6.2. Oila sotsiologiyasi. Oilaning vazifalari, tarixiy rivojlanishi, turlari
Oila sotsiologiyasi – umumiy sotsiologiyaning asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib, u oilani nikoh asosida tashkil topgan, jamiyat taraqqiyotida muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida o‘rganadi. Oila sotsiologiyasining alohida vazifalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardir:
– jamiyat taraqqiyoti davomida oilaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda mavjudlik qonuniyatlarini o‘rganish;
– oilaning mohiyati va faoliyati o‘zgarib borishini aniqlash;
– nikoh va oila turlari evolutsiyasini o‘rganish;
– oila tashkil topishi va taraqqiyotida avlodlarning o‘zaro ta’sirini aniqlash;
– oila tarbiyasi;
– oilaning rekreativ faoliyatini va oila huquqining ijtimoiy mohiyatini ochib berish;
– mehnat taqsimotida oilaning o‘rnini o‘rganish.
Oila sotsiologiyasi oilaning jamiyat bilan o‘zaro bog‘liqligiga ham e’tibor qaratadi. Chunki jamiyat tashkil topishida, uning davomiyligini ta’-minlashda oila asosiy ijtimoiy, demografik manba hisoblanadi.
Oilaning asosini erkak bilan ayol o‘rtasidagi nikoh birligi va nasl tash-kil etadi.
Oila taraqqiyoti to‘g‘risida qator nazariyalar mavjud. Quyida biz AQSHlik etnograf L.Morganning oila taraqqiyoti bosqichlari to‘g‘risidagi fikrini keltiramiz:
– Promiskuitet – yovvoyilikning quyi bosqichiga xos bo‘lib, bunda ayrim oilalar bo‘lmagan, oilaviy hayot ijtimoiy hayotga teng bo‘lgan.
– Qon-qarindoshlikka asoslangan oilada nikoh qabila va urug‘ a’zolari orasida bo‘ladi. Bunday oila endogam birlikni tashkil qiladi (guruhiy nikoh).
– Punalual oila va ona avlodi bo‘yicha yaqin qarindoshlar bilan ni-koh man qilinadi.
Monogam oila bir erkak va bir ayol orasida bo‘lib, u otalikni tan olish va oila mulkiga egalik qilishga asoslanadi. Monogam oila eski urug‘chilik tuzumining yemirilib, yangi kishilik hamjamiyatlarining vujudga kelishi bilan bog‘liq.
Oilaning vazifasi uning strukturasi bilan uzviy bog‘langan. Oila funksiyasi sotsiolog M.S.Matskovskiy tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ularga quyidagilar kiritilgan:
reproduktiv (nasl qoldirish) funksiya;
tarbiya funksiyasi;
xo‘jalik-maishiy funksiya;
iqtisodiy funksiya;
birlamchi ijtimoiy nazorat funksiyasi;
ma’naviy munosabat va aloqalar funksiyasi;
ijtimoiy maqomiy funksiya;
hordiq chiqarish funksiyasi;
emotsional funksiya.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oilaning jamiyat ta-raqqiyotidaga, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom avlodni tarbi-yalashdagi katta ahamiyatini hisobga olib, oilaga daxldor boy hamda chuqur mazmunli milliy an’analarni asrash maqsadida 1998-yil 2-fev-ralda «Oila» Respublika ilmiy-amaliy markazini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Markaz O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Toshkent Davlat universiteti va Toshkent Davlat pedagogika univer-sitetining oila muammolarini o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalari negi-zida tuzilgan.
«Oila» markazining faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlar bilan bel-gilangan:
– boy milliy an’analarni, milliy qadriyatlar asoslarini, ajdodlari-mizning oila va jamiyat, oila va mahalla bilan bog‘liq merosini o‘rga-nish hamda tarqatish;
– umuminsoniy qadriyatlarning milliy oilaviy tarbiyadagi rolini oshirish va ularning oilada uyg‘unlashuvini ta’minlash;
– oilaning pedagogik, psixologik, ijtimoiy-psixologik, etnopeda-gogik, etnopsixologik muammolarini o‘rganish, shuningdek, ularni ri-vojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tayyorlash;
– oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini, uning demografik xususi-yatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish;
– oila, ayollar va bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini aks ettiruv-chi statistika axborotini to‘plash va umumlashtirish;
– oilani rejalashtirishni, uning sog‘lig‘i tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;
– yoshlarni oila hayotiga tayyorlashni yaxshilash uchun nikoh saroy-lari va salomatlik markazlari huzurida maxsus o‘quv-tarbiya kurslari tash-kil etish;
– oilaning huquqiy bilimlarini tubdan oshirish va uni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat olib borish;
– bolaning oiladagi qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qi-lish, ota-onalarning bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularni maktabga tayyorlash mas’uliyatini oshirishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
– ma’naviyat, madaniyat va maorifni yanada rivojlantirish orqali oi-lada uyg‘un kamol topgan avlodni tarbiyalashning samarali, maqbul usullarini ishlab chiqish;
– oila va jamiyat muammolari hamda ularni hal etish bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy-ommabop risolalar yaratish;
– oila va jamiyat muammolari bo‘yicha xalqaro aloqalarni o‘rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |