O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVIS INSTITUTI
"Iqtisod nazariyasi" kafedrasi
Makroiqtisodiyot fanidan
Mavzu: Xalqaro savdo nazariyasi
KURS ISHI
Samarqand – 2020
Xalqaro savdo nazariyasi
Kirish.
Asosiy qism:
1. Xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha nazariyalar.
2. Xalqaro savdoning mazmuni, tuzilishi va xususiyatlari.
3. Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari.
4. Xalqaro valyuta - kredit munosabatlari va valyuta tizimlari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida respublikamizda katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Shunga ko’ra zamonaviy mamlakatlar xalqaro iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va chuqurlashtirishga katta e’tibor bermoqdalar. Ayniqsa, bu mustaqil rivojlanish yo’liga o’tgan respublikamiz uchun muhim ahamiyatga ega. Respublikamizda milliy manfaatlar va maqsadlarni hisobga oluvchi tashqi iqtisodiy siyosiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ulardan asosiysi tovar va xizmatlar xalqaro savdosi, xalqaro kredit va moliya, valyuta operatsiyalari bo’yicha xodimlar tayyorlash jadal ravishda bormoqda. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach suveren davlat sifatida o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini yo’lga qo’ya boshladi. 1991 yilgacha O’zbekiston tashqi dunyo bilan mustaqil shartnoma tuzish va amalga oshirish imkoniyatiga ega emas edi. 1991 yil 14 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida»gi qonun O’zbekistonning chet el davlatlari, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy hamkorligining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Xalqaro kredit - bu bir davlat, shu davlat banki, huquqiy shaxsi tomonidan
ikkinchi bir davlatga, uning banklariga, boshqa huquqiy shaxslariga muddatlilik va
to’lovlilik asosida beriladigan kredit hisoblanadi. Bu kredit shakli kredit munosabatlarining xalqaro miqyosda (davlatlar o’rtasida) amalga oshirilishi jarayonida yuzaga keladi. Bu mavjud xalqaro kreditning ahamiyati, uning funksiyasi va iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi roli haqida bayon etilgan.
Har qanday xalqaro bitim o’zaro hisob-kitoblar bilan kuzatilishi sababli birinchi navbatda uni qaysi pul birligida amalga oshirish masalasi turadi. Shuning uchun bitim ishtirokchisi jahon bozorida biror-bir tovar yoki xizmatni sotar yoki sotib olar ekan, o’zining milliy valyutasi boshqa mamlakatlarning pul birliklari bilan qanday nisbatda ekanligini, ularda qaysi biri barqarorroq va jahon bozorida qay darajada talabga ega ekanligini bilishi kerak. Bu unga xorijda tashqi iqtisodiy operatsiyalar olib borishga zarur bo’lgan valyuta zaxirasini o’zida yaratish imkonini beradi
Hozirgi zamon iqtisodiyotining ochiqlik darajasi ya’ni mamlakatlarning ixtisoslashuvi va ular o’rtasida kooperatsiya chuqurlashib bormoqda. Mamlakatlar o’z iqtisodiyotini rivojlantirish, iqtisodiy muammolarni hal qilish borasida tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda bu holatlarni e’tiborga olishi shart.
Jahon savdosi tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy shaklidir. Uning kengayishi va chuqurlashuvi natijasida kapitalni chetga chiqarish imkoniyatlari yuzaga keldi va unga bog’liq ravishda xalqaro moliya-valyuta, kredit munosabatlari rivojlandi.
Tashqi savdoning vujudga kelishi ikki muhim ob’yektiv sabab bilan izohlanadi.
Birinchidan, bu tabiiy va xomashyo resurslarining mamlakatlar o’rtasida notekis taqsimlangani. Eng katta hududga ega bo’lgan yoki rivojlangan davlatlar ham barcha resurslar bilan o’zini to’liq ta’minlay olmaydi. Ular o’zlarida ortiqcha bo’lgan resurslarni eksport qilishga va mamlakatda taqchil bo’lgan resurslarni import qilishga majburlar.
Xalqaro savdo rivojlanishining zarurligini belgilovchi ikkinchi muhim sabab shundaki hamma mamlakatlar ham barcha turdagi mahsulotni bir xil samaradorlik bilan ishlab chiqara olmaydi. Shu sababli resurslardan samarali foydalanish maqsadida mamlakatlar ixtisoslashadilar va o’zaro savdo sotiqni yo’lga qo’yadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |