MUOMALADA QANCHA PUL BO'LISHI KERAK? Ma'lurnki, har bir davlat hududida ma'lum miqdordagi pul muomalada bo'lib, oldi-sotdi jarayonlari uning vositasida amalga oshiriladi. Shu sabab, muomaladagi pullar qo'ldan qo'lga o'tib, to'xtovsiz aylanib turadi. Pulning biror oldi-sotdi jarayoniga qatnashib, qo'ldan qo'lga o'tishi, uning bir marta aylanganligini bildiradi. Muomaladagi pul miqdorining bir viI davomida necha marta oldi-sotdi jarayonlarida qatnashganiga qarab, uning aylanish tezligi aniqlanadi. Agar muomaladagi pul miqdorini uning aylanishi tezligiga ko'paytirilsa, yil davomida mamlakatda ishlab chiqarilgan va aholi tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlarning qiymati hosil qilinadi. Ikkinchi tomondan, yil davomida ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar qiymatini boshqacha usulda, ya'ni tovar va xizmatlar miqdorini, birlik mahsulotning o'rtacha narxiga ko'paytirib ham aniqlash mumkin. Demak, yuqoridagi fikrlarga asosan, M - V = PQ ko'rinishdagi Fisher tenglamasi deb nomlangan tenglamani hosil qilamiz. Bu yerda, M - muomaladagi pul massasi, V- pulning aylanish tezligi, P - birlik tovarning o'rtacha narxi, Q - tovar va xizmatlar miqdori. Fisher tenglamasi har qanday davlat iqtisodiyoti uchun o'rinli bo'lib, pul muomalasi qonuni deb ham ataladi.
Pul massasi - mamlakatda muomalada bo'lgan barcha pul mablag'larining yig'indisi.
Pulning aylanish tezligi - pulning oldi-sotdi jarayoniga qatnashib, bir yil davomida qo'ldan qo'lga o'tish soni.
Formula Fisher tenglamasi MV = P - Q
Bu yerda: M - pul massasi; V - pulning aylanish tezligi; P - birlik tovarning o'rtacha narxi; Q - tovar miqdori.
INFLATSIYA Agar mamlakat iqtisodiyotida muomaladagi pul miqdori ko'payib ketsa, pul muomalasi qonuniga ko'ra, Fisher tenglamasidagi muvozanatni tiklash uchun yoki tovar va xizmatlar hajmini ko'paytirish yoki tovar va xizmatlarning o'rtacha narxini oshirish kerak bo'ladi. Lekin tovar va xizmatlar hajmini bir zumda oshirishning imkoni yo'q. Shuning uchun, muomaladagi pul miqdorining o'sishi, odatda, narxlarning oshishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda o'rtacha narx-navoning muttasil oshib borish arayoniga inflatsiya deb ataladi. Inflatsiya o'z navbatida, davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Pulning qadrsizlanishi deb, unga sotib olish mumkin bo'lgan tovarlar iqdorining kamayishiga aytiladi. Pulning qadri tovarlar arxining arzon yoki qimmatlashishiga qarab o'zgarib turadi. ar narxlar qimmatlashsa, ma'lum miqdordagi pulga sotib olish umkin bo'lgan tovarlar miqdori kamayadi. Bu esa pulning qadrsizlanganligidan dalolat beradi. Aksincha, agar bozordagi narxlar arzonlashsa, ma'lum miqdordagi pulga ko'proq tovar sotib lish mumkin bo'ladi. Bu pul qadrining oshganligini ko'rsatadi. qtisodiyotda o'rtacha narx-navoning muttasil pasayib borish arayoniga deflatsiya deyiladi. Inflatsiya makroiqtisodiy jarayon o'lib, u mamlakat iqtisodiyotining hamma sohalarini qamrab ladi va deyarli barcha tovar va xizmatlar narxining oshishiga olib keladi.
Inflatsiya - mamlakatdagi o'rtacha narx-navoning muttasil oshib borishi.
Inflatsiya darajasi - ma'lum davrdagi narx-navo oshishining foizlardagi miqdori.
Do'stlaringiz bilan baham: |