BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! Topshiriq N.To‘xliyev va boshqalarning “O‘zbekiston iqtisodiyoti asoslari” kitobi asosida
respublikamizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan bozor islohotlari haqida referat
tayyorlang. Referatda mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuq va kamchiliklarni
tahlil qiling.
Buni yodda tuting! •
Bozor iqtisodiyoti sharoitida Nima? Qanday? Kim uchun? ishlab chiqarish kerak
degan iqtisodiyotning uch muhim savoliga asosan bozor javob beradi.
•
Bozor iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari quyidagilar: a) erkin iqtisodiy faoliyat;
b) xususiy mulkchilik; d) erkin narxlar; e) iqtisodiy manfaatdorlik va foyda olishga
bo‘lgan intilish; f) monopoliyani rad etish; g) raqobat.
•
Aralash iqtisodiyot iqtisodiy tizimlarning barcha ijobiy tomonlarini o‘zida
mujassamlashtirgan xo‘jalik yuritish tizimi bo‘lib, uni boshqacha ijtimoiy yo‘naltirilgan
bozor iqtisodiyoti deb ham atashadi.
esa o‘zining beso‘naqayligi, o‘zgarishlarga tez moslasha olmasligi tufayli jamiyatning
iqtisodiy taraqqiyotiga g‘ov bo‘lib, uni “bo‘g‘a” boshladi. XX asr oxirlariga kelib, bozor
iqtisodiyotiga tayangan davlatlar iqtisodiyoti gullab-yashnab, iqtisodiy taraqqiyotda
ilgarilab ketishdi. Markazlashgan rejali iqtisodiyot hukm surgan davlatlar iqtisodiyoti
tanazzulga yuz tutib, jahon taraqqiyotidan ancha orqada qolib ketdi. Bugungi kunga
kelib, bu mamlakatlarda ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish ham tarixiy, ham iqtisodiy
zarurat bo‘lib qoldi.
BOZOR IQTISODIYOTINING NOQOBILLIGI Bozor iqtisodiyoti ham qator kamchiliklardan xoli emas, albatta. Insoniyat tarixi bunga
guvohlik berib turibdi. Bozor iqtisodiyoti davlatning iqtisodiyotga aralashuvini inkor etgani
holda, jamiyat boylar va kambag‘allarga ajralishiga, mulkning ozchilik qo‘lida to‘planishiga,
katta-katta monopolchi korxonalar vujudga kelishiga va jamiyatdagi ijtimoiy va iqtisodiy
muvozanatning beqarorlashuviga zamin yaratdi. Bozor iqtisodiyotining inflatsiya va
ishsizlikka qarshi samarali kurasha olmasligi ma’lum bo‘lib qoldi. Bularning barchasiga
qaysidir darajada barham beruvchi kuchga, davlatning iqtisodiyotni tartibga solib turish
faoliyatiga ehtiyoj paydo bo‘ldi. Davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvi ijobiy holat sifatida
e’tirof etildi. Davlatga jamiyatda iqtisodiy qonun-qoidalarning amal qilishi uchun zarur
shart-sharoitlar hozirlash, ularning bajarilishini nazorat qilish, iqtisodiyotni tartibga solib
turish, bozor tizimini muhofaza qilish kabi vazifalar yuklatildi. Davlat bozor iqtisodiyoti
sharoitida iqtisodiyotning asosiy ishtirokchilaridan biriga aylandi. Bozor iqtisodiyotining
mantiqiy davomi bo‘lmish aralash iqtisodiyotga yo‘l ochildi.
Aralash iqtisodiyot jamiyat a’zolarining kam ta’minlangan qismini ijtimoiy himoya
qilishga, ommaviy farovonlikni ta’minlashga yo‘naltirilganligi bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizda kechayotgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni deganda, biz xuddi shu
sifatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga, ya’ni aralash iqtisodiyotga
o‘tishni tushunamiz.
Mashq Faraz qilaylik, siz me bel fabrikasining direk torisiz. Sizga ishlab chi qarishga kerak
bo‘ladigan xomashyolarni, dast gohlarni, asbob-usku nalarni sotib olish yoki ta’mirlash,
ishchi va mutaxassislarni yol lash, faoliyatingiz bilan bog‘liq turli bank to‘lovlarni
amalga oshirish kabi ishlarni bajarish, ishlab chiqarilgan mah sulotlarni sotish, tush gan
daromadni taqsim lash kerak bo‘lsin. Siz:
1. Markazlashgan rejali iqtisodiyot.
2. Bozor iqtisodiyoti.
3. Aralash iqtisodiyot sharoitida qay tariqa yo‘l tutgan bo‘lar edingiz? Qaysi tizimda
fao liyat yuritishingiz oson roq bo‘lar edi? Qaysi sharoitda o‘z ishingizga qiziqishingiz
kuchliroq bo‘lar edi? Javoblaringizni asos lang.