Iqtisod va mehnat tarbiyasi



Download 27,63 Kb.
Sana07.04.2022
Hajmi27,63 Kb.
#535365
Bog'liq
Mehnat tarbiyasi va iqtisodiy tarbiya
2 5413328006229789547, 2 5413328006229789547, 2 5413328006229789547, 11 (1), 8-sinf chorak test, 1 МАВЗУЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ИЛМИЙ ВА ИННОВАЦИОН, 1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627, 4-amaliy, 2021 2022 ММИБДЎ иш режаси лотинда 3 maktab 230170064528, 19 dars, Protokol ashıq sabaq 2021-2022-j, 8 sinf jahon tarixi 1604123737, AYLANMA YOZUV emblema, laboratorya ishi, Oshpaz prezentatsiya

MEHNAT TARBIYASI VA IQTISODIY TARBIYA


Reja:


1.Iqtisodiy tarbiyaning mohiyati va vazifalari.

2.Iqtisodiy tarbiyaning mazmuni va shakllari.

3.Boshlang‘ich sinflarda iqtisodiy tarbiyani amalga oshirish yo‘llari.


4. Mehnat arbiyasi mazmuni.

5. Mehnat tarbiyasining mazmuni va tizimi.

6. O‘quvchilar mehnat tarbiyasining shakllari va metodi.




Asosiy tushunchalar: Iqtisod, bozor iqtisodiyoti, iqtisodiy tarbiya. Iqtisodiy tafakkur, ishbilarmonlik, tejamkorlik, tashabbuskorlik, ekologiya, efologik tarbiya. ekologik madaniyat, mehnat, mehnat tarbiyasi, aqliy mehnat, jismoniy mehnat, kasbga yo‘llash.


Iqtisodiy tarbiya barkamol inson tarbiyasining muhim muammolaridan biridir. “Iqtisodiy o‘zgarishlarni ustivor deb hisoblayotganimiz, taqsimotning ma‘muriy buyruqbozlik tizimidan butkul voz kechayotganimiz hamda bozor iqtisodiyotiga asoslangan ijtimoiy mnosabatlarni shakllantirayotganimiz jamiyatni isloh qilishga qat‘iy yondoshishimizning ifodasidir”, degan edi I.Karimov.( I.Karimov.O‘zbekiston XX1 asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.Toshkent, “O‘zbekiston”,1997 y., 188-bet.) Jamiyatni isloh qilish, bozor iqtisodiyoti talablari esa unda yashayotgan kishilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishini talab etadi.SHuning uchun ham o‘sib kelayotgan yosh avlodda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy tarbiya o‘quvchilarda tejamkorlik, mehnatsevarlik, tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob-kitob va ular haqida fikrlay olish kabi qobiliyatlarni shakllantiradi. 2. Iqtisodiy tarbiyaning mazmuniga Sharq mutafakkirlari katta e‘tibor qaratib kelganlar. Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy mamavzutika fani inson hayotida asosiy o‘rin tutishini alohida ta‘kidlaydi. Uning fikricha kishi hisob ilmini bilishi va ishiga pishiq bo‘lmog‘i lozim.SHunda u mehnatining natijasini o‘lchovlar orqali aniqlay oladi.Abu Nasr al-Forobiy inson yashashi uchun juda ko‘p narsalar kerakligini va bo‘larni vujudga keltirish yo‘lida boshqa shaxslarga murojaat qilish kerakligini e‘tirof etadi. Bu o‘rinda olim iqtisodiy aloqa zaruriyatini ko‘rsatib o‘tgan edi. Darhaqiqat iqtisodiy aloqa o‘rnatish uchun odamlar, davlatlar, jamiyatlar integratsiya yo‘lida harakat qiladilar. Hozirgi vaqtda bu fikr qanchalik to‘g‘ri ekanligini rivojlangan davlatlar hayoti misolida ko‘rish mumkin. Iqtisodiy integratsiya davlatlarga faqat boylik keltiryapti. Al-Forobiy “Baxt saodatga erishuv haqida” asarida shunday yozadi: “Inson o‘z mablag‘ini to‘g‘ri sarflashni bilishi kerak. Pul sarflashda qizg‘anchiqlik qilish xasislikka olib keladi. Pullarni rejasiz ishlatish esa insonni beboshlikka yetaklaydi”. Ko‘rinib turibdiki, o‘tmish mutafakkirlari maktab va oila sharoitlarida O‘quvchi iqtisodiy tafakko‘rinii kengaytirish, ularni tejamkorlikka, ishbilarmonlikka, iqtisodiy hisob- kitobga o‘rgatishni hayotiy tajriba asosida amalga oshirish lozimligiga e‘tibor qaratganlar.Bolaga iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi. Bola maktabga borgach bu borada puxta bilimlar ola boshlaydi. Abu Ali Ibn Sino o‘z asarlarida shu xususda alohida to‘xtaladi. Oila a‘zolari- deb yozadi u,- kunlik oziq-ovqatlar uchun yetarli mahsulotlarni oldindan tejamkorlik bilan sarf qiladi. Har bir kishi bug‘doy, guruch, mevalarni saqlash yo‘llarini bilishi kerak. Ehtiyojga yaroqli narsalarga tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lish lozim. Ota-ona uvol qilish gunohligini farzandiga yoshligidan nasihat yo‘li bilan o‘rgatadi.
Ibn Sino Bolalarni hayotga tayyorlash uchun ularga hunar o‘rgatish kerak deb ko‘rsatadi: Inson hunarni puxta o‘rganishi shart. Chunki hunar unga kelajakdagi ro‘zg‘or tebratishi uchun asqotadi.

  1. Iqtisodiy tarbiya avvalo oilada amalga oshiriladi. Oilada iqtisodiy tarbiya zamirida Bolada mehnatsevarlikni shakllantirish yotadi. Bu shunday olib borilishi kerakki, Bola o‘z mehnatining natijalarini ko‘ra bilsin. Shundagina bola o‘z imkoniyatidan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri foydalanayotganini anglaydi. Hunar egallash yoshlarni mustaqillikka o‘rgatadi. Bu jarayonda Bola hisob-kitob qilishni ham o‘rganadi, ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xususiyatlariga ega bo‘ladi. Ota-onalar hovli va xonadonlarni tartibga solish, ovqat pishirish, kir yuvish va kiyim-kechakni yamash, ro‘zg‘or asboblari va uydagi jihozlarni ta‘mirlash sohasida Bolalar mehnatini tashkil etadilar.Bunda ota-ona yumushlarni Bolalarga ularning jismoniy, aqliy, ruhiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda topshirishlari kerak. Ota-ona ishni topshirish bilan cheklanmay Bola uni qanday bajarayotganini nazorat qilishi, lozim bo‘lsa, maslahat, ko‘mak berishi, Bolani ruhlantirib turishi maqsadga muvofiqdir. Tarbiyaning samaradorligini oshirish ko‘p jihatdan oila, maktab, jamoatchilik va mehnat jamoalarining bahamjihat kuch-g‘ayrat sarflashlariga va o‘quvchilarga nisbatan qo‘yiladigan talablari bir xil bo‘lishiga bog‘liq. Bugun maktab partalarida o‘tirgan yoshlar shu asr oxiri va kelgusi asr boshlaridagi ulug‘vor vazifalarni hal etadilar. Bas, shunday ekan, yoshlarda shaxsiy va ijtimoiy turmush masalalarini, shuningdek, Vatan mudofaasi, xalqaro munosabatlar va tabiat injiqliklari bilan bog‘liq ravishda tug‘iladigan muammolarni to‘g‘ri hal etishga yaroqli bo‘lgan qobiliyatni, jumladan, tejash va tejamli bo‘lish qobiliyatini hozirdan boshlab astoydil shakllantirish va o‘stirish g‘oyat katta ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston davlatining moddiy va ma‘naviy o‘sish borasidagi iqtisodiy qonuniyati bilan o‘quvchilar tabiiy fanlar mazmunida tanishadilar. Jamiyatshunoslik darslarida Bolalar xalq farovonligini yuqori darajaga ko‘tarish uchun qanday iqtisodiy vazifalar bajarilishi lozimligini o‘rganadilar. Kimyo, biologiya darslarida o‘qituvchilar yoshlarga mineral o‘g‘itning iqtisodiy ahamiyatini yaqqol misollar bilan ko‘rsatishadi. Yangi texnologiya nima va u sanoatga qanday joriy qilinadi? Fan kashfiyotlari qay darajada iqtisodiy foyda keltirishi mumkin? Shunday savollarga Bolalar o‘qituvchilar ordamida dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarda javob topadilar.
Iqtisodiy tarbiyaning qator vazifalari mehnat darslarida amalga oshiriladi. Bu darslar nechog‘lik qiziqarli va foydali tashkil etilsa, o‘quvchilar shunchalik iqtisodiy bilim va malaka oladilar. Avvalo, bu darslarning mazmuni to‘g‘ri belgilanib olinishi zarur. Yana bir muhim qoidani nazarda tutish kerak. Hozirda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘qish, tabiatshunoslik, mamavzutika va mehnat darslari orqali iqtisodiyotga oid boshlang‘ich tushunchalar o‘rgatiladi.. Bunda o‘quvchilar atrof olam, mehnat, insonlar va ularning hayoti, bozor, narxlar haqidagi dastlbki tushunchalarni o‘rganadilar. Shuningdek mamavzutika darslarida boshlang‘ich mamavzutik tushunchalarni o‘rgatish orqali o‘quvchilarda mamavzutik tafakkur shakllantiriladi, bu esa o‘quvchilarni bozor munosabatlariga tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Mehnat darslari Bolalar uchun iqtisodiy bilimlar bilan tevarak-atrofdagi hayotni o‘ziga xos tarzda bog‘lovchi omil bo‘lishi lozim. Masalan, o‘quvchilar boshlang‘ich sinf mehnat darslarida turli buyumlarni hisobli o‘lchamlar yordamida qog‘ozdan, kartondan, loy va plastilindan tayyorlaydilar. Bu buyumlar albatta insonlar hayotida nima uchun kerakligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Shuningdek har qanday chiqindi materiallarning ham ahamiyati tushuntirilib, ular yordamida yordamida kerakli buyumlarni tayyorlaydilar buyumlar yasaydilar. Bu mashg‘ulotlarda o‘quvchilar tejamkorlikka, tadbirkorlik va ishbilarmonlikka o‘rgatiladi. Yuqori sinqlarda o‘quvchilar “Ishlab chiqarish texnologiyasini o‘stirish”, “Mahsulot tannarxi”, “Tovarlarni chet ellar bilan turli yo‘llar orqali ayriboshlash” kabi mavzulardagi mashg‘ulotlar, yuqorida aytilganidek, hayotiy tusda o‘tkazilgandagina o‘quvchi ongida chuqur iz qoldiradi. O‘quvchilarga iqtisodiy tarbiya berish maqsadida biz keng va to‘g‘ri yo‘naltirilgan vazifalarni oldimizga qo‘yishimiz zarur: Iqtisodiy geografiya darslarida iqtisodiy tarbiyaga oid mavzularni chuqurroq tushuntirish. Hozirgi kunda o‘quvchilar nutqidan o‘rin olayotgan atamalarni kasblarga bog‘lab o‘rgatish. Ikkinchi yo‘nalish o‘quvchilarning darslikdagi iqtisodiy tarbiyaga qaratilgan topshiriqlar va vazifalarni bajarishlaridir.Bunda darslikdagi har bir bobni mavzularga bo‘lingandan so‘ng tahlil qilish va iqtisodiy tarbiyani o‘stirish uchun savol va topshiriqlar beriladi. Masalan: “O‘zbekistoning tashqi iqtisodiy aloqalari” va “O‘zbekiston iqtisodiy rayonlarining o‘zaro iqtisodiy aloqalari” degan mavzularni ko‘rib o‘taylik. “O‘zbekistoning tashqi iqtisodiy aloqalari” mavzuidan so‘ng hozirgi iqtisodiy tushunchalar va muammolar bilan uyg‘un bo‘lgan quyidagi savol va topshiriqlar beriladi. Tashqi iqtisodiy aloqa nima? Eksport va import nima? Valyuta, jahon bozori nima? O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan xom ashyo orqali, qaysi davlat bilan tayyor mahsulotlaar orqali aloqa qiladi? O‘quvchilarga O‘zbekiston bilan iqtisodiy aloqa o‘rnatgan davlatlar diagrammasini to‘zish va ularni xaritada belgilash topshiriladi. Shu mavzudagi barcha iqtisodiy atamalarni lug‘at daftarchaga ta‘riflab yoziladi. Bundan tashqari, quyidagi atamalar har bir mavzuga bog‘lab o‘rganiladi: bozor iqtisodi, birja, biznes, broker, reklama, marketing, menejer va boshqalar. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda iqtisodiy tarbiya berish bu sohada keng imkoniyatlarga ega. Geografiya fani to‘garaklarida o‘quvchilarga asosan iqtisodiy bilimlar beriladi. O‘lka va o‘lkaning taraqqiyoti, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, mahsulot sifati, tabiatni muhofaza qilishga oid iqtisodiy tushunchalar ular ongida shakllantiriladi. Bu tushuncha va bilimlar orqali respublika, viloyat va tuman xalq xo‘jaligining rivojlanish xususiyatlari chuqurroq o‘rganiladi. Bunday bilimlar o‘quvchilar kelajakda qaysi sohada ishlash yoki qayerda o‘qishi mumkinligini mo‘ljallashiga ham imkon beradi. Iqtisodiy tarbiya uslublari xilma-xildir. Jumladan, suhbat, ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlar, sanoat shoxobchalariga sayohat o‘tkazish, solishtirish, xisob-kitob qilish g‘oyatda ta‘sirchan uslublar hisoblanadi. O‘quvchilarda iqtisod borasida ijodiy fikr yuritishni shakllantirishda darslarda va darsdan tashqari mashg‘ulotlardan unumli foydalanish lozim. O‘quvchilarni qay darajada iqtisodiy tarbiya topganliklari o‘qituvchilar tomonidan kuzatib borilishi kerak.
.Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi uchun hamisha asos bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Mehnat- farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo‘lganligi sababli hamma fuqarolar uchun majburiydir.Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflagan vaqti, aqliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas.Barcha tirik mavjudot nimanidir iste‘mol qilish hisobiga yashaydi, umrini davom ettiradi. Yerda yashovchi mayda qurt-qumursqadan tortib, parrandalargacha, suv ostida yashovchi jonivorlardan tortib, ulkan hayvonlargacha ovqatsiz yashay olmaydi. Xuddi shuningdek odamlar ham uzluksiz ovqatlanadi, hayot kechiradi. Boshqa tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq, odamlar kiyinadi, uy-joy qurishadi, savdo-sotiq qilishadi, kitob o‘qishadi, ijod qilishadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun boylik, ya‘ni tirikchilik manbai bo‘lgan pul kerak. Pul topish uchun, o‘zlariga kerakli narsalarni yaratish uchun odamlar mehnat qilishlari lozim. Mehnat jarayonidagina oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa zarur narsalar yaratiladi. Mehnat inson hayotini sermazmun qiladi va boyitadi. Odamlar mehnat qilish jarayonida sog‘liqlarini mustahkamlaydilar, obro‘ orttiradilar va o‘z kelajaklarini yaratadilar.Mehnat tarbiyasining asosiy vazifalari quyidagilar:
1.Mehnatning xilma-xil turlariga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash. Bu sifatlarni tarbiyalamay turib, mehnat tarbiyasini amalga oshirish mumkin emas.
2.O‘quvchilarda mehnatga ijobiy munsabatni tarbiyalash.
3.O‘quvchilarni mehnatga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish.
4.O‘quvchilarning kasblariga qiziqishini tarbiyalash va kasb tanlashga yordamlashish. Mehnat tarbiyasini mazmunini aniqlashda turli o‘quvchilar uchun differentsial yondashish lozim. Yoshlarga mehnat tarbiyasi berishda oila muhim rol o‘ynaydi. Oila yoshlarni hayotga, mehnatga tayyorlashda jamiyat oldida muhim vazifani bajaradi.
Pedagogika fani, maktab o‘quvchilarini, ota-onalarga Bolalarga mehnat tarbiyasi berishda yordamchi hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi Bolalar hayotida o‘yin faoliyati mehnat tarbiyasida katta rol o‘ynaydi. Bolalarnio‘yinchoqlarni toza tutishlari yig‘ishtirishlari, sozlashlari kabilar ularni mehnatga o‘rgatadi. O‘yinchoqlardan Bolalar asta-sekin uy ishlarini bajarishga o‘tadilar. Avvalo o‘z-o‘zlariga xizmat qiladilar kiyimlari, oyoq kiyimlari, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilishlari kabilar. Keyin ro‘zg‘or yumushlarini bajaradilar: uyni yig‘ishtirish, o‘simliklar va hayvonlarga qarash, idish tovoqlarni yuvish, ota-onalariga yordamlashish. O‘z-o‘ziga xizmat va mayishiy mehnat Bolalarda ozodalik, buyumlarni saqlash, yordamlashishga intilish bajargan ishidan qanoatlanish kabilarni tarbiyalaydi.
2.Sharq xalqlari madaniy merosida mehnat tarbiyasi masalalari.
Ota-boBolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug‘lab kelishgan, o‘zlari sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo‘lib qolgan barcha xazinalar-ilmiy-badiiy kitoblar, turli xildagi san‘at asarlari, me‘morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mahsulidir. Jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil Buhoriy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishgan va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo‘lishga chaqirishgan. Shu boisdan jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo‘lgani kabi o‘zbek maqollarida ham mehnat va mehnatsevarlik g‘oyasi markaziy o‘rinlardan birini egallaydi. “Suvsiz hayot bo‘lmas, mehnatsiz rohat”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan”, “Oltin o‘tda chiniqar, odam-mehnatda”, “Mehnat bilan qarisang, rahmat bilan yasharsan”, “Uzoq umr siri mehnatda” kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Mehnat hayot chirog‘i yog‘ quyib turadi. Mehnat bilan charxlanib turmagan kuch susayadi. Ishlamaslik har doim lanjlikni keltirib chiqaradi, lanjlikdan keyin esa nogironlik keladi. Mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy omili hisoblanadi. Shuning uchun Bolalarni juda kichik yoshidan boshlab mehnatga o‘rgatish zarur.
Mehnat tarbiyasi masalalari Markaziy Osiyolik mutafakkir olimlar va shoirlarning bizga meros bo‘lib qolgan ma‘rifiy asarlarida katta o‘rin olgan.
Masalan, buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy mehnatsevarlikni chinakam insonning eng asosiy xususiyati deb bilgan. Mehnat kishini bezashini, uni har tomonlama kamol toptirishini yuksak ko‘tarinki ruh bilan madh etgan. Yoshlarni sidqidildan mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirgan. Sharq madaniyatining buyuk namoyandasi Mirzo Ulug‘bek ham yosh avlodga tabiat va uni muhofaza qilish, tabiat yaratgan ne‘matlarni tejab-tergab tasarruf qilish to‘g‘risidagi bilimlar berish kerakligini ta‘kidlagan. Yoshlar bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirishlari, o‘z fikr-mulohazalarining to‘g‘riligiga bevosita kuzatish orqali ishonch hosil qilishlari muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tgan. Umuman, ma‘rifatparvarlar yoshlarning mehnat ta‘limi va tarbiyasi masalalariga alohida e‘tibor berib, turli asarlarida yoshlardagi qiziquvchanlik, tejamkorlik, do‘stlik va odamiylik kabi olijanob fazilatlar mehnat orqali vujudga kelishni g‘oyat ta‘sirchan shakllarda ifodalaganlar. Ular yoshlarni kasb-hunar o‘rganishga, har kim o‘zi qiziqqan va o‘ziga munosib faoliyat bilan shug‘ullanishga da‘vat etganlar. Mehnatkash odam hech vaqt birovga qaram bo‘lib qolmaydi, degan fikrni ilgari surganlar.
Yoshlar mehnatsevar bo‘lib tarbiyalanishi bilan bir vaqtda inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni qadrlashga va uni uvol qilmaslikka chaqirilgan. Uvolning oqibati gunoh bo‘lishi ajoyib o‘gitlarda xalq og‘zaki ijodida ham keng o‘rin olgan. Mehnat faqat hayotiy zaruriyat va moddiy farovonlik manbai bo‘lib olmay, yoshlarda yaxshi xulq va ma‘naviy sifatlarni vujudga keltiradi; loqaydlik va beparvlik kabi illatlarni bartaraf etib, kishida quvonch va mamnunlik hislarini paydo qiladi. Odam dunyodagi hamma yaxshm narsalarga ega bo‘lsa-yu, lekin o‘zi mehnat qilmasa, u baxtli bo‘la olmasligi badiiy asarlarda ko‘ylangan; ezgu maqsadlarga erishishning eng muhim omili bo‘lgan mehnat tufayli mamlakatning gullab yashnashi mumkinligi qayd etilgan. Xullas mehnat tarbiyasi masalasi ma‘rifatparvarlar ijodida hamisha faxrli o‘rin tutgan. Ular yoshlarni jamiyat manfaati uchun ishlarga chaqirish bilan birga ustozlar va ota-onalarning mehnat tarbiyasi sohasidagi vazifalari nimalardan iborat ekanligini ko‘rsatganlar.
O‘zbek ma‘rifatparvarlarining taniqli namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy yoshlarning birpor kasb bilan mashg‘ul bo‘lishini birinchi galdagi muhim ish deb hisoblagan. U “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida dangalik va yalqovlikni qoralab, harakatchanlikni olqishlab shunday yozgan: “Sihatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatimiz, butun hayotimiz harakatmizga bog‘liqdir. Harakatsiz kishilar har narsadan mahrum, doim boshqalarning yordamiga muhtoj bo‘lib xorlikda qolurlar. Shuning uchun Bolalarni hunar o‘rganishga chaqirib, qishilarni biror kasb bilan shug‘ullanishga undab, “yoshlar”... bu ko‘mirchilar, bu temirchilik menga munosib ish emas, deb dangasalik qilib ishsiz yursa, zo‘r ayb” hisoblanishini uqtirgan. Yoshlikdanoq biror hunar yo kasb etagini mahkam tutgan yigit-qizlar hayotdan o‘z o‘rinlarini topadilar, qoqilmaydilar.
Ota-boBolardan qolgan hikmatda “Bir yigitga qirq hunar oz” deyiladi. O‘sha hunarlardan ayrimlarini sanab o‘tamiz: duradgor, naqqosh, kulol, zargar, etikdo‘z, novvoy. Inson o‘zining Bolalik davridan boshlab mehnat qilishga o‘rganib, o‘ziga yoqqan biror kasbni egallab borishi va kelajakda mehnatsevar inson bo‘lib yetishmoq uchun harakat qilishi kerak. El-yurt orasida o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, qo‘lida guldek hunari bo‘lgan kishilarni odamlar ezozlab hurmat qiladilar. Ishning og‘ir-engili bo‘ladi-yu, ammo yaxshi-yomoni bo‘lmaydi. Bazilar qora mehnat deb jirkangan ishga siz sidqidillik bilan qo‘l ursangiz, u ish sizni o‘ziga shu qadar tortadiki, hayotingizni o‘sha ishsiz tasavvur etolmay qolasiz. Mehr va ishtiyoq bilan bajarilgan har qanday “qora”ish ham toza, ko‘ngilli, jozibador bo‘lib tuyuladi. Ko‘rganlar: “Qo‘li gul ekan, otasiga rahmat!” deb ketadi. Yaxshi inson haqida xayol qilganingizda,mehnat hayotining eng zarur ehtiyojiga aylangan kishi ko‘z oldimizga keladi. Har kuni, har daqiqa mehnat burchini kamtarlik bilan, kerilmasdan, vaqtini bekor o‘tkazmasdan bajarib kelgan odam chinakam yaxshi insondir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mehnat tarbiyasining mazmuni va tizimi. O‘quvchilarnig mehnat tarbiyasi dastlab oilada, maktabda o‘quv-tarbiya ishining butun tizimida, O‘quvchi ommaviy tashkilotlari faoliyatida, ishlab chiqarish jamoalari mehnatida ishtirok etishlari orqali amalga oshiriladi. Bolalar yoshlik chog‘idan boshlaboq tevarak atrofdagi kishilarning turli-tuman ishlariga qiziqadilar, kattalarga dastyorchilik qiladilar. Bu ishni har tomonlama rag‘batlantirib, qo‘llab-quvvatlab turish foydalidir. Maktabda mehnat tarbiyasining yaxshi borishi aktabgacha tarbiya yoshidan boshlab kichkintoylarga mehnat tarbiyasi berib borishga bog‘liqdir. Bolalar qo‘llaridan kelganicha oiladagi ro‘zg‘or yumushlarida ota-onalariga yordam berib, dastyorchilik qiladilar. Chunonchi hovli-joylarni supurib, saranjom-sarishta qilish, tomorqadagi ekin-tikin, mol-hollarga qarash, mehmon kutish, bozor-o‘chor qilish, o‘zidan kichik ukalariga qarash kabi ishlarga ko‘maklashadilar. Bolalarga kattalarning mehnati, kasb-hunarlari to‘g‘risida so‘zlab berish, ularning mehnatini xurmat qilish lozimligini tushuntirib borish ham zarur. Mehnat asosan ikki turli bo‘ladi: aqliy mehnat va jismoniy mehnat. Insoniyat qo‘l va boshqa a‘zolari yordamida jismoniy kuch sarflab, amalga oshiradigan ishlar jismoniy mehnatni tashkil qiladi. Jismoniy mehnatni aqliy mehnatdan ajralgan holda tushinish mumkin emas. Jismoniy mehnat aql yordamidagina mazmunli, yaxshi sifatli va mahsuldor bo‘ladi: aqlli odam ketmon chopsa ham, traktor haydasa yoki, zavod-fabrikada biror jismoniy vazifani amalga oshirsa ham uning ishi yaxshi natija beradi.
Aql aralashmagan ishning mahsuli bo‘lmaydi. Aqliy mehnat egalari-o‘qituvchilar, shifokorlar, olimlar, shoir-yozuv-chilar, noshirlar va boshqalar bo‘lib, ular manaviyat egalaridir. Agar jismoniy mehnat egalari jamiyatni iqtisodiy tomondan tamin etishsa, aqliy mehnat egalari insoniyatning manaviy yuksalishga xizmat qiladilar. O‘quvchi aqliy mehnat egasi bo‘lib, u hamisha o‘qiydi, yozadi va o‘z ma‘naviy olamini boyitish yo‘lida mehnat qiladi.
Oilada, jamoat orasida jismoniy mehnat bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi, maktabda esa o‘z sog‘lig‘ini mustahkamlash uchun badantarbiya darslariga qatnashadi. O‘quvchining o‘z odobini namoyish qiladigan yana bir imkoniyati borki, bu uning jamoa mehnatida faol ishtirok etishidir. Jamoatchilik asosida bajariladigan ishlar ko‘cha-kuyda ham, maktabda yoki sinfda ham tez-tez uchrab turadi. Sinfning tozaligi uchun kurashda qatnashish, maktab tajriba uchastkasida olib boriladigan mehnat jarayonida ishtirok etish har bir o‘quvchining sharafli burchidir.
4.O‘quvchilar mehnat tarbiyasining shakllari va metodi. Oilada mehnat tarbisi Ota-onalar Bolalarining kelajagini o‘ylab, ularning ilk yoshlaridan mehnatga o‘rgatib boradilar. To‘g‘ri tarbiyaning eng ta‘sirli, eng samarali usuli ham mehnatdir. Bolani yoshligidan ishga o‘rgatish, mehnatga ko‘niktirish ota-onaning burchidir. Ma‘lumki, har bir oilaning o‘z xo‘jaligi bo‘ladi va u o‘z xo‘jaligini sof, halol mehnati bilan quradi; Oilada Bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalashga qanchalik ko‘p e‘tibor berilsa, ular xalqqa ham, ota-onalariga ham, o‘zlariga ham shuncha ko‘p foyda yetkazadilar. Ota-onalarning O‘quvchi barcha ehtiyojlarini so‘zsiz qondirishga intilishlari tarbiyadagi katta xatodir. Ota-onalar o‘z farzandlarini mehnatsevar va tejamkor qilib tarbiyalash uchun quyidagilarga amal qilishlari kerak.
1.Bola o‘z ota-onasining qaerda ishlashini va nima ishlab chiqarishini, bu ishlab chiqarishning butun jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak. Umuman,Bola ota-onasi ishlab, topib keltiradigan daromadning katta va foydali ijtimoiy mehnat evaziga olinadigan ish haqi ekanini mumkin qadar ertaroq yaxshi tushunishi lozim. 2.Bolani oila byudjeti bilan mumkin qadar ertaroq tanishtirish lozim. Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo‘lsa, Bolaning o‘z tengdoshlari oldida bunday yaxshi sharoit bilan g‘ururlanish va maqtanishga odatlantirmaslmik kerak. Ota-ona O‘quvchi halol, rostgo‘y va sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib borishlari kerak. Ular hech narsani Boladan atayin yashirmasliklari va shu bilan birga uning ko‘z o‘ngida yotgan bo‘lsa ham, so‘roqsiz olmaslikka o‘rgatishlari kerak. Oilada tejamkorlik va ehtiyotkorlik tarbiyasini to‘g‘ri tashkil etib, eskirib qolgan narsalarni yaxshilab, ta‘mir qilib, yangisini sotib olish vaqtini cho‘zish va shu yo‘l bilan ota-onalar yoki oilaning boshqa a‘zolari topgan pulning ma‘lum qismini tejab qolish mumkin bo‘ladi. Bola faqat o‘z buyumlarini emas, boshqalarning buyumlarini ham ehtiyot qilishga o‘rganishi lozim. Tejab-tergab ish ko‘rish odatlarini Bolalarda mumkig qadar ertaroq tarbiyalamoq kerak. Pulni tejab-tergab sarflashga o‘rgatish muhim. Oilada ota-onalar o‘z farzandlarining mehnatsevar, tejamkor va ehtiyotkor kishilar bo‘lib yetishishlarida o‘zlari namuna bo‘lishlari kerak. Oilada mehnat tarbiyasini amalga oshirish uchun quyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim.
1.Bolalar mehnati kuchiga yarasha tashkil qilinishi va o‘yin elementlarini o‘z ichiga olish lozim.
2.Mehnat sismavzuli harakterda bo‘lishi va Bolalar doimiy mehnat bilan shug‘ullanishi lozim.
3.O‘quvchi mehnati doim rag‘batlantirilishi va ularda emotsional qoniqish hissini vujudga keltirishi lozim.
4.Tarbiya ota-onalar namunasi va birgalikdagi mehnat muhim ahamiyatga ega.
5.Bolalarni doimiy mehnatning oddiy formalaridan murakkab formalarga, qiziqarli sohalaridan kam qiziqarli lekin zarur sohalariga jalb qilish lozim.
6.Kattalar Bolalar mehnatiga ta‘lim elementlarini kiritishlari lozim.
7.Bolalarni mehnat bilan jazolash yoki pul bilan mukofotlash mutlaqo mumkin emas. Talim jarayonida mehnat tarbiyasi Bolarga mehnatga bo‘lgan qiziqish va ehtiyoj ancha barvaqt paydo bo‘lgan, maktabga kelgan o‘g‘il va qizlarga esa muayyan mehnat ko‘nikmalari tarkib topgan bo‘ladi. Bu ko‘nikmalar maktabdagi talim va tarbiya tasirida yanada mustahkamlanadi. O‘quvchilarda mehnat madaniyati, tayyorlanadigan mahsulot sifati uchun mas‘uliyat hissi, vaqtdan samarali foydalanish, asboblarni ehtiyotkorlik bilan ishlatish va materiallarni tejamli sarflash malakalari hosil bo‘la boshlaydi. Mana shular boshlang‘ich maktab o‘qituvchisidan alohida e‘tiborni, mehnat tarbiyasining xildma-xil omillaridan samarali foydalanishni taqozo etadi. Dars o‘quvchilar mehnatining asosiy turlaridan biridir. Bu mehnat turi o‘quvchidan qat‘iyatni, qunt va aqliy zo‘r berishni talab qiladi. Dars jarayonida o‘qituvchi o‘quvchining fikrlash qobiliyatini o‘stirib boradi. Ba‘zi o‘quvchilarga aqliy mehnat qilish mehnatning boshqa turlariga nisbatan og‘irdek tuyuladi. Ular darsda darrov zerikadilar, materiallarni o‘zlashtirishda sustkashlik qiladilar.
O‘qituvchi o‘quvchilarda paydo bo‘lgan ana shu holatni darrov payqab olishi, dars qiziqarli mazmunda, shaklda, usulda olib borishi, bor bilimi, mahoratini ishga solishi zarur. Boshlang‘ich maktabdagi mehnat mashg‘ulotlari o‘quvchilarning har tomonlama uyg‘un rivojlanishiga xizmat qilib, u o‘quvchilarda ijodiy qobiliyatni, badiiy didni o‘stirishda va ularni axloqiy jihatdan tarbiyalashda alohida o‘rin egallaydi. Mehnat ta‘limi darslarini tashkil etishda Bolalar yashayotgan muhitni, u yerdagi mavjud ishlab chiqarish va hunarmadchilikni hisobga olish zarur.
Boshlang‘ich sinflarda quyidagi mavzularda mashg‘ulotlar olib borish mumkin: “Pazandachilik sirlari”, “Taom tayyorlashda masalliqlarga ishlov berish, saralash, yuvish, archish, to‘g‘rash va qirqish”, “Sabzavotlardan tayyorlangan salatlar”, “Dasturxon to‘zatish”, “Uyni va sinf xonasini saranjom-sarishta tutish”, “Mehmon kutish”. Bu mavzularni yoritishda O‘quvchi jipsiga qarab topshiriqlar berish lozim. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi. Mehnat tarbiyasida O‘quvchi qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega.
Darsda va darsdan tashqari mashg‘ulotldarda, madaniy hordiq chiqarish paytlarida o‘qimishli kishilar va ularning jamiyatdagi o‘rnilari haqida suhbatlar o‘tkazish, hikmatli so‘zlar va she‘rlar o‘qib berish, yod oddirish va mazmunini tushuntirish o‘rinlidir. O‘qituvchi birinchi sinf o‘quvchilarini dastlabki kundan boshlaboq o‘z ustida ishlashga, o‘z-o‘zini tarbiyalalash malakalarini egallashga o‘rgatadi. Ko‘rib turibmizki, o‘qituvchi Bolalar bilan ishlashda tarbiyaing xilma-xil usul va vositalarini qo‘llaydi, bunda O‘quvchi o‘ziga xos hususiyatlarini ko‘zlab biron-bir qaror o‘quvchi qilishni talab etadigan tarbiyaviy vaziyatni hisobga oladi. Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin: Ijtimoiy axloqni tarkib toptirish va o‘quvchilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish usullari: o‘rgatish, ibrat-namuna, ishontirish, o‘yin, musobaqalar.
Adabiyotlar ro'yxati.
I. А. Kаrimоv. Yuksаk mа`nаviyat еngilmаs kuch. T. Shаrq 2008.
2. I. А. Kаrimоv. Bаrkаmоl аvlоd O’zbеkistоn tаrаqqiyotining pоydеvоri. T. 1997.
3. Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi T. 1997.
4. Оchilоv M. Оliy mаktаb pеdаgоgikаsi.T. 2008.
5. Оchilоv. M. Muаllim қаlb mе`mоri. T. 2003.
6. Munаvvаrоv. Pеdаgоgikа. T. O’qituvchi 1996.
Download 27,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
O’zbekiston respublikasi
guruh talabasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
таълим вазирлиги
махсус таълим
haqida tushuncha
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
toshkent davlat
vazirligi muhammad
saqlash vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
coronavirus covid
risida sertifikat
qarshi emlanganlik
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
Ishdan maqsad
fanidan tayyorlagan
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanidan mustaqil
moliya instituti
fanining predmeti
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
ta’limi vazirligi