Taklif chizig‘i
— taklifning tekislikdagi grafik ko‘rinishi.
Talab
— tovarning narxi va miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, xaridorlarning
muayyan vaqt davomida, tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish
imkoniyatlarini aniqlaydi.
Talab miqdori
— xaridorlarning muayyan vaqt davomida ma’lum narxda
sotib olishlari mumkin bo‘lgan tovar miqdori.
Talab chizig‘i
— talabning tekislikdagi grafik ko‘rinishi.
Tanlov
— cheklangan resurslardan foydalanish imkoniyatlari orasidan birini
tanlash.
Tanlovning muqobil qiymati
— tanlov natijasida voz kechilgan, eng katta
nafga ega bo‘lgan imkoniyat.
Taqchil bozor
— tovarning bozor taklif miqdorining unga bo‘lgan talab
miqdoridan past bo‘lgan bozor.
Do'stlaringiz bilan baham: |