O'zbekistonning iqtisodiy salohiyati Maydoni. Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi va u Yer shari qumqlik qismining 0,3 foizini egallaydi. Uning 60 foizi qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlardir.
Aholisi. Mamlakatimiz aholisi 2008- yil oxirida 27 million 555 ming 300 kishidan iborat bo'lgan. Mehnat resurslari aholining yarmini tashkil qiladi. Uning ijtimoiy faol qismi 11 mln. 35 ming 400 kishidan iborat. Aholining o'rtacha yoshi 24 yilni tashkil qiladi.
Tabiiy resurslari: O'zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali qazilmalarning istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko'pdir.
O'zbekiston oltin zaxiralari bo'yicha dunyoda to'rtinchi, uni qazib chiqarish bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Respublikamiz yer osti kumushga ham boydir. Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo'yicha dunyoda yettinchi o'rinda turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50 -60 yil qazib olishni ta'minlaydi. Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko'mir konlari qidirib topilgan va ochilgan, ularning ko'pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan ortiq neft va gaz kondensati olinadi, bu esa o'z ehtiyojlarimizni to'la ta'minlaydi.
Har yili respublikamizda 51 milliard 200 million kub metrdan ortiq zangori yonilg'i - gaz olinadi. Bu o'z ehtiyojlarimizni to'la ta'minlagan holda, uni qo'shni davlatlarga eksport qilish imkonini ham beradi. Bir yilda qazib chiqariladigan ko'mir to'rt million tonnani tashkil etadi. O'zbekistondagi qidirib topilgan ko'mirning umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko'p.
Sanoati: paxta tozalash, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, energetika, to'qimachilik, gaz, samolyotsozlik, avtomobilsozlik, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, elektrotexnika, radiotexnika va boshqalar. 100 dan ortiq tarmoqqa mansub 2200 dan ziyod yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda. 1996-yil 19-mayda Andijon viloyatining Asaka shahrida ochilgan mamlakatimizdagi birinchi avtomobil zavodi besh turdagi "Lasetti", "Nexia", "Matiz" va "Tiko" rusumli yengil avtomobillar hamda "Damas" rusumli kichik avtobusdan yiliga 200 ming dona avtomashina chiqara olish quwatiga ega. Hozirgi kunda AQSHning "General Motors" kompaniyasi bilan qilinayotgan hamkorlik tufayU "Epika", "Captiva" va "Tacuma" rusumli jahon standartlariga to'la javob beradigan avtomashinalar ishlab chiqarilmoqda. Samarqand shahrida esa "Isuzu" rusumli o'rta hajmli avtobuslar ishlab chiqarilmoqda.
Bu esa, o'z navbatida, O'zbekistonda mashinasozlik sanoati yildan yilga rivojlanib, jahon andozalariga moslashib, yuksalib borayotganidan dalolat beradi.Hoziigi kunda respublika energetikasining umumiy quwati 11 ming kilovatdan ortiq bo'lgan 27 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalari yiliga 50,1 milliard kilovatt-soat elektr quwati ishlab chiqarish imkoniyatiga egadir. Qishloq xo'jaligi. O'zbekiston aholisining 60 % dan ortig'i qishloqlarda istiqomat qiladi. Shu sabab, iqtisodiyotda qishloq xo'jaligining tutgan o'rni bo'lakcha. Mamlakat YaIM ning 28 % qishloq xo'jaligiga to'g'ri keladi. Paxtachilik qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i hisoblanadi. Yalpi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 55 % dehqonchilikdan, 45 % iliorvachilikdan yaratiladi.
O'zbekiston paxta tolasini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda to'rtinchi, uni eksport qilish bo'yicha ikkinchi o'rinda turadi. Respublikada g'alla mustaqilligiga asos yaratilgan. ()xirgi paytlarda yiliga 6,7 million tonnagayaqin g'allayetishtirilmoqda. Respublika meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, рШа, qorako'l teri, jun yetishtirishda MDH mamlakatlari orasida yetakchi o'rinni egallaydi.
Bilasizmi?: Dunyo xaritasiga yaxshilab e'tibor bersangiz, respublikamiz dengizga chiqish iinkoniyatlari jihatidan noqulay geografik makonda joylashgan. Dengizga chiqishimiz uchuu kamida ikkita davlat chegarasini kesib o'tishimiz kerak. Bu iqtisodiyotimiz oldida qanday qiyinchiliklarni tug'diradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |