Iste’mol - ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish ehtiyojni qondirish jarayonini
ifodalaydi. Iste’mol ikki xil: shaxsiy va ishlab chiqarish iste’moli bo’ladi: birinchidan, tirikchilik
kechirish uchun odamlarning o’zlari tomonidan iste’mol qilinadi, ikkinchidan, ishlab chiqarishni
davom ettirish uchun ishlab chiqarishning o’zida ishlatiladi.
Iste’mol faoliyat sifatida yakka, guruhiy, umummilliy tarzda yuz beradi.
Iste’mol yana qayta mahsulot va xizmatlar yaratishni zarur qilib qo’yadi.
Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi. Iqtisodiy faoliyat
kishilarning ma’lum bir maqsad yo’lidagi xatti-harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim
kishilar, korxona, firma, xo’jalik va davlatlar bo’lib, ularni umumiy tarzda iqtisodiy faoliyat
sub’ektlari deb ataladi. Ular doimo bir-birlari bilan muntazam aloqada bo’ladilar
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |