Iqtisod kafedrasi


Faoliyat sohalari bo’yicha kichik korxonalar kategoriyasiga kiritiluvchi korxonalar



Download 228 Kb.
bet5/9
Sana11.07.2022
Hajmi228 Kb.
#775054
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisod kafedrasi

Faoliyat sohalari bo’yicha kichik korxonalar kategoriyasiga kiritiluvchi korxonalar

Faoliya sohalari

Xodimlarning yillik o’rtacha soni

Engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish, asbobsozlik, yog’ochni qayta ishlash, mebel va qurilish materiallari sanoatida

100 kishigacha

Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg’i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish va boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohlarida

50 kishigacha

Fan, ilmiy xizmat ko’rsatish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish sohalari (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalarida

25 kishigacha

Yangi mezonlar korxonalarni ayrim kategoriyalarga bo’lishni tartibga solish imkoniyatini beradi. Bu soliqqa tortish bo’yicha imtiyozlarni belgilash, kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha aniq choralarni qabul qilish, respublika mintaqalarida kichik korxonalar tarmog’ini kengaytirish sohasida infratuzilmaviy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish uchun g’oyatda muhimdir.
Xodimlarning soni kichik sub’ektlarining asosiy ko’rsatkichidir. U firmaning barcha xodimlarini, shu jumladan, shartnomalar bo’yicha va o’rindoshlik bo’yicha ishlovchilarni haqiqatdan ishlangan vaqtini hisobga olish bilan hamda vakilliklar, filiallar, korxonaning boshqa ajratilgan bo’linmalari xodimlarini hisobga olish bilan aniqlanadi.
Belgilangan sondan oshib ketgan holda kichik korxona oshib ketishga yo’l qo’yilgan davr va keyingi uch oy davomida imtiyozlardan mahrum bo’ladi.
Kichik biznes korxonalari yirik firmalardan ko’proq farq qiladilar va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida o’z xususiyatlarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlarga egalar. Boshqaruv va qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik, texnologik ajralganlik, epchillik o’zlarining faoliyatlarini yirik korxonalar qila olmagan ishni eng katta foyda olish bilan bajaradigan qilib tashkil qilishga yordam beradi.
Kichik korxonalar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarining turlarini o’zgartirib, iste’molchilarning o’zgaruvchan talablariga ko’ra tovarlar ishlab chiqarish bilan bozor holatini o’zgarishiga tez javob qaytarish qobiliyatiga egalar. Ular odamlarning mavsumiy ehtiyojlarini to’laroq va si-fatliroq qondirishlari mumkin.
Iste’molchilar bilan bevosita aloqa kichik firmalarning xususiyatlaridan biri bo’ladi, bu narsa yirik ish­lab chiqarishda yo’q. Masalan, kichik novvoyxona non mahsulotlarini tayyorlaydi va xuddi shu erda ularni haridorlarga sotadi va haridorlardan buyurtmalar qabul qiladi. Bundan tashqari, haridorlar shu erning o’zida o’z fikrlarini aytishlari, maslahatlar berishlari mumkin.
Qoidaga ko’ra, kichik korxonalar tovarlar va xizmatlar bozorining belgilangan segmentida ixtisoslashadilar. Ixtisoslashish – mehnat unumdorligini oshirish, moddiy harajatlarni pasaytirish, mahsulot sifatini oshirishning eng muhim omilidir.
Kichik biznesda nisbatan kichik boshlang’ich sarmoyalar bilan shaxsiy ishni boshlash hamda qisqa muddatda ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati bor. Bu holat, qulay sharoitlarda kichik biznes sohasini jadal rivojlantirish imkonini beradi.
Kichik firmaning rahbari boshqa har qanday firmalarga qaraganda ko’proq darajada xo’jayinlik tuyg’usini his qiladi, zero, u yuqori idoralarning buyruqlaridan to’laligicha ozod, bu erda bir shaxsda mulk egasi, menejer, moliyachi, biznesmen birlashadi. Moddiy va ma’naviy muvaffaqiyatni olish maqsadida unumdor mehnat qilish uchun qudratli qo’shimcha rag’bat mana shundan iboratdir.
Kichik korxonalar mahalliy sharoitlar, urf-odatlar, an’analarga tez moslashish qobiliyatini namoyon qiladilar. Bu sifatlar kichik biznesga mahalliy aholi uchun an’anaviy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish sohasidagi faoliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Shuning uchun ham kichik korxonalar kosibchilik, hunarmandchilik buyumlari, badiiy-dekorativ ashyolar, uy va qishloq xo’jaligi asboblari, kurilish detallari, bolalar o’yinchoqlari, milliy xarakterdagi oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida keng tarqalgan.
Yirik ishlab chiqarishga nisbatan kichik korxonalar o’zlarini caqlab turish, xizmat ko’rsatish va boshqarishga kam harajat talab qiladilar. Bundan tashqari, ular uchun harajatlarni tez o’zini qoplashi, mablag’larning jadal aylanishi xarakterlidir. Bularning barchasi tejamkorlik bilan xo’jalik yuritishga, foydalilikka erishishga, texnik rivojlanish uchun mablag’lar jamlashga imkon beradi.
Kichik korxonalarning mehnatni tashkil qilishda mehnat taqsimotining alohida tamoyillarini yo’lga quyish, xodimlarning ish sohasida bir-birlarini o’zaro almashtira olishi ular o’rtasidagi ishonchli munosabatlar kabi xususiyatlarini ham ta’kidlab o’tish zarur. Ishlab chiqarishning ki­chik ko’lamlari jamoada me’yoriy ruhiy sharoitni yaratish, xodimlar qo’nimsizllgini kamaytirish, rahbarlar va bo’ysunuvchi xodimlar o’rtasidagi munosabatlarni demoqratik asosda qurish, tashabbuskorlik, ijodkorlik muhitini yaratish bi­lan birga har bir jamoa a’zosining yuqori mas’uliyatli fao­liyatini yo’lga quyish imkonini beradi.
Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatida barqaror va foyda bilan ishlashga erishish imkoniyatini beruvchi eng muhim xususiyatlari ana shulardan iboratdir. Ammo bu imkoniyatlar o’z-o’zidan amalga oshadi, kichik biznes gullaydi, tadbirkorlarning hech qanday harakatlarisiz kengayadi, bu sohada hamma narsa tinch va unda alohida muammolar yo’q deb hisoblash xato bo’ladi. Kichik biznesni rivojlantirish yo’lida ko’pgina to’siqlar, qiyinchilik bilan hal qilinadigan muammolar borki, ularni bartaraf qilish uchun anchagina sa’y-harakatlar qilish, doimo izlanishda bo’lish, o’rganish zarur.
Jahonning barcha mamlakatlarida kichik biznes korxonalari milliy iqtisodiyotning poydevori hisoblanadi. YaMM o’sish sur’atlari hal qiluvchi darajada aynan ularga bog’liq, aslida, aholining farovonlik darajasi ham uning qanchalik rivojlanganligi bilan belgilanadi.
Bozor iqtisodiyotiga yo’naltirilgan ko’pgina mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik eksport bozorlari faoliyatida faol ishtirok etib, yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning ko’payishiga ko’maklashib va aholi bandligini ta’minlab, iqtisodiyotning asosini tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda band aholining katta qismi aynan kichik biznesda band bo’lib, ularning mamlakat YaMMni ishlab chiqarishdagi ulushi yuqoridir. Shu sababli rivojlangan mamlakatlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka iqtisodiy o’sish va aholi turmush darajasining oshishini ta’minlovchi asosiy richaglardan biri sifatida qaralishi bejiz emas. Buni 3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlari asosida ham ko’rish mumkin.
3-jadval

Download 228 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish