«iqtisod-moliya»


Davlat axborot resurslari



Download 3,55 Mb.
bet152/163
Sana29.12.2021
Hajmi3,55 Mb.
#98025
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Davlat axborot resurslari foydalanilishiga qarab:

— bazaviy axborot resurslariga;

— maxsus axborot resurslariga bo‘linadi.

Barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan axborot resurslari bazaviy davlat axborot resurslari hisoblanadi.


Bazaviy davlat axborot resurslari tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi davlat axborot resurslari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi jismoniy va yuridik shaxslari bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari bo‘yicha, O‘zbekistonning tabiiy resurslari bo‘yicha, davlat organlarining

236


veb-saytlari bo‘yicha, umumiy foydalanadigan boshqa axborot resurslari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi kiradi.
Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarning tor kasbiy, o‘ziga xos vazifalarini hal etishga mo‘ljallangan, foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslari maxsus davlat axborot resurslari hisoblanadi.

Maxsus davlat axborot resurslari tarkibiga:

— idoralar, hududiy boshqaruv va hokimiyat organlarining;

— davlat budjeti mablag‘lari hisobiga tashkil etilgan yuridik

va jismoniy shaxslarning;
— yuridik va jismoniy shaxslarning davlat sirlari va maxfiy axborotga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan axborot resurslari kiradi.
Davlat axborot resurslarini shakllantirishda:

— taqdim etiladigan axborotning ishonchliligi va to‘liqligi;

— jismoniy va yuridik shaxslarning axborotdan foydalanish erkinligiga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish;

— axborot xavfsizligi;

— axborotning davlat organlari tomonidan foydalanish uchun shart-sharoitlari;

— davlat axborot resurslarining axborot-texnologik mosligi;

— davlat axborot resurslarini arxivlashtirish tizimi ta’minlanadi.
Personal boshqarilishini axborotlashtirishga tizimli yondashuv talab etiladi. Bunday yondashuv quyidagi bosqichlardan iboratdir:
— personalni boshqarish jarayonlarini axborotlashtirishni loyihalashdan avval tadqiq etish;

— personalni boshqarishni avtomatlashtirish va kompyu­ terlash tizimini loyihalash;

— tizim yaratilishini tegishli texnik vositalar bilan ta’min­ lash;
— tizimni sinab ko‘rish, tegishli o‘zgartirishlar kiritish, per­sonalni boshqarishni ta’minlash, avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish

237


— personalni boshqarish xizmati xodimlarini avtomatlash­ tirilgan tizimda ishlashga o‘rgatish, ularni tegishli yo‘riqnomalar va uslubiy materiallar bilan ta’minlash.
Ana shu bosqichlarning dastlabkisi — loyihalashdan avval tadqiqotlar o‘tkazishda quyidagi masalalarni chuqur tahlil etib chiqish talab etiladi:

— personalni boshqarish xizmati funksiyali tarkibi va uning axborot faoliyati;


— mavjud axborot resurslari ;

— axborot ehtiyojiga ega axborot oqimlari;

— axborot oqimlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari va uning maqsadga muvofiqligi.



4.1-chizma. Personalni boshqarish va buxgalteriya hisobini kompleks axborotlashtirish tizimi

238


Personal boshqarilishini avtomatlashtirish vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan kompleks avtomatlashtirish va kompyuterlash tizimi quyidagicha (4.1-chizma) bo‘lishi mumkin. Mazkur tizimga ko‘ra, avtomatlashtirilgan ish joylari shaxsiy kompyuterlardan foydalanilgan holda tashkil etiladi.
Bugungi kun amaliyotida personalni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimi odatda 3 ta: «Shtatlar jadvali», «Xodimlarni hisobga olish», «Ish haqini hisoblab chiqish» modullaridan iboratdir. So‘nggi vaqtda esa, ular nomzodlarni tanlash va xodimlarni attestatsiya qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilish, personal boshqarilishini axborot-tahliliy qo‘llab-quvvatlash tizimlari bilan to‘ldirilmoqda.
Mazkur tizimlardan foydalanilgan holda quyidagi natijalarga erishish mumkin.
— buyruqlar hamda personalga oid hujjatlar aylanmasini qo‘llab-quvvatlash asosida oqilona kadrlar siyosatini o‘tkazish;
— har qanday korxona va tashkilot tarkibini modellashtirish, shu jumladan, balans birliklarini ajratib hisoblash;
— xodimlarni tezkor hisobga olish, barcha funksiyalari ijrosini ta’minlash;
— kadrlar resurslarini rejalashtirish va belgilangan rejalarni (kadrlar zaxirasi bilan ishlashdan tortib, personal malakasini oshirishgacha) izchil amalga oshirish;
— ish haqini hisoblab chiqish bo‘yicha barcha operatsiyalarni bajarish;
— barcha standart hisobot formalarini to‘ldirish hamda har qanday boshqa hisobotlarni tayyorlash;
— korxona va tashkilotdagi boshqa dasturiy tizimlar bilan integratsiyalash imkoniyati;
— yuqori tashkilotlar davlat organlari uchun hisobotlarni shakllantirish.

Mazkur tizimning funksional chizmasi quyidagicha ko‘ri­ nishda (4.2-chizma) bo‘lishi mumkin.


239





4.2-chizma. Personal boshqarilishini ta’minlash uchun kompleks axborot tizimi modullari funksional chizmasi
«Shtatlar jadvali» moduli korxona yoki tashkilot tarkibini aks ettirish va ularning shtatlar jadvalini yuritishni ta’minlaydi. Korxona (tashkilot) tarkibi hamda uning shtatlar jadvalidagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar)ni tayyorlash va hisobga olish shtatlar jadvalini yuri­ tishning muhim va zarur elementi hisoblanadi. Ma’lumki, korxona (tashkilot) bo‘lim xizmatlaridan tarkib topadi. Shuning uchun har bir bo‘lim va xizmat shtat birliklari, ularning tasnifi modullashtiriladi. Bu shtatlar jadvali va birliklarini hisobga olib borish, mazkur masala yuzasidan hisobotlar tayyorlash imkonini yaratadi.
Modulning ba’zi funksional imkoniyatlari quyidagilardan iboratdir:
— har qanday murakkablikka ega korxona (tashkilot) korporativ tarkibini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
— korxona (tashkilot) bo‘limlari bo‘ysunish ko‘rinishlarini shakllantirish. Tayyorlangan hujjatlar (buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar) asosida bo‘linmalar bo‘ysunishlari shakllarini o‘zgar-tirish, ya’ni bo‘ysunish shakllarini ishlab chiqish, ularni takomillashtirib borish;

240


— korxona (tashkilot) tarkibiy bo‘limlari shtatlar jadvalini shakllantirish. Amaldagi va rejalashtirilayotgan shtatlar jadvalini yuritish;
— tayyorlangan buyruqlar asosida shtat birliklarini, ish haqi miqdorlarini qayta guruhlashtirish, o‘zgartirish, takomillashtirish;
— ham tarkibiy bo‘linmalar va xizmatlar, ham umuman korxona (tashkilot) bo‘yicha shtatlar jadvali, personalni amalda joy-joyiga qo‘yilishi bo‘yicha asosiy hisobot shakllarini tayyorlash;
— ish haqi, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar, mehnatga ishbay va vaqtbay haq to‘lash, tarif setkalari, razryadlari, koeffitsiyentlari bo‘yicha tegishli hisob-kitob ishlarini amalga oshirish, mehnatga haq to‘lashga doir buyruqlarni tayyorlash.

Download 3,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish