To‘rtinchi yo‘nalish — bu, rahbarlarni iqtisodiy jihatdan rag‘batlantirish. Ushbu yo‘nalishning mohiyati Boshqaruv kadrlariga shunday iqtisodiy dastaklar, ya’ni yaxshi hayotiy sharoitlar yaratish (uy-joy berish, yuqori maosh tayinlash kabi) natijasida turli xil tanlashlar amalga oshiriladi. Shu yo‘nalishga mos misol qilib, hozirgi paytda odamlarni qishloq xo‘jaligiga kelishi, fermer xo‘jaliklariga mutaxassislarning oqib borishini ko‘rsatish mumkin.
Beshinchi yo‘nalish — bu, boshqaruv amaliyotiga mehnatni ilm asosida tashkil qilishni joriy qilish, fan mutaxassislari, turli tarmoq ilmiy xodimlari, rahbarlarni o‘qitish modeli samarasini aniqlashga jalb qilishdan iboratdir. Masalan, ekspertlarni, boshqaruv xodimlarini malaka tavsifini baholashga jalb qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |