Hujjatning huquqiy kuchi rasmiy hujjat xususiyati hisob lanib, u amaldagi qonunchilik, mazkur hujjatni chiqargan organ vakolati hamda hujjatning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi orqali ta’minlanadi.
Ish yuritishning yana bir muhim tarkibiy qismi hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish, ya’ni hujjat aylanishini, uni saqlash va boshqaruvning joriy faoliyatida hujjatlardan foydalanish tizimini yaratishdir.
Korxona, tashkilot, muassasada hujjat aylanmasi, deb hujjatlar yaratilgandan yoki kelib tushgandan boshlab, bu hujjatlarda ko‘zda tutilgan topshiriqlar ijrosi ta’minlangunga qadar harakat bilan bog‘liq jarayon tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |