Iqtisod kafedrasi


Kichik korxonalarning bozor faoliyatini kengaytirishda konstruktorlik va texnologik yangiliklarni joriy etishning jahon tajribasi



Download 228 Kb.
bet4/9
Sana11.07.2022
Hajmi228 Kb.
#775054
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisod kafedrasi

Kichik korxonalarning bozor faoliyatini kengaytirishda konstruktorlik va texnologik yangiliklarni joriy etishning jahon tajribasi



Kichik biznes, kichik korxonalar, xususiy firmalar kabi tushun-chalar bozor iqtisodiyoti leksikasining ajralmas qismiga aylangan. Bular qanday tushunchalar, ki­chik korxonalarning shakllanish asosi va ular faoliyatlarining tamoyillari nimalardan iborat?
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi korxonalar kichik biznesning sub’ektlari bo’ladilar, ular xodimlarning o’rtacha soni qonun tomonidan belgilangan chegaraviy darajadan oshib ketmaydi.
Tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishga shaxsiy va boshqa shaxslarning jalb qilingan mulklari asosida shaxsiy mehnatni va yollash bo’yicha mehnatni qo’llash vositasida tavakkalchilik va mulkiy javobgarlik ostida foyda (daromad) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxslar xususiy tadbirkorlikning sub’ekt­lari bo’ladilar.
Yuridik shaxsni tashkil qilmagan tadbirkorlik faoliya­ti bilan shug’ullanuvchi jismoniy shaxslar ham kichik va xu­susiy tadbirkorlikning sub’ektlari hisoblanadilar.
Kichik korxonalar quyidagicha tashkil qilinishlari mumkin:

  • fuqarolar, oila a’zolari va boshqa shaxslar tomonidan;

  • davlat, ijara, jamoa, hissadorlik jamiyatlari, xo’jalik assotsiatsiyalari, qo’shma korxonalar va boshqalar tomonidan;

  • jamoat tashkilotlari tomonidan;

  • aytib o’tilgan idoralarning hamkorligi asosida;

  • mulk egasining roziligi bilan jamoa tashabbusi bo’yicha amaldagi korxonalar tarkibidan ajralib chiqish natijasida.

Bundan tashqari, kichik korxonalar, birlashmalar va kor­xonalarning tashabbusi bilan (monopoliyaga qarshi idoraning qarori bo’yicha) majburan tashkil qilinishlari mumkin.
Kichik korxonalar avvalo xalq iste’moli tovarlarini ishlab chiqarish va maishiy xizmatlar ko’rsatish uchun tashkil qilinadi. Ammo ular xalq xo’jaligining har qanday sohalarida ham tashkil qilinishi, mulkchilikning har qanday shakllari asosida harakat qilishi mumkin. Bir yoki bir necha yuridik yoki jismoniy shaxslar kichik korxonalarning ta’sischilari bo’lishi mumkin.
Kichik biznesning faoliyati sohasi keng yoyilgan bo’lib, u xo’jalik faoliyatining barcha turlarini (agar ular qonun to­monidan man etilmagan bo’lsa) omalga oshirishi mumkin. U bitimlar tuzish, mulkni harid qilish, tashqi bozorga chiqish, savdo vositachiligi va boshqa bitimlarni amalga oshirish huquqiga ega.
Kichik biznes bu xo’jalik yuritishning mustaqil mavjud bo’ladigan va faoliyat yuritadigan shaklidir. U ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajmi va turlarini mustaqil belgilashi, uni o’z ixtiyoriga ko’ra sotishi, tovarlar va xizmatlarga narxlarni belgilashi, rivojlanish fondlari, ijtimoiy soha, rezerv fondiga foyda ajratmalarining me’yorlarini belgilashi, yollanma xodimlar mehnatlarsha xaq to’lash shakllari va miqdorlarini mustaqil belgilashi mumkin.
Barqaror faoliyat yuritish maqsadlarida kichik korxonalar, uyushmalar birlashishlari, har xil kooperativlarning tarkibiga kirishlari mumkin.
Shunday qilib, kichik korxona xo’jalik yurituvchi sub’ektning yangi shaklidan iborat emas. U boshqa korxonalardan faqat kichikroq ko’lamlari bilan farqlanadi, xolos.
Kichik biznesning mezonlarini belgilash zaruriyati ki­chik korxonalar-ning davlatning jiddiy yordamiga muxtojligidan kelib chiqadi, bu yordam adresli bo’lishi va korxonalar faoliyatining belgilangan tomonlarini yaxshilashga yo’naltirilishi kerak. Kichik korxonalarni alohida kategoriyalarga ajratish ular faoliyatini o’rganish va samaradorlik darajasini tahlil qilish, ularning iqtisodiyot umumiy tizimidagi o’rni va rolini aniqlash uchun zarur.
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan barcha mamlakatlarda kichik korxonalarni belgilashda quyidagi mezonlardan foydalanadilar:

