Iqtisodiy matematik usullar va modellar


Mavzu. Iqtisodiyotda matematik modellar



Download 1,36 Mb.
bet2/8
Sana11.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#654350
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ИМУМ амалий маш

Mavzu. Iqtisodiyotda matematik modellar
Iqtisodiy modellashtirish bosqichlari quyidagichadir:
1).Iqtisodiy muammoni qo’yilishi va uni taxlil qilish
Maqsadning qo’yilishi modellashtirishda muxim o’rin egallaydi. Aniqq qo’yilgan maqsad asosiy elementlar va ular orasidagi bog’lanish tarkibi va miqdoriy xaraktyeristikasini aniqlaydi.
Modellashtirishning dastlabki bosqichida ma‘lumotlar to’planadi va taxlil qilinadi. Taxlil uchun tanlangan ma‘lumotlarning tug’riligi va modellashtirishning sungi natijalariga bog’lik, to’plangan ma‘lumotlar absolyut miqdorlarda va yagona o’lchov birliklariga ifodalanishi kyerak.
Bu bosqichda modellashtiriladigan ob‘ekt va uni abstraktsiyalashning muxim tomonlari belgilanadi. Ob‘ektning strukturasi va elementlari orasidagi asosiy bog’lanishlar, uning o’zgarishi va rivojlanishi bo’yicha gipotezalarni shakllantirish masalalari o’rganiladi.
2).Matematik modellar qurish. Bunda iqtisodiy muammolar konkret matematik bog’lanishlar va munosabatlar ya‘ni, funktsiya, tengsizlik va xokazolar shaklida ifodalanadi.
Matematik modellar qurish jarayoni matematika va iqtisodiyotbo’yicha ilmiy bilimlarning o’zaro uygunlashuvidan iborat. Albatta, bunda matematik modelni yaxshi o’rganilgan matematik masalalar sinfiga tegishli bo’lishi uchun xarakat qilinadi.
Biroq, shunday bo’ladiki, iqtisodiy masalani modellashtirish oldindan ma‘lum bo’lmagan matematik strukturalarga olib kelishi xam mumkin. XX asr urtalaridan boshlab, iqtisodeit fani va uning amalieti extiejlaridan kelib chiqib, matematik dasturlash, uyinlar nazariyasi, funktsional analiz, xisoblash matematikasi fanlari xam uz rivojini topdi.
3).Modelni matematik taxlil qilish. Bu bosqichining maqsadi – modelning umumiy xossalarini ifodalashdan iborat. Bu yerda tadqiqotlarning matematik usullari qo’llaniladi. Eng muxim joyi – tuzilgan modellarning yechimga egaligini isbotlashdir.
Agar matematik masalaning yechimga ega emasligi isbot qilinsa, u xolda qo’yilgan matematik model rad etiladi. Shunga muvofiq, iqtisodiy masalaning qo’ilishi yoki matematik modelning boshqacha koi’rinishlari tadqiq etiladi. Modellarni analitik tadqiq etish ularni empirik tadqiqqilishga nisbatan ustunlikka ega, chunki, olingan xulosalar modellardagi ichki va tashqi parametrlarning xar xil qiymatlarida xam o’z kuchini saklaydi.
Umuman olganda, murakkab iqtisodiy masalalar qiyinchiliklar bilan analitik tadqiqotlarga keltiriladi. Agar ularni analitik usullarga keltirib bo’lmasa, u xolda masalani sonli usullaridan foydalanib yechiladi.
4).Dastlabki ma‘lumotlarni tayyorlash. Modellashtirishda ma‘lumotlar tizmiga muxim talablar qo’yiladi. Shu bilan birgalikda, ma‘lumotlarni olish uchun real imkoniyatlar amaliy maqsadlarga muljallangan modellarni tanlash uchun ma‘lum chegaralar qo’yadi.
Ma‘lumotlarni tayyorlash jarayonida extimollar nazariyasi, matematika, statistika, nazariy statistika usullaridan keng kulamda foydalaniladi.
5).Sonli yechimlar. Bu bosqich qo’yilgan masalani sonli yechish uchun algoritmlar, kompyutyer uchun dasturlar tuzish va bevosita xisoblashlar o’tkazish uchun muljallangan. Odatda iqtisodiy-matematik modellarda xisob-kitob ishlari ko’pvariantli xaraktyerga ega.
Zamonaviy kompyutyerlarning paydo bo’lishi bu ishlarni yengillash-tiradi. Sonli usullar yordamida qilingan tadqiqotlar analitik tadqiqotlarni tuldiradi. Xozirgi paytda sonli usullar bilan yechiladigan iqtisodiy masalalar sinfi analitik tadqiqotlarga nisbatan ko’prok xisoblanadi.
6).Sonli natijalar taxlili va uning tadbiqlari. Bu bosqichda modellashtirish natijalarining tug’riligi va to’laligi xaqidagi savollargijavob olinadi. Nazariy xulosalar va model yordamida bevosita olingan sonli natijalar o’zaro taqqoslanadi. Shunga qarab, qo’yilgan masala va modellarning yutuq yoki kamchiliklari aniqlanadi.
Matematik model aniqlangandan so’ng, unda ishtirok etayotgan faktorlarning natijaviy belgiga ta‘sirining mukammalligi baholanadi. Agar model va unga kiritilgan barcha faktorlar talab etilgan extimol bilan axamiyatli bo’lsa, u adekvat model deyiladi.
Model adekvat bo’lmagan xolda uning ko’rinishhi o’zgartiriladi. Yangi model oldingisidan axamiyatsiz faktorlarni chiqarish yuli bilan aniqlanadi. Ushbu natijalar asosida modellarni takomillashtirish, ularni axborot va matematik ta‘minlash yo’nalishlari aniqlanadi.
Misol.
Ikki xil B1 va B2 maxsulotlar tayorlash uchun uch xil xam ashyo S1,S2,vaS3 ishlatiladi.
1-jadvalda xom ashyo zaxirasi, maxsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo’ladigan xom ashyo birligi, bir birlik maxsulotning baxosi berilgan.

1. jadval



Xom ashyo turi

Xom ashyo zaxirasi

Maxsulot birligiga sarflanadigan
xom ashyo miqdori

В1

В2

S1

20

2

5

S2

40

8

5

S3

30

5

6

daromad




50

40

Bularga nisbatan shunday reja tuzish zarurki, umumiy yetishtirilgan maxsulot realizatsiyasidan olinadigan foyda maksimal bo’lib, xom ashyo zaxirasidan ratsional foydalanilsin.


X1 orqali B1 maxsulot birligi miqdorini; X2 orqali B2 maxsulot birligi miqdorini belgilaymiz.
Xom ashyo zaxirasi birligi miqdorini va xom ashyo zaxirasini nazarda tutib 1 jadvalda berilganlardan foydalanib quyidagi tengsizliklar sistemasini tuzib olamiz
2x1+5x220
(1) 8x1+ 5x2
5x1+ 6x230
Sistemadan ko’rinib turibdiki maxsulot ishlab chiqarish uchun sarf bo’ladigan xom ashyomiz zaxiradan ko’p bo’lishi mumkin emas. Agar B1 maxsulot ishlab chiqarilmasa x1=0 aks xolda x1 bo’ladi. Xuddi shunday B2 uchun xam x2=0 yoki x2. Demak x1 va x2 o’zgaruvchilar manfiy emas ya‘ni х1х B maxsulotning x 1 birligini realizatsiya qilishdan 50 x1 so’m va B2 maxsulotning x2 birligini realizatsiya qilishdan 40 x2 so’m foyda olinadi, bu foydalarning yigindisi
(2) Z=50х1+40х2 (so’m)
Masalaning maqsadiga yetish uchun Z=50x1+40x2 chiziqli funktsiyaning
1+5х2 20
1+5х2 40
1+6х2 30
х10, х20
shartlarni qanoatlantiruvchi eng katta qiymatini topish kerak.
Bu tuzilgan (2) funktsiya maqsad funktsiyasi deyiladi va qo’yil-gan (1) shartlar sistemasi bilan birga berilgan masalaning matematik modelini tashkil qiladi.


Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish