Iqtisodiy bilim asoslari fanidan 8-sinflar uchun dars ishlanmalar t o’plami 16-maktab iqtisod fani



Download 12,23 Mb.
bet11/19
Sana25.02.2022
Hajmi12,23 Mb.
#464081
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
iqtisod 8-sinf dars ishlanma.docx kopiya

III Yangi mavzu bayoni:

Ishlab chiqaruvchilar — tovar va xizmatlarni yaratadigan korxonalar. Ular bir tomondan tabiiy resurslarni, ishlab chiqarish vositalarini, ishchi kuchini bozordan sotib olib xaridor sifatida qatnashsa, ikkinchi tomondan ishlab chiqargan tovarlari va xizmatlarini, o‘zlariga tegishli mulkni bozorda sotib, sotuvchi sifatida ishtirok etadi. Masalan, un ishlab chiqaruvchi korxona o‘zi uchun kerakli bino, tegirmon uskunalari, bug‘doyni va ishchi kuchini bozordan sotib oladi, ya’ni bozorda xaridor sifatida ishtirok etadi. Shu bilan birga, bug‘doydan un ishlab chiqarib, uni bozorda sotadi, ya’ni bozorda sotuvchi sifatida ham qatnashadi
Ishlab chiqaruvchilar — tovar va xizmatlarni yaratadigan korxonalar.
Iste’molchilar — aholi, oila-uy xo‘jaliklari o‘zlari uchun kerakli xizmatlarni, iste’mol tovarlarini va turli xil mulklarni xaridor sifatida bozordan sotib oladilar. Ikkinchi tomondan, aholi o‘ziga tegishli mulkni bozorda sotadi.
Iste’molchilar — yaratilgan tovar va xizmatlarni bevosita iste’mol qiluvchi yoki ulardan foydalanuvchilar. Iste’molchilar, asosan, o‘z oilalari bilan hayot kechirganligi bois, ularni boshqacha oila-uy xo‘jaliklari deb ham atashadi.

Bozor infratuzilmalari — bozor vazifalarini amalga oshirishda bevosita qatnashmasdan, unga yordam beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi korxona, tashkilot va muassasalar.
Oila budjeti – oilaning ma’lum davrdagi daromad manbalari va xarajatlari keltirilgan moliyaviy rejasi.
Kishining ma’lum vaqt davomida (bir oyda yoki bir yilda) ishlab topgan va qo‘lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari daromad deb ataladi. Daromad bevosita mehnat yoki biror mulk (boylik)niishlatishevaziga hosilqilinishi mumkin. Budarsda daromadningbevosita mehnat evaziga hosil qilinadigan turi haqida to‘xtalamiz. Ish haqi mehnat evaziga olinadigan daromad bo‘lib, u iste’molchilar daromadining asosiy qismini tashkil qiladi.
Daromad – kishining ma’lum vaqt davomida (bir oyda yoki bir yilda) ishlab topgan va qo‘lga kiritgan barcha moddiy hamda pul tushumlari.
Ish haqining quyidagi turlari bo‘lishi mumkin:
Ishchining bir oy davomidagi mehnat faoliyati uchun qat’iy belgilangan muayyan pul miqdori — oylik maosh.
Ishchining tayyorlagan mahsuloti miqdori yoki bajargan ishiga qarab to‘lanadigan pul miqdori — ishbay ish haqi.
Ishchining ishlagan vaqti miqdoriga qarab to‘lanadigan pul miqdori — vaqtbay ish haqi.
Davlat tashkilotlarida ishlovchilar, asosan, oylik maosh ko‘rinishidagi ish haqi oladilar. Zavod va fabrikalaming ishchilariga ko‘pincha ishbay ish haqi belgilanadi. 0‘qituvchilar, odatda, o‘tgan darslari uchun vaqtbay ish haqi olishadi. Shuningdek, ba’zi korxona va tashkilotlarda aralash ko‘rinishda ish haqi belgilanadi, ya’ni ishchilarga qat’iy oylik maosh tayinlanishi bilan bir qatorda, bajarilgan ish hajmiga bog‘liq ravishda qo‘shimcha ishbay ish haqi ham beriladi.
Oila daromadlari har doim ham pul ko‘rinishida bo‘lavermaydi. Masalan, oila o‘z tomorqasida sabzavot ekinlari yetishtirib, iste’mol qilishadi. Bu bilan ular to‘g‘ridan to‘g‘ri ne’mat ko‘rinishidagi daromadni o‘zlashtirishyapti.
Har bir ishlovchi butun ish faoliyati davomida ish haqining bir qismini pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib boradi. Vaqt o‘tishi bilan ishlovchi qarib ishlashga layoqatsiz bo‘lib qolgan paytida unga ana shu jamg‘arma hisobidan qarilik nafaqasi— har oyda ma’lum miqdorda pul berib turiladi. Stipendiya talabalarga o‘qish davrida, nafaqalar esa ishsizlik, kasallik yoki boshqa sabablarga ko‘ra vaqtincha ishlay olmaydigan kishilarga, ko‘p bolali yoki kam ta’minlangan oilalarga davlat va korxonalar tomonidan beriladigan yordam pulidir. Uy xo‘jaliklarining daromadini ish haqidan tashqari nafaqa, stipendiya, ishsizlik yoki kam ta’minlanganlik nafaqasi kabi boshqa daromadlar tashkil qiladi. Davlat tomonidan beriladigan yordam pullari boshqacha ijtimoiy transfertlar deb ham ataladi.

Download 12,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish