3.3-jadval
|
Xalal berish omillari
|
|
|
|
|
· Xalal berish
|
· Ish vaqtining bekor
|
· Barham berish choralari:
|
turlari:
|
sarflanishi ehtimol tutilgan
|
|
|
|
sabablar:
|
|
|
· rejalashtirishning
|
· qo‘yilgan maqsadga
|
· ish kuni rejasini tuzish;
|
|
yo‘qligi;
|
erishishga emas, balki
|
· ish vaqti kundaligidan
|
|
|
harakatga e’tibor berish;
|
foydalanish.
|
|
|
· ish kuni davomida
|
· ishlarning shoshilinchligiga qarab
|
|
|
ishni bajarish ustuvor
|
emas, balki muhimligiga qarab
|
|
|
yo‘nalishlarining yo‘qligi;
|
bajarish;
|
|
· tanglik sharoitida
|
· ayrim ishni bajarishga
|
· ish vaqti sarflashni real
|
|
boshqarish;
|
ajratilgan vaqtga haqiqiy baho
|
· rejalashtirish;
|
|
|
bermaslik;
|
· mavjud imkoniyatlarga amal
|
|
|
· muammoga qarab yo‘l
|
qilish
|
|
|
tutish;
|
|
|
· odatdagi ishlar
|
· vakolatni birovga yuklay
|
· vakolatlarni birovga yuklash
|
|
va «kundalik
|
bilmaslik;
|
· jarayonidan foydalanish;
|
|
yumushlar».
|
· Rejalashtirishning yo‘qligi;
|
· maqsad qo‘ying va unga
|
|
|
· Ichki intizomning yo‘qligi.
|
erishishga intiling;
|
|
|
|
· boshqa xodimlarga berilgan ishga
|
|
|
|
qo‘shilmang.
|
|
Rahbar uchun o‘z vaqtini boshqarishning samarali tizimini yaratishdagi muhim qadam faoliyat maqsadlarini aniqlashdan iborat. Faoliyat maqsadlari ham qisqa muddatga, ham uzoq muddatga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Maqsadlar asosida boshqarish qo‘shimcha kuch-g‘ayrat sarflash bilan bog‘liq emas, chunki, ular rejalashtirish jarayonlariga asoslanadi, unda belgilangan harakatlar yoki tadbirlarning bajarilish muddatlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Rahbar tomonidan belgilangan maqsadlarning amalga oshirilishi zarur bo‘lgan harakatlarni belgilab qolmasdan, shu bilan birga, ularning ijrosini ham rag‘batlantiradi. Rahbar uchun maqsadni aniqlab olish harakatlantiruvchi kuch sifatida ta’sir
qiladi, maqsadga erishilgandan keyingina bu kuchning quvvati so‘nadi. Rahbar belgilashi lozim bo‘lgan maqsadlar quyidagicha bo‘lishi kerak:
— haqiqiy va aniq bo‘lishi;
— faoliyatni amalga oshirishga emas, balki muayyan natijaga erishishga qaratilgan bo‘lishi;
— vaqt jihatidan aniq muddat bilan o‘lchanadigan va cheklanadigan bo‘lishi.
Maqsadlarni aniqlash — faqat boshlang‘ich bosqichdir. Maqsadni uni amalga oshirish yuzasidan harakat rejasiga aylantirish kerak. Mavjud maqsad va vazifalarning muhimlik darajasini aniqlash hamda ulardan qaysilari hammadan ko‘ra muhimroq, qaysilarini hal etishni esa to‘xtatib turish mumkinligini belgilab olish zarur. Muhimlik darajasini aniqlash vazifasini muvaffaqiyatli hal qilish rahbarning ishi samarali bo‘lishiga kuchli ta’sir qiladi.
Rahbar o‘z maqsadiga erishishining muhim sharti uning o‘z ish vaqtini ana shu maqsadlarga olib keladigan tadbirlarni amalga oshirishga sarflashdan iborat.
Rahbarlar ish vaqtini rejalashtirish
Rahbarlar ish vaqti rejalashtirilishida iloji boricha yaxshiroq natijalarga erishilmog‘i uchun u «rejalashtirish davrlari»: «kun», «hafta», «oy», «yil» degan tushunchalardan foydalanish zarur. Rejalashtirishning har bir davri alohida qarab chiqilishi kerak. Shuning uchun ham, har bir davr uchun alohida rejaga ega bo‘lish ma’qul hisoblanadi.
Rahbar har bir davrning rejasini ishlab chiqishda quyidagi savollarga javob berishi zarur: mazkur davrning asosiy maqsadi nimadan iborat? U o‘z ixtiyorida qancha vaqtga ega? Davrning asosiy vazifalari qanday navbat bilan bajarilishi lozim? Qanday tayyorgarlik tadbirlari bajarilishi zarur?
Rejalashtirish davrlari ichida rahbar uchun eng muhimi ish kuni hisoblanadi. Ish kunini rejalashtirish o‘ziga berilgan vaqt mobaynidagi muayyan harakatlarni belgilab olishni o‘z ichiga oladi va faqat maqsadni, istakni yoki muddaolarni aniqlash bilan chegaralanmaydi. Rejalashtirishning boshqa davrlariga tatbiqan esa bunday bo‘lmaydi. Kunlik rejalashtirish bugungi kun bilan yashash uchun shart-sharoit yaratadi. Kunlik reja shu bugun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha ishlarning jamidan iborat bo‘ladi va rahbarga ish vaqtidan samarali foydalanish uchun imkon yaratadi. Kunlik reja ishning pirovard maqsadlarini ularning ahamiyatiga qarab belgilab beradi. Bunda reja asosan avvalgi ish kuni oxirida yoki rejalashtirilayotgan ish kuni boshida shakllanadi.
Haftalik rejani ishlab chiqishda mazkur haftaning pirovard maqsadlarini aniqlash va ularning ahamiyatiga qarab zarur ishlarni belgilab chiqish tavsiya etiladi. Rejalashtirilayotgan haftaning butun xilma-xil ishlarini shartli ravishda quyidagi uchta guruh bilan taqdim etish mumkin:
— pirovard maqsadga erishish nuqtai nazaridan zarur (muhim va shoshilinch) ishlar;
— muhim ishlar, lekin ular shoshilinch emas, ularni baja rishga shu haftada vaqt qolsa, shunda kirishiladi;
— unchalik murakkab va shoshilinch bo‘lmagan ishlar, agar shu haftada vaqt qolsa, bu ishlar bajariladi.
Haftalik rejalashtirish jarayonida ilgari belgilangan aloqa larni aniqlash va ularni amalga oshirish usullarini tartiblab chiqish tavsiya etiladi.
Ish haftasi tamom bo‘lgandan keyin haftalik vaqtdan foyda lanish rejasiga va erishilgan pirovard natijalarga baho berish zarur bo‘ladi.
Yillik rejalashtirishning muhim bo‘g‘ini faoliyatning zarur yo‘nalishlarini belgilab chiqishdir. Ana shu muhim natijalar asosida rahbar shaxsiy faoliyat rejasini va shu yil uchun mo‘ljal
langan budjetni ishlab chiqishi lozim. So‘ngra, rahbarning ixtiyorida bo‘lgan vaqt kalendar ish rejasida alohidalashtiriladi va u iloji boricha aniq bo‘lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |