I-mavzu. «IQTISODIY GEOGRAFIYA» FANINING PREDMETI,
TADQIQOT USULLARI VA VAZIFALARI
1.1. «Iqtisodiy geografiya» fanining predmeti, mazmuni, maqsadi va vazifalari
«Iqtisodiy geografiya» – ishlab chiqarish kuchlarining butun dunyo,
mamlakatlar, mintaqalar bo’yicha hududiy joylashishi va rivojlanishi muammolarini
o’rganuvchi fandir.
«Iqtisodiy geografiya» fani ishlab chiqarishning hududiy muammolarini
tabiiy va iqtisodiy sharoitga bog’liq holda o’rganadi; dunyo hamda turli mamlakatlar
va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va hududiy tashkil etish
xususiyatlarining ob’ektiv qonuniyatlarini asoslab beradi; ishlab chiqarishning
joylashishi va rivojlanishi xususiyatlarini o’rganish jarayonida mamlakatlar
hududida iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishi, ular o’rtasida iqtisodiy
aloqalarning shakllanishi va rivojlanishini izohlaydi; shuningdek ayrim mamlakatlar
va hududlar xo’jaligining tasnifini aniq iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni tahlil qilish
va umumlashtirish asosida o’rganib, qisqacha ilmiy xulosalar chiqaradi va tavsiyalar
beradi.
Iqtisodiy-geografik tadqiqotlarda mahalliy, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni
o’rganishga katta ahamiyat beriladi. Bunday izlanishlar mamlakatimizni, qo’shni
mamlakatlarni va butun dunyoni bilishda muhimdir. Ular bo’lajak iqtisodchi
mutaxasislar dunyoqarashining shakllanishida, umumiy bilimini, ayniqsa iqtisodiy
bilim saviyasini oshirishda katta rol’ o’ynaydi.
«Iqtisodiy geografiya»ning boshqa fanlar orasida tutgan o’rni. «Iqtisodiy
geografiya» geografiya fanlari tizimiga kiradi. U «Tabiiy geografiya», «Tarix»,
«Iqtisod va statistika» fanlari bilan uzviy ravishda bog’langan.
«Iqtisodiy geografiya» ijtimoiy, geografik, tabiiy geografiya esa tabiiy fan
hisoblanadi. «Iqtisodiy georgrafiya» va «Tabiiy geografiya» o’rtasida uzviy
hamkorlik mavjud «Iqtisodiy geografiya» tabiiy sharoit va resurslarga iqtisodiy baho
berishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadi.
Geografiya fanlari bo’yicha tadqiqot va o’quv ishlari olib borish uchun
«Iqtisodiy geografiya»ning «Tabiiy geografiya» bilan uzviy hamkorligi muhim
ahamiyatga
ega.
Ayrim
mamlakat
va
mintaqalarga
ta’rif beruvchi
mamlakatshunoslik ishlarini tashkil qilishda ham bu hamkorlikning roli katta.
Ijtimoiy fanlar turkumiga kiruvchi «Iqtisodiy geografiya» uchun nazariy
«Iqtisodiy geografiya» mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish sharoiti va
xususiyatlari, ularda iqtisodiy rayonlarning, mamlakatlar va yirik iqtisodiy
rayonlar o‘rtasida iqtisodiy aloqalarning shakllanishi haqida tushuncha
beradi; aniq ma'lumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish yo‘li bilan
mamlakatlar va mintaqalarda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va
hududiy tashkil qilish xususiyatlarining ob'ektiv qonuniyatlarini izohlaydi.
ahamiyatga ega bo’lgan umumiqtisodiy fanlarning qisqacha xulosalari muhimdir.
Tarmoqlar iqtisodiyoti bilan shug’ullanuvchi fanlar, ya’ni ishlab chiqarish sharoiti,
xalq xo’jalik tarmoqlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish va rivojlantirish, texnik-
iqtisodiy asoslari, ishlab chiqarishni joylashtirishning xususiyatlari va omillari,
ishlab chiqarishda tannarx va boshqalar bilan shug’ullanuvchi aniq iqtisodiyot
fanlari ko’p masalalarda «Iqtisodiy geografiya» bilan aloqada bo’ladi.
«Iqtisodiy geografiya» fani ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar bo’yicha ishlab
chiqarish kuchlarining rivojlanishini tahlil qilish davomida tarixiy usullardan
foydalanadi. «Tarix» fani esa jamiyatning rivojlanishi va tarixiy jarayonlarni tadqiq
etayotganda tabiiy va atrof-muhit haqidagi ma’lumotlarni «Iqtisodiy geografiya»
fanidan oladi.