutlaq va nisbiy miqdorlarining farqlar (tafovut) usuli alohida omillarning ularning o’zaro munosabatlashuv natijasiga ta’sirini o’lchashda keng qo’llaniladigan usullardan biri hisoblanadi.
Omillar ta’siri xususiy (omilli) ko’rsatkichlar orqali, natija esa – umumlashtiruvchi (natijaviy) ko’rsatkich orqali aks ettiriladi. Xususiy va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar o’rtasidagi bog’lanish hisoblash formulasi ko’rinishida belgilanadi, uning bir tomonida xususiy ko’rsatkichlar va ular ustida bajariladigan matematik amallar, boshqa tomonda esa ushbu ko’rsatkichlar ta’sirida o’zgaradigan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar qayd qilinadi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarning bazis (reja) dan haqiqatda og’ishi oldindan belgilanadi.
Zanjirli o’rin almashtirish usulining mohiyati hisoblash formulasiga kiruvchi xususiy ko’rsatkichlarning bazis miqdorini mazkur ko’rsatkichlarning haqiqatdagi miqdoriga ketma-ket almashtirishdan va hosila o’rin almashtirishning o’rganilayotgan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar miqdori o’zgarishiga ta’sirini o’lchashdan iborat. Xususiy ko’rsatkichning bazis miqdorini har bir almashtirishdan so’ng hisoblash formulasida nazarda tutilgan barcha matematik amallar haqiqatda bajariladi va olingan natijadan oldingisi chiqarib tashlanadi ( ushbu ko’rsatkich almashtirilgunga qadar). Natijalar farqi ushbu xususiy ko’rsatkich o’zgarishining umumlashtiruvchiga ta’sirining izlanayotgan miqdorini ko’rsatadi, chunki qiyoslanayotgan ketma-ket hisoblashlarda boshqa barcha xususiy ko’rsatkichlar miqdori bo’yicha bir xil. Xususiy ko’rsatkichning bazis miqdorini almashtirish amalda o’rin almashtirish deyiladi. O’rin almashtirishlar soni hisoblash formulasiga kiruvchilar soniga teng, ketma-ket hisoblashlar soni esa ulardan bittaga ko’p, chunki umumlashtiruvchi ko’rsatkich o’zgarishining umumiy miqdorini aniqlash uchun bazis hisoblash keltirilib, unda barcha ko’rsatkichlar bazis miqdorlarda aks ettiriladi.
a, b, v, g ko’paytiruvchilar ko’rinishidagi xususiy ko’rsatkichlarni o’z ichiga oluvchi hisoblash formulasida zanjirli o’rin almashtirishlarni quyidagicha ifodalash mumkin (2.4-jadval).
Hisob-kitobni tekshirish balans og’ishlarni tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi: alohida xususiy ko’rsatkichlar o’zgarishi ta’siridagi og’ishlarning algebraik miqdori umumlashtiruvchi ko’rsatkichning bazis miqdoridan og’ishga teng bo’lishi lozim.
2.4-jadval

Tartib raqami

O’zaro munosabatlashuvchi xususiy ko’rsatkichlar

Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar miqdori

Umumlashtiruvchi ko’rsatkich o’zgarishi

Hisoblash

O’rin almashtirish

a

b

v

g

xususiy ko’rsatkich ta’siri ostida

O’zgarishlarni hisoblash

miqdori

1

-

bazis

bazis

bazis

bazis

A0- Bazis

x

x

2

1

haq.

bazis

bazis

bazis

A1 - qayta hisoblangan

a

A1 – A0

3

2

haq.

haq.

bazis

bazis

A2 - qayta hisoblangan

b

A2 – A1

4

3

haq.

haq.

haq.

bazis

A3 - qayta hisoblangan

v

A3 – A2

5

4

haq.

haq.

haq.

haq.

A4 -haqiqat

g

A4 – A3

Bizning misolimizda: (A1 – A0) + (A2 – A1) + (A3 – A2) + (A4 – A3) = A4 – A0


Mazkur xususiy ko’rsatkich ta’siri ostida umumlashtiruvchi ko’rsatkich o’zgarish miqdori hisoblash uchun qabul qilingan o’rin almashtirishlar ketma-ketligiga bog’liq bo’lib, u ixtiyoriy bo’lishi mumkin emas, balki omillarning birgalikda ta’siri jarayonida o’zaro aloqadorlikning oldindan sifatli tahliliga asoslangan bo’lishi lozim.
Xususiy ko’rsatkichlarning bazis miqdorlarini haqiqiysiga almashtirish ketma-ketligi haqida masalaning to’g’ri hal etilishi barcha xususiy ko’rsatkichlarni miqdor, tuzilma va sifat ko’rsatkichlariga ajratish imkonini beradi. Dastlab miqdor va tuzilmaning xususiy ko’rsatkichlari miqdori o’zgaradi, keyin esa sifat ko’rsatkichlarini o’rin almashtirish bajariladi. Biroq ko’pincha bir vaqtning o’zida bir emas, balki bir nechta miqdor va sifat ko’rsatkichlarini o’lchashga to’g’ri keladi. Bu holda o’rin almashtirishlar ketma-ketligini aniqlash uchun qaysi ko’rsatkich asosiy, boshqalariga bog’liq emas, qaysilari – hosila ekanligi aniqlanadi. Bunday holatlarda o’rin almashtirish asosiydan boshlanadi, keyin esa oldingisiga bog’liq keyingi ko’rsatkichni o’rin almashtirishga o’tiladi.
Masalan, mahsulot hajmining bazis davrdan og’ishiga (Q) ishchilar soni (Is), ish kunlari miqdori (Ik) va ish kunining o’rtacha davomiyligi (D) o’zgarishining ta’sirini aniqlash talab qilinadi. Mazkur holatda ishchilar soni asosiy miqdoriy ko’rsatkich hisoblanadi, ish kunlarining o’rtacha soni ularning ishga kelgan kunlari soniga, ish kunining o’rtacha davomiyligi esa ishchilar soni, ularning ishga kelgan kunlari va har bir ishchining ish kuni davomiyligiga bog’liq bo’ladi. Bundan ikkinchi ko’rsatkich birinchisiga, uchinchisi esa – birinchi va ikkinchiga bog’liqligi kelib chiqadi. Hisoblash formulasida ushbu ko’rsatkichlarning miqdorlarini almashtirish (o’rin almashtirish) mazkur miqdoriy ko’rsatkichlarning bir-biriga bog’liqligi hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Hisob-kitobga bir ishchining o’rtacha soatlik ishlab chiqarishini (MUs ning sifat ko’rsatkichi) ham kiritamiz. Ko’rib chiqilayotgan ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqa quyidagi hisoblash formulasi bilan ifodalanadi:
Is × Ik × D × MUs = YaM
2.5-jadval

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish