Iqtisodiy indekslar



Download 15,44 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi15,44 Kb.
#518396
Bog'liq
Iqtisodiy indekslar





Iqtisodiy indekslar
Reja:
1. Iqtisodiy indekslarning mohiyati va ahamiyati.
2. Iqtisodiy indekslarni tasniflari.
3. Individual indekslar – nisbiy miqdorlar sifatida.
4. Umumiy indekslar, ularning o’ziga xos xususiyatlari va tuzish printsiplari.
Foydalanilgan adabiyotlar.

Indeks so’zi lotincha "indeks" atamasidan olingan bo’lib, belgi, ko’rsatkich degan ma’nolarni bildiradi. Statistikada indekslar deganda mahsus iqtisodiy ko’rsatkichlar tushuniladi. Ular iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega.


Iqtisodiy indekslar bevosita umum o’lchovga ega bo’lmagan murakkab iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o’rganishda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy indekslar bevosita umum o’lchovga ega bo’lmagan murakkab iqtisodiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo’yicha o’rtacha o’zgarishini ob’ektlararo yoki hududlararo taqqoslash natijasini ifodalaydi. Indekslar yordamida shuningdek shu hodisa va jarayonlarning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarning roli va hissasi ham baholanadi.
Indekslar murakkab hodisaning ayrim birliklari uchun ham va umuman murakkab hodisa uchun ham hisoblanish mumkin. Ular individual (alohida) va umumiy indekslarga bo’linadi.
To’plamning ayrim birliklari uchun hisoblangan indekslar individual, barcha to’plam uchun hisoblangan indekslar esa umumiy (agregat) indekslar deb ataladi.
Asosiy individual indekslar quyidagilardan iborat:
- ishlab chiqarilgan yoki sotilgan mahsulotning fizik hajmi indeksi;
- baho indeksi;
- tannarx indeksi;
- qiymat (tovar oboroti) indeksi;
- mehnat unumdorligi indeksi.
Umumiy indekslar quyidagilardan iborat:
- fizik hajm indeksi;
- baho indeksi;
- tannarx indeksi;
- qiymat indeksi;
- mehnat unumdorligi indeksi;
O’rtacha indekslar. Statistikada umumiy indekslardan tashqari o’rtacha indekslar ham keng qo’llaniladi. O’rtacha indeksni o’rtacha arifmetik yoki o’rtacha garmonik ko’rinishda tuzish mumkin. O’rtacha indeksni qaysi shaklda hisoblashdan qat’iy nazar agregat indeks bilan birdek natija beradi. O’rtacha indeks umumiy indeksdan keltirilib chiqarilishi kerak.
O’rtacha ko’rsatkichlar dinamikasini faqat o’rtalashtirilayotgan belgining o’zgarishini ko’rsatish bilan cheklanmay ushbu to’plam tarkibi o’zgarishini ifodalashni ham taqozo qiladi.
Indeks, umumlashtirish funktsiyasi, analitik funktsiya, hududiy indekslar, individual indekslar, umumiy indekslar, zanjirsimon indekslar, o’zgaruvchan asosli indekslar, o’zgarmas asosli indekslar, o’rtacha indekslar, agregat indekslar, arifmetik o’rtacha indekslar, garmonik o’rtacha indekslar, geometrik o’rtacha indekslar, vazn, indeks vazni, vaznsiz umumiy indekslar, joriy vaznli Paashe indekslari bazis vaznli Laspeyres indekslari, fisher indeksi, o’zgarmas tarkibli indekslar, ko’p omilli indeks tahlili.
Indeks ko’p qirrali tushunchadir. U turli sohalarda qo’llanib, ma’lum maqsad uchun xizmat qiladi. Statistikada bu atama murakkab solishtirma iqtisodiy ko’rsatkich ma’nosida ishlatiladi. Indeks umumiy ko’rinishda o’rganilayotgan iqtisodiy hodisalarni ikki holatda olib, ularni maxsus yo’l bilan o’lchashdan hosil bo’lgan ko’rsatkichlarni taqqoslash hosilasidir. Bu natija solishtirma ko’rsatkich bo’lib, turli shakllarda: nisbiy, o’rtacha va mutlaq miqdorlar va ularning yagonaviyligida namoyon bo’ladi.
Hodisalarning ikki holati orasida iqtisodiy jarayon kechadi, rivojlanish yuz beradi. Indekslar ana shu rivojlanish jarayonining me’yori bo’lib xizmat qiladi, ular hodisalarning nisbiy, o’rtacha va mutlaq o’zgarishlarini bir butunlikda ifodalaydi. qiyoslash uchun hodisalar holatlarini turli jihatdan olib qarash mumkin va natijada rivojlanish jarayonining har xil qirralari oydinlashadi, jumladan ularning vaqt bo’yicha o’zgarishi, ob’ektlar va hududlararo yoki halqaro nisbatlari, reja, shartnoma yoki iqtisodiy normativlarni bajarish darajalari, iqtisodiy tuzilmalardagi ichki siljishlar namoyon bo’ladi. Bu esa indekslarni dinamik, hududiy, halqaro, reja yoki shartnomani bajarish, tuzilmaviy o’zgarishlar indeksi kabi turlarga tasniflash uchun nazariy- uslubiy zamin yaratadi. SHu bilan birga ular boshqa belgilar, masalan, to’plam birliklarini qamrab olish, tuzilish shakli, hisoblash uslubi va hokazolarga qarab ham tasniflanadi. Natijada indekslarning murakkab, ko’p pog’onali turkumlarining oilasi vujudga keladi.
Indekslar iqtisodiy mazmun va talqinga ega bo’lishi uchun ularning asosida yotadigan ko’rsatkichlar predmetlik, moddiylik xarakteriga ega bo’lishi kerak. Aks holda ular mavhum, absolyut son bo’lib qoladi, xolos. Ammo bu asosiy talabni tor chegarada ko’rsatkichlarning bir o’lchamligini yuzaki ta’minlash ma’nosida talqin etish noto’g’ridir. Indekslar real hodisalar o’zgarishini ma’lum sharoitda va jihatdan kerakli aniqlik darajasida ifodalasa, demak ular iqtisodiy mazmunga ega va asosiy talabga javob beradi. Ushbu bobda ko’rib chiqilgan barcha indekslar bu talab - shartni qoniqtiradi.
Individual, vaznsiz va o’zgarmas vaznli umumiy indekslar shaklan nisbiy miqdorlarga ko’proq yaqinlashsa ham, ammo mazmunan ulardan farq qiladi, chunki ular ham nisbiy o’zgarish bilan birgalikda o’rtacha va mutlaq o’zgarishlarni aniqlash imkonini beradi, predmetlik, moddiylik talabiga asoslanadi. SHu bilan birga bu indekslar o’ziga xos xususiyatlarga ega. Vaqt bo’yicha teskarilanish, omillar teskarilanishi, doiraviy aylanma bo’yicha teskarilanish, o’lchov usuliga nisbatan barqarorlik kabi xislatlari bilan ular boshqa indekslar toifasidan ajralib turadi.
Bu xususiyatlar o’zgaruvchan bazis yoki joriy vaznli (Laspeyres va Paashe usuli) umumiy indekslar uchun xos emas. SHu sababli indekslarning test nazariyasi vujudga kelib, unga binoan yuqorida ko’rsatilgan xossalar ideal indekslarni tuzishda asosiy mezonlar sifatida qabul qilinishi kerak. Bunday indekslar ushbu nazariya asoschisi Ivring Fisher nomi bilan Fisher indekslari deb ataladi. Ular Laspeyres va Paashe usulida tuzilgan agregat indekslardan hisoblangan geometrik o’rtacha indekslar bo’lib, yuqoridagi xossalarga ega bo’lgan indekslar turkumini to’ldiradi.
Umumiy indekslarning asosiy shakli agregat indekslarni hisoblash, sifat ko’rsatkichlar uchun ularni Paashe usulida, ya’ni joriy vazn bilan, miqdoriy ko’rsatkichlar uchun esa Laspeyres usulida(bazis vazn bilan) tuzish haqidagi statistikaga oid darslik va qo’llanmalarda xanuzgacha keng targ’ib etib kelinayotgan metodologik yechim - tavsiya na nazariy va na amaliy jihatdan asosga ega. Har qanday agregat indeks surati yoki maxrajidagi ko’rsatkichlardan biri real, hayotda mavjud bo’lgan iqtisodiy voqeani o’lchovchi ko’rsatkich emas, u ma’lum shart bilan hisoblab topilgan shartli ko’rsatkichdir. Demak, uning predmetligi, moddiyligi, iqtisodiy realligi bu holda shartli tushunchadir. Indeksning iqtisodiy mazmuni qaysi davr ko’rsatkichi vazn qilib olinishi bilan belgilanmaydi. Balki u qanday sharoitda va bog’lanishda, rivojlanish jarayonining qaysi jihatini oydinlashtirishi, o’lchashi bilan indeksning iqtisodiy mohiyati aniqlanadi. Ana shu jihatdan har bir indeks hodisa o’zgarishining asosiy me’yori bo’lib, uning nisbiy, o’rtacha mutlaq miqdorini aniqlash imkonini beradi. SHu bilan birga har bir indeks nazariy va amaliy jihatdan ijobiy tomonlarga ham, kamchiliklarga ham ega. Ideal indekslar yo’q, bo’lishi ham mumkin emas.

Adabiyotlar:



1. N.M.Soatov, X.Nabiev, D.Nabiev, G.N.Tillaxo’jaeva. Statistika. Darslik. – T.: TDIU, 2009.
2. X.Nabiyev, D.X.Nabiyev. Iqtisodiy statistika. Darslik. – T.: Aloqachi, 2009.
3. Statistika: Uchebnik. / N.Umarov A. Abdullaev. R. Zulinova T-2009.
4. Qishloq va suv xo’jaligi statistikasi. S. Ochilov. SH. Ergasheva T-2008
5. Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi. A.X. Ayubjonov T-2004
6. A.X.Ayubjonov, B.X.Mamatqulov, S.N.Sayfullaev.”Statistika fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish uchun o’quv qo’llanma. Toshkent. “Iqtisodiyot-2012”
Download 15,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish