Fanning qisqacha tavsifi
|
OTMning nomi va joylashgan manzili:
|
TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI ANDIJON FILIALI
|
Andijon tumani Kuyganyor shaharcha
Universitet ko‘chasi 1-uy
|
Kafedra:
|
Axborot texnalogiyalari va matematika kafedrasi asistenti
|
Ta’lim sohasi va yo’nalishi:
|
230000 – Iqtisod
|
5233300-Agrobiznes va investitsion faoliyat
|
Fanni (kursni) olib boradigan o’qituvchi to’g’risida ma’lumot:
|
Iskandarov Davlatbek Xursanbekovich
|
davlatbek1987@mail.ru
+998943833008
|
Fanga ajratilgan soatlar
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ta’lim:
|
Ma’ruza: 30
|
Amaliyot: 30
|
90
|
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi (prerekvizitlari):
|
“Makroiqtisod”, “Mikroiqtisod” “Iqtisod”
|
Fanning mazmuni
|
Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni:
|
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda mantiqiy, algoritmik, abstrakt fikrlash, matematik taffakkurini shakllantirish, rivojlantirish, o‘zining fikr-mulohaza, xulosalarini asosli tarzda aniq bayon etishga o‘rgatish hamda egallangan bilimlari bo‘yicha, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, intellektual qobiliyatlarni kuchaytirish va o‘z mutaxassisliklarida uchraydigan masalalalarni matematik usul bilan tahlil qilishni o‘rgatishdan iboratdir.
Fanning vazifasi - talabalarga o‘z mutaxassisliklarida uchraydigan nazariy va amaliy masalalarini yechishiga zarur bo‘lgan matematik tushuncha va usullarni o‘rgatish va uni qo‘llash, shuningdek, iqtisodiy masalalarning matematik modelini tuzish va tahlil qilishga o‘rgatishdan iborat.
|
|
Talabalar uchun talablar
|
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:
“Iqtisodchilar uchun matematika” fanining nazariy asoslarini; matematik usullarni rivojlantirishning asosiy bosqichlarini; chiziqli programmalashtirish masalasini geometrik tasvirlashni; simpleks va sun’iy bazis usullarini; transport masalasini qo‘yilishini va uni echish usullarini; kasr-chiziqli, butun sonli programmalashtirishni; chiziqsiz programmalashtirishni; tarmoqlararo balans va korrelyasion-regression hamda ishlab chiqarish funksiyalarini tuzishni; qishloq xo‘jaligi masalalarini matematik modellarini tuzish va matematik usullar yordamida yechish haqida tasavvur va bilimga ega bo‘lishi;
-qishloq xo‘jalik masalalarini matematik modellarini tuzish, ishlab chiqarish funksiyalarini ishlata olish, korrelyasion va regression modellarni tuzishni bilish, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni va rejalashtirish jarayonlarini optimallashtirish bo‘y’cha ko`nikmalariga ega bo‘lishi kerak;
iqtisodiy matematik modellashtirish va optimallashtirish usullari haqida tushunchaga ega bo‘lish, elektron jadval dasturi bilan tanish bo‘lish hamda kompyuterda ishlash, iqtisodiy-matematik usullar yordamida iqtisodiy masalalarni echish; zamonaviy axborotlar texnologiyalaridan foydalanish; amaliy dasturlar majmuidan foydalanish; matematik usullardan foydalanib qishloq xo‘jaligida iqtisodiy masalalarini echish; matematik formulalar yordamida iqtisodiy ob’ektlar orasidagi munosabatlarni ifodalashda matematik usullardan to‘g‘ri foydalana bilish va topilgan iqtisodiy echimlarni tahlil qila olish malakalarriga ega bo‘lishi kerak.
|
Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi
|
Professor-o’qituvchi va talaba o’rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina institut hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha
|