3. Mulkka to‘la egalik qilish huquqi deganda nima tushuniladi?
A. Uni sovg‘a qila olish.
B. Uni sotish yoki ayirboshlay olish.
D. Undan o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun foydalana olish.
E. Yuqoridagilarning barchasi.
4. Qaysi guruhdagi daromadlar faqat moddiy boylikdan foydalanish
evaziga orttiriladi?
A. Ijara, nafaqa, dividend. B. Renta, foiz, maosh.
D. Foyda, nafaqa, dividend. E. Renta, dividend, foiz.
5. Oila budjetida ...
A. kamomad bo‘lmasligi kerak.
B. faqat oilaviy chiqimlar keltirilgan bo‘ladi.
D. faqat oilaviy daromadlar keltirilgan bo‘ladi.
E. oilaning ma’lum davrga rejalashtirilgan daromad manbalari va
xarajatlari keltirilgan bo‘ladi.
6. Mehnat resurslaridan qaysi ko‘rinishdagi daromad keladi?
A. Renta. B. Foiz.
D. Ish haqi. E. Foyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |