Iqtisodiy geografiya



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana13.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#786179
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaponiyaning iqtisodiy geografik tavsifnomasi

g) meʼmorligi 
Qadimiy yaponlarning turar joylari yarim yertoʻlalar boʻlgan va uning tomi 
yogʻoch va qamish bilan yopilgan. Mil. boshlarida yogʻoch sinchli uylar qurila 
boshladi. (Ise shahridagi sintoistlar ibodatxonasi, III—VII asrlar). III-VI asrlarda 
podsholar uchun aylana va taqa shaklida ulkan qoʻrgʻon (kafun)lar bunyod etilgan. 
VI asrda buddizm tarqalishi munosabati bilan xitoy va koreys meʼmorligi uslubida 
monastir, pagoda, ibodatxona va saroylar bunyod etilgan (Nara shahridagi 
Xoryudzi monastiri, VII asr; Kito shahri yaqinidagi Byodoin saroyi, XI asr). VIII 
asrda Xitoy shaharsozligi uslubida Heyjokyo (hoz. Nara) va Heyan (hoz. Kito) 
shahrilariga asos solindi. XIV-XVI asrlarda landshaft meʼmorligi, xitoycha 
bogʻparklar bunyod etish sanʼati, qalʼa va saroy devorlariga rasm chizish 
rivojlandi.
XVI asrdan shahar mudofaa inshootlari xandaq va gʻisht devorlar bilan oʻraldi. 
Shu davrda hoz.gacha saqlanib qolgan anʼanaviy yapon turar joyi shakllandi. XVI 
asrdan Edo (hoz. Tokio) shahrida qurilish avj oldi. XIX asr oxiridan shaharsozlik 
rivojlandi, sanoat korxonalari qurish koʻpaydi, qurilishda gʻisht, keyinchalik 
temirbeton va metall ishlatila boshlandi. Yapon meʼmorlari (Tatsuno Kingo, 
Katayama Otokuma) binokorlikda Yevropa uslubidan foydalandilar yoki anʼanaviy 
yapon uysozligi shakllarini Gʻarbiy Yevropa meʼmorligi shakllari bilan 
uygʻunlashtirdilar. XX asrning XX asrlari oxiri Le Korbyuzye taʼsirida 
funksionalizm uslubi yoyila boshladi. 2-jahon urushi yillari (1939—45) Yaponiya 
shaharlari vayron boʻldi; 50-y.lardan qurilish keng koʻlamda avj oldi. Milliy 
meʼmorlik shakllarini zamonaviy konstruksiyalar bilan uygʻunlashtirish natijasida 
yapon meʼmorligi jahonda mashhur boʻldi (Hiroshimadagi Tinchlik memorial 
parki, 1949—56; Okayama shahridagi Kurashiki shahar zali, 1960; Kofudagi 


10 
Yamanasi binosi, 1966; hammasining meʼmori Tange Kenzo; Tokiodagi 
Metropoliten festival xoll, 1960—61, meʼmor Mayokava Kunio; Tokioning 
Shinzyuku r-nidagi maydon ansambli va transportyoʻlovchilar tuguni, 1960—67, 
meʼmor Sakakura Jundo; Kioto shahridagi Xalqaro konferensiyalar markazi saroyi, 
1966—70 yillar boshi, meʼmor Satio Otani).
18-yozgi olimpiada oʻyinlari (1964) va "EKSPO70" koʻrgazmasining oʻtkazilishi 
munosabati bilan yirik shaharlar, jumladan, Tokio va Osaka markazlari 
rekonstruksiya qilindi, Tokioda ikki olimpiada majmuasi (Yoyogi, meʼmor Tange 
Kendzo; Komadzava, meʼmorlar Murata Masasiko va Ashihara I.), Osakada bosh 
pavilon koʻrgazmasi (meʼmor Tange Kendzo) qurildi. 1960-yillar oxirida yuksak 
seysmik hududligiga qaramay, osmonoʻpar binolar bunyod etildi (Tokio, Osaka va 
boshqalar shaharlarda). Yaponiyada milliy meʼmorlik anʼanalarining rivojlanishi 
K.Maekava, Yo.Taniguti, K. Tange, K. Kurokava va boshqalar mashhur meʼmorlar 
faoliyati bilan bogʻliq. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish