Davlat mulki
— davlat korxona va tashkilotlariga tegishli mol-mulk.
Xususiy mulk
— bitta yoki bir nechta jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan
va mulkdor tomonidan daromad olish maqsadida foydalaniladigan
mulkdir.
Xususiy mulk ayrim kishilarga, oilalarga yoki kishilar guruhiga
tegishli mulk. Bu mulkning shaxsiy yoki oddiy jamoaviy mulkdan asosiy
farqi – bu uning o‘z egasiga daromad keltirishi xususiyatidir.
Xususiy mulkning mulkdori bir necha shaxslar (xususan, odamlar,
korxona va firmalar) bo‘lganda mulkka egalik qilish huquqi bu shaxslar
o‘rtasida muayyan kelishuvga ko‘ra taqsimlangan bo‘ladi.
Xususiy mulk mulkchilikning eng ko‘hna shakli. Lekin mamla-
katimizda mustaqillikkacha bo‘lgan rejali iqtisodiyot sharoitida uning
ahamiyati yo‘qolgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa uning ahamiyati
yana qayta tiklanmoqda.
http:eduportal.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |