Iqtisodiy rivojlanishning siklliligi va iqtisodiy sikl nazariyalari. 101-guruh Komilov Azizxon Har qanday mamlakat iqtisodiy o'sish, iqtisodiy resurslarning to'la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo'g'inlarda uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning sikill rivojlanishi deb ataladi. Ko'plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib be- rishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o'sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro'y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning obyektivligi va realligi, uning iqti sodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtayi nazaridan ahamiyatliligi to'g'risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shum- peter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash Iozimki, turli darslik va o'quv qo'llanmalarda mazkur
muammor# ^oritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan,
akademiklar Y.I.Vidyapin, A.l.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tara-
sevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alo
hida mavzu drqaii keng to'xtalib o‘tilgan’. Unda iqtisodiy sikllar naza
riyasi iqtisodiy o'sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika
nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozara-
li va kam o'rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shu
ningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor
etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko'rsatilgan. sikl-
ning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o'zaro ta’sir jarayo
nining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga
harakat qilingan. sikl fazalarini ajratib ko'rsatishda markscha sanoat sikli
nazariyasiga keng to'xtab o'tilgan. Shyndan so'ng sikllarning asosiy turlari,
bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar
bayon etilgan.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat iqtisodiy o‘zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo‘lib, milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyotning almashuvini aks ettiradi.Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.
YUKSALISH
Yuksalish
Turg'unlik deganda umuman ma'lum bir vaqt ichida butun iqtisodiyotda yuzaga keladigan umuman iqtisodiy faoliyatning sezilarli pasayishi yoki pasayishi. Bu so'z, lotin tilidan keladi recessio, recessiōnis. Retsessiyalar ma'lum bir davrda yalpi ichki mahsulot (YaIM) yillik stavkasining pasayishi bilan o'lchanadi. Iqtisodiyot ketma-ket ikki chorak davomida o'sish pasayishiga duch kelganda, biz tanazzulga uchraganmiz. Ammo, agar turg'unlik uzoq vaqt davom etsa, u depressiyaga aylanadi, ayniqsa, bir yilda yalpi ichki mahsulotning 10% pasayishi yoki uch yildan ortiq davom etganda. Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ke-tish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni I. davri deyiladi. Ijtimoiy ti-zimlardagi I. larga differensial yondoshish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi I. lar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda ba-ravar boʻladi. Bunday holda jamiyatning umumiy I.i boshlanadi.[1] Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash] ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Tuzdi; Komilov Azizxon
Do'stlaringiz bilan baham: |