  1. miqdoriy ko’rsatkichlar: xodimlarning soni, sotish hajmi, asosiy kapitalning balans qiymati;

  2. sifat ko’rsatkichlari: ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning nisbatan kichik soni; cheklangan resurslar va quvvatlar, boshqaruvning kamroq rivojlangan tizimlari va boshqalar;

  3. yuqoridagi ko’rsatkichlarning birinchi va ikkinchi guruxlarini birlashtiruvchi kombinatsiyasi.

Har xil mamlakatlarda korxonalarni kattaliklariga ko’ra u yoki bu guruhga kirituvchi mezonlari qo’llaniladi. Evropa Ittifoqining metodologiyasi bo’yicha kichik va o’rta korxonalar 1-jadvalda ko’rsatilgan mezonlar bilan belgilanadi.
1-jadval
Evropa Ittifoqi metodologiyasi bo’yicha kichik va o’rta korxonalar o’lchamini belgilash mezonlari

Aniqlanadigan korxonalar

Xodimlar soni
(kishi)

Yillik oborot

Balans qiymati

Kichik

50 tagacha

4 mln.evrogacha

2 mln.evrogacha

O’rta

50-250

16 mln.evrogacha

8 mln.evrogacha



Xorijiy mamlakatlarda 1 kishidan 20 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalar hunarmandchilik korxonalariga, 20 dan 100 tagacha xodimi bo’lganlari kichik, 100 dan 500 gacha xodimi bo’lganlari o’rta korxonalarga kiritiladi.
AQSHda kichik biznes korxonalarini ikki tomonlama guruhlashdan foydalaniladi. Birinchi holda bu tushuncha ishchilar soni 500 kishigacha bo’lgan korxonalarni qamrab oladi. Ikkinchi holda esa korxonalar sohalar bo’yicha yillik tushumlar hajmi bo’yicha bo’linadilar: transport sohasida yillik tushumlar hajmi 3,5 mln dollardan 20 mln dollargacha, qurilishda 9 mln dollardan 21 mln dollargacha, ulgurji savdoda 15 mln dollardan 35 mln dollargacha, chakana savdoda 3,5 mln dollardan 13,5 mln dollargacha, xizmatlar sohasida 2,5 mln dollardan 14,5 mln dollargacha bo’lgan korxonalar kichik firmalar hisoblanadi.
Germaniyada ishlovchilar soni va yillik oborot ko’rsatkichlaridan foydalaniladi. Kichik korxonalar ishlovchilar soni 10 kishigacha bo’lgan, o’rtachalarga esa ishlovchilar soni 50 kishigacha va yillik oboroti 100 mln evrogacha bo’lgan korxonalar kiritiladi.
Frantsiyada kichik va o’rta biznes tushunchasiga ishlovchi­lar soni 19 kishigacha bo’lgan mikrofirmalar, xodimlarning soni 20-299 kishigacha bo’lganlari kichik korxonalarga kiradi.
Janubiy Koreyada sanoatda va transportda 20 tagacha xo­dimi bo’lgan korxonalar kichik, 21 dan 200 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalar o’rta korxonalar hisoblanadi. Savdo va xiz­matlar sohasida 5 tagacha xodimi bo’lgan korxonalar kichik korxonalar, 6 tadan 20 tagacha xodimi bo’lgan korxonalar esa o’rta korxonalar hisoblanadi.
O’zbekistonda kichik korxonalarni, unda ishlovchi xodimlar soni bo’yicha guruhlarga aj­ratish qabul qilingan. Buni 2-jadvaldan ko’rish mumkin.
2-jadval

Download 228 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish