O`zaro bog`langan indekslar
Iqtisodiy hodisalar o`zaro bog`langan. Bunday bog`lanishlar indekslar orasida mavjuddir. Agarda baho indeksini sotilgan fizik hajm indeksiga ko`paytirsak, tovar aylanmasi (sotilgan mahsulot) qiymati indeksini olamiz.
Misol uchun tovarlar bahosi o`rtacha 5% pasaygan, sotilgan mahsulotlar hajmi esa 20% ortgan bo`lsa, tovar aylanmasi 14% ko`paygan, chunki 0,95*1,201,14 yoki 114%.
Tannarx indeksining mahsulotning fizik hajmi indeksiga ko`paytmasi ishlab chiqarilish xarajatlari indeksiga tengdir:
(12.46)
Agarda ishlab chiqarish xarajatlari 12%, yaratilgan mahsulot hajmi 22% ko`paygan bo`lsa, u holda tannarx 8% pasaygan, chunki l, l2: 1,220,92 yoki 92%.
Mehnat unumdorligi indeksini sarf qilingan mehnat miqdori indeksiga ko`paytirsak, ishlab chiqarishning fizik hajmi indeksi hosil bo`ladi:
(12.47)
Baho indeksining teskari qiymati pul (so`m ) qudrati indeksiga teng. Aytaylik, baholar o`rtacha 20% pasaygan, u holda 1 so`mning xarid qudrati 25% oshgan (1:0,81,25). Shunday qilib, o`zaro bog`langan hodisalar indekslari orasida ham tegishli tartibdagi bog`lanishlar mavjuddir. Indekslarning ushbu xususiyatiga asoslanib u yoki bu iqtisodiy hodisa o`zgarishi qanday omillar hisobiga sodir bo`lganini aniqlash mumkin.
Indeks yordamida natijaviy belgiga ta`sir qiluvchi bir necha omillarning ta`sir kuchini ham aniqlash mumkin.
Ma`lumki, hodisalar orasidagi bog`lanishlar multiplikativ va additiv shakllarga ega. Birinchi holda ular ketma-ket bir-biri bilan bog`langan bo`lib, natija bilan omillar o`rtasidagi aloqalar tegishli ko`rsatkichlarining ko`paytmasi ko`rinishida namoyon bo`ladi. Ikkinchi holda esa hodisalar bir-birini ustiga qo`shilib boradi va natijada yakuniy ko`rsatkich omil (tarkibiy element) ko`rsatkichlari yig`indisidan tarkib topadi. Indeks tahlili multiplikativ shakldagi bog`lanishlarga asoslanadi. Bu usul yordamida additiv shakldagi bog`lanishlarni tahlil qilish uchun dastlab ularni multiplikativ shaklga aylantirish zarur.
Bu masalani quyidagi tartibda yechish mumkin. Agarda abs bo`lsa, u holda ba*ba yoki s(a- a*ba) a(1-db) bu yerda dbba
Demak, absadba(1-db) a Shu bilan birga b(a-a*sa)a( l-ds) bu holda sa*sa)ads . Demak, absadsa(l-ds) a.
Endi umumiy foyda indeksi bilan foydaga ta`sir etuvchi omillar indekslarini tuzish tartibini ko`rib chiqamiz. Ma`lumki, yalpi foyda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga, baho darajasiga va tannarxga bog`liq. Ff*qpq-sq
Bu yerda F-yalpi foyda miqdori.
f-mahsulot birligidan olinadigan o`rtacha foyda darajasi f/q
q-ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan mahsulot hajmi
r-mahsulot birligining narxi
s-mahsulot birligining tannarxi
Bu holda umumiy foyda miqdori indeksi
(12.48)
Bu yerda d1 va d0 joriy va bazis davrlar narxida tannarx ulushi (umumiy tushumda ishlab chiqarish va davr xarajatlari yig`indisining salmog`i). Bu (12.48) indeksni quyidagi omillar indeksiga ajratish mumkin:
(12.49)
Bu indeks mahsulot hajmi o`zgarishi ta`siri ostida yalpi foyda o`zgarishini aniqlaydi.
(12.50)
Bu indeks narxlar o`zgarishi ta`siri ostida yalpi foyda o`zgarishini o`lchaydi.
va nihoyat, (12.51)
Bu indeks yalpi foyda o`zgarishiga tannarx o`zgarishining ta`siri ni belgilaydi. Yuqorida keltirilgan indekslar bir tizim bunyod etadi, chunki IFIq*Ip*Id.
Do'stlaringiz bilan baham: |