3. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari.
1948-yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V. Stolperlar Xeksher-Olin kontseptsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo’yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta;minlanganlik darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o’rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P, Samuelson hamda V. Stolperlar tomonidan to’ldirilgan savdo kontseptsiyasiga nafaqat mamlakatlar o’rtasidagi o’zaro foydali savdoni yo’lga qo’yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o’rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi.
Shuningdek M. Pozner, G. Xufbaurer va R. Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan qimmat turadigan mamlakatlarda ilg’or texnologiyaga asoslangan mehnat talab mahsulot ishlab chiqarish baribir daromadli bo’ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattakab sintetik gazlamalarni dastlab faqat ilmiy-texnikaviy salohiyati yuqori bo’lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So’ngra, bu texnologiyaning o’zlshtirilishi va kengayishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo’lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga ham ko’cha boshladi. Buning natijasida G’arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o’zi ega bo’lgan nisbiy ustunlikni qo’llay boshladi.
M. Porterga o’z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarning raqobat ustunligini belgilovchi omillarni 2 guruhga bo’ladi:
1. Asosiy omillar:
- zarur sifatga ega bo’lgan va yetarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarining mavjud bo’lishi;
- mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo’lgan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
- mamlakatda ushbu tarmoqqa yo’ldosh va uni ta’minlab turuvchi, jahon bozorida raqobatbardosh bo’lgan tarmoqlarning mavjudligi;
- firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozozrdagi raqibat xarakteri.
2. Qo’shimcha omillar:
- tasodifiy hodisalar;
- tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo’llab quvvatlash bo’yicha hukumat faoliyati.
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlaridagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi.
Xeksher-Olinning neoklassik kontseptsiyasi “Nisbiy ustunlik” nazariyasini omillar bilan ta’minlanganlik nuqtai nazaridan izohlab berdi.
Erkin savdo yo’lidagi to’siqlarni bartaraf qilish resurslarni samarali taqsimlanishiga yo’l ochib, pirovardida barcha mamlakatlar uchun iqtisodiy yutuq olib kelishi savdo nazariyalarida isbotlab berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |