Iqtisodiy geografiya


   1. Yaponiya davlatiga umumiy ta’rif



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana13.07.2022
Hajmi0,98 Mb.
#786179
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaponiyaning iqtisodiy geografik tavsifnomasi

 



 1. Yaponiya davlatiga umumiy ta’rif 
 a) davlat tizimi 
Yaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1947-yil
3- mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — 
imperator (1989 yildan Akihito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u "davlat 
va xalq birligi ramzi"dir. Imperator oilasining er aʼzolari imperatorlik taxti uchun 
merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga 
ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday faoliyati 
Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun 
chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va 
Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat 
(Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi. 
b) tabiati
 
Yaponiya moʻʼtadil, subtropik va tropik mintaqalarda joylashgan. Qirgʻoq 
chizigʻining umumiy uzunligi 30 ming km ga yaqin. Honshu orolining janubiy 
sohili, Sekoku va Kyushu orollarining qirgʻoqlarida qoʻltiq koʻp.Bu yerda 
murakkab qirgʻoq chizigʻiga ega boʻlgan Ichki Yapon dengizi joylashgan. 
Ryukyuning janubiy orollari marjon riflari bilan oʻralgan.Yaponiya hududining 3/4 
qismi qir va togʻlardan iborat; pasttekisliklar sohil boʻylab ayrim-ayrim 
joylashgan. Hokkaydo orolidagi tizmalarning baʼzi choʻqqilari 2000 m dan oshadi 
(Asahi choʻqqisi — 2290 m). Honshu orolining shim. qismida 3 ta boʻylama togʻ 
tizmalari boʻlib, ular vodiy va soyliklar bilan boʻlingan; orolda bir qancha vulkan, 
jumladan, Yaponiyadagi eng baland vulkan — Fujiyama (bal. 3776 m) qad 
koʻtargan. Honshu orolining markaziy qismidagi tizmalarning choʻqqilari alp 
relyefi va yilning koʻp qismida qor bilan qoplanib turadi. Sekoku orolining eng 
baland 
joyi 
1981 

(Isidzuti 
choʻqqisi), 
Kyushu 
orolniki
1788 m (Kuzyu vulkani). Yaponiya hududi kuchli seysmik zonada joylashgan 
(1855, 1891, 1897, 1923, 1995 yillarda falokatli zilzilalar boʻlgan).



Yaponiyadagi 150 vulkandan 40 tachasi soʻnmagan. 26 mingdan ortiq issiq suv 
manbalari bor. Foydali qazilmalardan koʻmir, gaz, temir rudasi, oltingugurt, 
marganets, qoʻrgʻoshinrux, mis rudalari neft, xromit, oltin, kumush, pirit, kaolin, 
talk va simob konlari mavjud.Iqlimi mussonli, shimolda moʻtadil, janubda 
subtropik, Ryukyu orollarida asosan tropik iqlim. Hokkaydo orolda, Sapporoda 
yanvarning oʻrtacha temperaturasi —5°, iyulniki 22°, Okinavada yanvarning 
oʻrtacha temperaturasi 16°, iyulniki 28°. Materikdan esgan qishki musson 
Yaponiya hududiga sovuq havo olib keladi va koʻp yogʻin keltiradi. Yiliga 30 
martagacha tayfun boʻladi; bu vaqtda kuchli shamol esib, jala quyadi, oʻrtacha 
yillik yogʻin 1800 mm; Hokkaydo orolining sharqida yillik yogʻin 800—1200 mm, 
Sekoku va Kyushu orollarida 3000 mm, baʼzi joylarda 4000 mm gacha. 
Yaponiyaning daryolari qisqa, sersuv va tez oqadi. 24 ta eng katta daryosidan faqat 
6 tasining uz. 200 km dan oshadi, jumladan, Sinano daryosining uz. 367 km. 
Tayfun vaqtida daryolar toshadi. Koʻpgina daryolarning suvi sugʻorishga va 
gidroenergiya resurslari sifatida sarflanadi. Mayda koʻl koʻp va ular ichimlik suvi 
manbai boʻlib xizmat qiladi.Eng katta koʻl-Biva (mayd. 670,2 km2, chuq.103,8 m). 
Tuproqlari shimolda podzol va oʻtloqibotqoq, janubda qoʻngʻir oʻrmon, subtropik 
va tropiklarda sariq va qizil tuproq. Tekisliklarda allyuvial tuproqlar tarqalgan. 
Yaponiya hududining 67% oʻrmon va butazorlardan iborat; oʻrmonlarining 41,4% 
ekib oʻstirilgan. Jami 700 turdan koʻp daraxt va buta hamda 5599 tur oʻt oʻsimligi 
oʻsadi. Endemik oʻsimlik koʻp. Oʻrmonlar, asosan, igna bargli va keng bargli 
daraxtlardan iborat. 
Yaponiyada sut emizuvchi hayvonlarning 132 turi, qushlarning 490 turi, sudralib 
yuruvchilarning 110 turi mavjud. Yaponiya qirgʻoqlariga tutash dengiz suvlarida 
baliqlarning 3000 ga yaqin turi, mollyuskalarning 1200 dan ortiq turi yashaydi. 
Aholisining 99% dan koʻpi yaponlar. Hokkaydo orolida mamlakatning eng 
qadimiy aholisi — aynlar (50 ming kishi atrofida) saqlanib qolgan. Shuningdek, 



koreys, xitoy va boshqalar yashaydi. Rasmiy til — yapon tili. Asosiy dinlari — 
sintoizm va buddizm; konfutsiylik va daosizm aqidalari katta taʼsirga ega. 
Xristianlik, islom va hinduizmga eʼtiqod qiluvchilar ham mavjud. Xristianlik XVI 
asr oʻrtalaridan, islom XIX asr oxiridan kirib borgan; xristianlar 1,5 mln.ga yaqin, 
musulmonlar 100 ming kishi chamasida. 1935 yil Tokio va Kobe shahrilarida 
dastlabki masjidlar qurilgan. 1956 yildan Yaponiya musulmonlar uyushmasi va 
1966 - yildan Yaponiya islom markazi mavjud. Aholining 77% shaharlarda 
yashaydi (2002). Yirik shaharlari: Tokio, Yokohama, Osaka, Nagoya, Sapporo, 
Kobe, Kioto. 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish