Iqtisodiy nazariyalarning shakllanish va uning rivojlanishining asosiy bosqichlari


II BOB. O ZBEKISTONDA MILLIY BOZOR IQTISODIYOTI



Download 279,5 Kb.
bet6/10
Sana25.02.2022
Hajmi279,5 Kb.
#462896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdurahmon44455

II BOB. O ZBEKISTONDA MILLIY BOZOR IQTISODIYOTI
SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHINING TAVSIFI
Iqtisodiyot faqat unga xos bo' lgan ichki qonuniyatlar asosida rivo- jlanmoq darkor. Bizning vazifamiz ularni yaxshi tushunib yetishdan va oz xalqimiz manfaatlari yolida mohirona qollashdan iboratdir.
I.Karimov
2.1. Ma'muriy - buyruqbozlik iqtisodiyoti oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati
Islohotlar boshlangunga qadar vujudga kelgan iqtisodiy vaziyatni har tomonlama tahlil qilmay chuqur iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy inqirozga olib kelgan sabablarni, xo jalik tizimidan qat'iyan voz kechish lozim bo'lgan illatlarni aniqlamay turib, jamiyatning sifat jihatdan yangi holatiga otib bolmaydi.
I.Karimov
Insoniyat XXI asrga kelib, ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotining mohiyatini chuqurroq anglash bilan bir qatorda, uning asoratlariga barham berishga astoydil kirishganini namoyon etmoqda. Xususan, Ozbekiston Respublikasi uchun sobiq mustabid tuzum merosi va soxta mafkuraning oqibatlari quyidagilarda oz aksini topishi Respublika Prezidenti, akademik I.Karimov asarlarida umumlashtirilgan:

  1. Bir yoqlama rivojlangan, mo rt, zaif iqtisodiyotga asoslangan markazga qaram yarim mustamlaka mamlakat.

  2. Boy mineral xomashyo resurslaridan nazoratsiz va ayovsiz foy- dalanishga hamda paxta yakkahokimligiga asoslangan iqtisodiy tizim.

  3. Mahalliy xomashyolarni qayta ishlash quvvatlarini ibtidoiy dara- jadaligi, ishlab chiqarishning texnologik asbob-uskuna va butlovchi qismlar, shuningdek yoqilg' i ta'minotida markazga qaramlik.

  4. Eng muhim oziq-ovqat mollari (un, shakar, gosht-sut mahsulot- lari)va boshqa xalq iste'moli mahsulotlarining chetdan keltirilishi.

5.Paxta xomashyosi mahsulotlarining suv tekinga tashib ketilishi, oltin, qimmatbaho va rangli metallar, strategik ahamiyatga ega materiallar jahon bozorida ota xaridorgir bolgan boshqa qimmatbaho mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishdan keladigan foydadan Ozbekiston xazinasiga tushmaslik.
6.Iqtisodiy o'sish sur'atlari samaradorligi ko'rsatkichlarining salbiy darajadaligi ortib borishi, moliya-pul tizimining butkul ishdan chiqishi.

    1. Xorijiy mamlakatlar bilan bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarning cheklanganligi.

    2. qishloq joylarda yashirin ishsizlik, shahar va qishloqdagi turmush darajalaridagi farqning ortib borishi.

9.0zbekiston aholisi turmush darajasi ko'rsatkichlarining sobiq SSSRdagi eng oxirgi orinlardan biriga tushib qolganligi.
lO.Ekologik muammolarning keskinlashuvi, yer-suv resurslaridan ayovsiz foydalanish, yerlar sho'rlanishining ortishi, chol zonalarining kengayishi.
Yuqorida keltirilgan xulosalarni isbotlovchi dallillar jumlasiga quy- idagilar kiradi:

      1. 1991 yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining bor-yo'g'i 3,5% i pirovard iste'mol uchun respublikada qayta ishlangan.

      2. 1990 yilda respublikada mavjud korxonalarning 38% sobiq itti- foq, 54% sobiq ittifoq-respublika, bor-yo'g'i 8% korxonalar respublika mulkchiligi tasarrufida bo'lgan.

      3. 1988 yilda 4349.3 mln. ga ekin maydonlarining 125.3 ming ga maydoni (2.8%) aholining shaxsiy tomorqalarini tashkil etgan.

      4. "1930 yilda respublika aholisining 70% ga yaqinining jami daromadi tirikchilik otkazish uchun zarur bo'lgan eng quyi darajadan ham past edi. Ayni mahalda Rossiya va Ukrainada aholining 30 % ga yaqinigina shunday ahvolda kun kechirgandi".

      5. Ma'lum sabablarga kora, respublika hozirgi xalq xo'jaligi va aholi juda qattiq ehtiyoj sezayotgan tovarlarning 65% gacha bo'lgan qis- mini tashqaridan keltirishi majbur edi. Yoqilg'i, stanoklar, asbob uskunalar, yog'och-taxta va yogoch materiallari to'g'risida gapirmasak ham bo'ladi. Ular ham chetdan keltirilgan.

Keltrilgan ma'lumotlar va dalillar asosida bozor munosabatlariga o'tish zaruriyati to'g'risida I.Karimov shunday degan:
...Bozorga o tish muqarrar. Bu - davr amri, obyektiv reallikdir. Ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllanti- rish, odamlar faoliyatining sifat jihatdan tubdan yuqori darajasiga erishish
uslubi va vositasidir (Karimov I.A. Ozbekistoning oz istiqlol va tarqqiyot yo li. T.,0 zbekiston, 1992, 44-bet).
Bozorga o tish zaruriyati tashqi va ichki omillardan ham kelib chiqadi.
Tashqi omillar:

        1. Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dunyo- qarashda chuqur sifat o'zgarishlarni amalga oshirish.

        2. Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlarning kuchayishi.

        3. Yagona xalqaro me'yorlar, qoidalar va andozalarga o tilishi bilan yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlarning shakllanishi.

4.Sotsialistik deb atalgan lagerning parchalanishi va ma'muriy- buyruqbozlik tizimining barham topishi.
5.Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o'sish sur'atlari boyicha G'arbdan ortda qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli.
Ichki omillar:

          1. Mustabid tizim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqi-

batlari.

          1. Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulkning va shaxsning ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi.

          2. Xarajatlarni tejashdan manfaatdorlikning yo'qligi, piravardida esa, resurslarni samarasiz taqsimlanishning kuchayishi.

          3. Mehnat unumdorligini oshirishdan rag'batlantirishning pasayishi va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.

          4. Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg'unlik.

6.Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik
munosabati sifatida pinxoniy iqtisodiyotning kuchayishi.
7.Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta'minlash samara- dorligining pastligi.

            1. Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va xojaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi. Natijada, quyi bo'g'inlarda - xaridor va sotuvchi, iste'mol- chi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog'liqlikni ta'minlashga ma'muriy rejalashtirishning salbiy ta'siri.

            2. Korxonalararo raqobatning yoqligi tufayli samaradorlikka moyil- likning pastligi.

            3. Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning ku­chayishi.

11.Sotsialistik xojalik yuritishda fondlarning markazlashgan taqsimotiga asoslanganligi tufayli koproq resurslar taqchilligi namoyon
bo'ladi. Bozor iqtisodiyotida esa, sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish qiy- inchiligidan muhimroq hisoblanadi.

              1. Korxonalarning pul mablag'lari bilan ta'minlashda yagona dav- lat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mab- lag' lari oborotidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog'lanmaganligi.

              2. Davlat budjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo'g'indagi xo'jaliklar daromadiga bog'liq bo'lib, uning to'planishi va taqsimlanishi to'liq markazlashtirilgan. Korxonalarning byujdetdan moliyalashtirilishi zahiralardan samarali foydalanishni rag'batlantirmagan.

Ma'muriy-buyruqbozlik tizimining eng muhim ayanchli oqibatlari- dan biri - mute shaxs "sovet kishisi" ning shakllanishi hisoblanadi. Mazkur shaxs tafakkuri mafkuraviy qarashlar, g'oyaviy kurashlar, chalg'ituvchi dalillar tuzog'iga asir qilindi. Taraqqiyotparvar insoniyat erishgan yutu- qlardan bebahra qoldi.
Sobiq tizim o'z iqtisodiy g'oyalarida ish kuchining qayerlardadir tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o'zidagi inson resurslariga e'tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlarni arang qondirish darajasida qolib ketganligini inkor etadi. Keyinroq, 1999 yilga kelib, Prezidentimiz I.Karimov bu haqda ta'kidlaganidek: "Shunday ulkan salohiyatga ega bo'lgan mamlakatni kamsitadigan og'ir ahvolga solib qo'yib, u qonuniy haqli ravishda o'ziga qarashli bo'lgan mablag'ni markazdan dotatsiya sifa­tida so'rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga, noinsoniy g'oya hukmron bo'lgan mustabid tizim o'zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ularning milliy va diniy tuyg'ularini qo'pol ravishda kamsitar edi. O'z ona tilini, milliy an'ana va madaniyatini, o'z tarixini bilmaslik, ko'plab odamlarning shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Milliy o'zlikni anglashga bo'lgan tabiiy intilish jo- hilona inkor etilardi....
...Biz eski tizim o'z o'rnini osonlikcha bo'shatib bermasligini, un­ing zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o'z ta'siri iskanjasidan chiqarmasligini yetarli darajada o'zimizga tassavvur qilishimiz va hisobga olishimiz zarur edi".
Yuqoridagilarni va boshqalarni hisobga olgan holda, O'zbekiston mustaqillik davrida ma'muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosa- batlariga o'tishni zarur deb topdi.



Download 279,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish