«iqtisodiy geografiya» fanining predmeti, tadqiqot usullari va vazifalari



Download 0,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana30.12.2021
Hajmi0,49 Mb.
#88335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu maruza

 

 


1.3. «Iqtisodiy geografiya» fanining rivojlanish tarixi  

 

«Iqtisodiy  geografiya»  fan  sifatida  nisbatan  yaqinda  –  1200-250  yil  avval 

shakllangan. Lekin uning manbalari va kurtaklarining paydo bo’lishi uzoq davolarga 

borib  taqaladi.  Chunki  iqtisodiy-geografik  ma’lumotlar  qadimgi  manbalarda 

(sayohatnomalar,  zafarnomalar,  yilnomalar,  ilmiy  asarlar  va  h.k.larda)  juda  ko’p 

uchraydi. Qadimgi davlarda «Geografiya» fani ayrim mamlakatlarning, joylarning 

tabiati,  aholisi  va  xo’jaligi  to’g’risidagi  ma’lumotlarni  o’z  ichiga  olgan  bilimlar 

to’plamidan iborat bo’lgan. 

O’rta  asrlarda  iqtisodiy-geografik  bilimlar  Al  Xorazmiy  («Kitob  Sur’at  al-

Az»),  Beruniy  («Hindiston»),  Bobur  («Boburnoma»)  va  boshqa  olimlarning 

asarlarida chuqurlashtirilgan.  

Evropada «Iqtisodiy geografiya» fan sifatida XVI asrdan shakllana boshlagan. 

Uning  rivojlanishiga  frantsuz  olimi  J.Boden,  italiyan  olimi  L.Tviggerdi,  golland 

olimi B.Varens hissa qo’shganlar.  

«Iqtisodiy  geografiya»  ilmiy  atamasini  fanga  birinchi  bo’lib  rus  olimi 

M.V.Lomonosov  XVIII  asrda  olib  kirdi.  U  iqtisodiy  xaritashunoslikning 

rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. Frantsuz olimi Lui Montesk’e tabiiy sharoitning 

jamiyat  rivojlanishiga  ta’sirini  o’rganish  bo’yicha  juda  muhim  ilmiy  ishlar  olib 

bordi.  Mazkur  muammo  bilan  nemis  olimlari  I.Kant,  G.F.Gegel’  ham 

shug’ullanganlar. 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  ayrim  davlatlarda  sanoat  tez  sur’atlar  bilan 

rivojlanish  natijasida  yirik  geografik  asarlar  vujudga  keldi.  Bu  davrda  olimlardan 

A.Gumbol’d  sanoatning  tabiatga  ta’siri  masalalariga,  K.Ritter  esa  tabiat  va  inson 

aloqalari muammolariga katta e’tibor berganlar. 

XX  asrda  «Iqtisodiy  geografiya»ning  rivojlanishi  N.N.Komosovskiy, 

N.N.Baranskiy,  N.P.Nikitin,  V.V.Pokshishevskiy,  Yu.G.Saushkin,  E.B.Alaev, 

B.S.Xorev  va  boshqalarning,O’zbekistonda  o’tgan  asr  boshlarida  yashagan 

Mahmudxo’ja  Behbudiy,  Munavvar  Qori  Abdurashidov,  Abdulla  Avloniy  va 

boshqalarning nomlari bilan bogliq.  

Mahmudxo’ja  Behbudiy  tomonidan  XX  asr  boshlarida  «Geografiya»dan 

qator  darsliklar  va  asarlar  yozilgan.  Shuni  ham  ta’kidlab  o’tish  kerakki, 

Mahmudxo’ja  Behbudiy  Turkistonda  «Aholi  geografiyasi»ning  asoschisi 

hisoblanadi.  U  «Madxali  jug’rofiyai  imroniy»  («Aholi  geografiyasiga  kirish»), 

«Muntaxabi jug’rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy geografiyasi»), «Muxtasarii 

jug’rofiyai  Rusiy»  («Rusiyaning  qisqacha  jug’rofiyasi»)  nomli  darsliklar 

muallifidir. 

O’zbekistonda  1920-30  yillarda  «Iqtisodiy  geografiya»  va  umuman, 

«Geografiya»  fanining  rivojlanishida  quyidagi  olimlarning  ishlari  muhim  o’rin 

tutadi: N.Balashov («O’zbekiston va unga qo’shni jumhuriyatlar hamda viloyatlar», 

1925  y.),  N.P.Arxangel’skiy  («Jug’rofiya  –  o’lkani  o’rganish  darsligi»,  1933  y.), 

A.Obizov («O’zbekiston sho’’rolar jumhuriyati jug’rofiyasi», 1933 y.). 

XX  asrning  ikkinchi  yarmida  va  hozirgi  paytda  O’zbekistonda  «Iqtisodiy 

geografiya»  fanining  rivojlanishi  Z.M.Akromov,  O.B.Otamirzaev,  A.S.Soliev, 

Q.Abirqulov, X.S.Salimov, A.R.Ro’ziev, A.Qayumov, Sh.Inomov, H.Abdullaev va 




boshqalarning nomlari bilan bogliq.  


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish