NDKI
KMF
25-19 IQT GURUH TALABASI Tursunov Elbekning
Mikroiqtisodiyot fanidan bajargan amaliy mashg'uloti
6-Mavzu: Isteʼmolchi tanlovi nazariyasi (4soat)
Nazorat uchun savollar.
1.Byudjet chegarasi va uning oʻzgarishi. Byudjet tenglamasi.
2.Byudjet chizigʻi. Byudjet chizigʻi ѐtiqlik burchagi.
3.Isteʼmolchi tanlovi masalasi. Naflikni maksimallashtirish.
4.Isteʼmolchi tanlovi masalasi yechilishini grafik usulda tahlil qilish.
5.Isteʼmolchi muvozanati.
6.Isteʼmolchilarning muvozanat shartl
62.1Boshida isteʼmolchining pulni bir vaqt oraligʻidan ikkinchiga oʻtkazish
usuli yagona boʻlib, bu pulni bir qismini foizsiz jamgʻaradi. Yana faraz
qilamizki, unda pulni qarzga olish imkoniyati mavjud emas. Demak,
isteʼmolchining birinchi vaqt oraligʻida sarflaydigan maksimal summasi
m1
ga teng boʻlsin. U holda uning byudjet chegarasi 4.1-rasmdagi holatni oladi.
Byudjet chegarasi
Bunda foiz stavkasi nolga teng, pul qarz olish mumkin emas. Isteʼmolchi
birinchi oraliqda qancha kam isteʼmol qilsa, shunga koʻra ikkinchi oraliqda
koʻproq isteʼmol qiladi.
Malumki , isteʼmolchi (
1 2 m ,m
) nuqtada oʻzining har bir
vaqt oraligʻidagi hajmida isteʼmol qiladi, yoki birinchi oraliqda
daromadining bir qismini isteʼmol qiladi. Bu holda isteʼmolchi birinchi
oraliqdagi isteʼmolining qolgan qismini ikkinchi oraliqqa oʻtkazadi.
Endi isteʼmolchi qandaydir foiz stavkasida qarz olishi va qarzga pul
berishi mumkin deb faraz qilaylik. Isteʼmol narxini har bir oraliq uchun 1
ga teng deb, byudjet chegarasini keltirib chiqaramiz.
62.2Joriy va boʻlgʻusi qiymatlarni grafik koʻrinishi 4.2-rasmda
keltirilgan. Byudjet chizigʻini gorizontal oʻq bilan kesishgan nuqtasi birinchi
oraliqda maksimal miqdordagi isteʼmolni bildiradi. Byudjet chegarasidan
koʻrish mumkinki, bu summa
(1 )
2
1 1
r
m
c m
ga teng boʻlib, boshlangʻich
zaxiraning joriy qiymatini bildiradi (
c2
0
boʻlganda).
Byudjet chizigʻining vertikal oʻq bilan kesishgan nuqtasi ikkinchi
oraliqda isteʼmolga sarflanadigan maksimal summani bildiradi va bu yerda
c1
0
. Byudjet chegarasidan bu miqdorni topish mumkin.
2 1 2
c (1 r)m m
, bu boshlangʻich zaxiraning boʻlgʻusi qiymatini
bildiradi (4
62.3Isteʼmolchining afzal koʻrishi uning befarqlik egri chizigʻi orqali
ifodalanadi. Befarqlik egri chizigʻining shakli isteʼmolchining didi va
xohishini har xil vaqtlarda qanday boʻlishini koʻrsatadi. Agar befarqlik egri
chizigʻining yotiqligi – 1 ga teng boʻlsa, isteʼmolchi uchun bugun isteʼmol
qiladimi yoki ertagami buning farqi yoʻq. Chunki, ertangi isteʼmolni bugunga
nisbatan almashtirish normasi – 1 ga teng.
Agar biz mukammal toʻldiruvchi tovarlarning befarqlik egri chizigʻini
qarasak, bunda isteʼmolchi ertaga ham, bugun ham teng miqdordagi tovarlarni
isteʼmol qilishni xohlaydi. Bunday isteʼmolchi bir oraliqdagi isteʼmolni
boshqa oraliqdagi isteʼmol bilan almashtirishga moyil emas.
Odatda isteʼmolchilarning maʼlum miqdordagi ertangi isteʼmolini
bugungi bilan almashtirish tabiiy hol. Bunday holda afzal koʻrishlar qavariq
toʻplam boʻladi, chunki isteʼmolchi har bir oraliqda koʻp isteʼmol qilib,
ertasiga hech narsa isteʼmol qilishdan koʻra, har bir oraliqda qandaydir
“oʻrtacha” darajada isteʼmol qilishni afzal koʻradi.
62.4Agar isteʼmolchining byudjet chegarasi va uning har bir oraliqdagi
isteʼmoli boʻyicha afzal koʻrishi berilgan boʻlsa, unda biz optimal isteʼmol
toʻplami tanlovini oʻrganishimiz mumkin. Agar isteʼmolchi tanlagan nuqtada
1 m1
c
boʻlsa, unda u kreditor boʻladi deymiz. Agar isteʼmolchi tanlagan
nuqtada
1 m1
c
boʻlsa, isteʼmolchini qarz oluvchi deb qaraymiz. Quyidagi 4.3
A-rasmdagi holat, isteʼmolchi qarz oluvchi boʻlgan holatni ifodalaydi, 4.3 B-
rasmdagi holatda esa - isteʼmolchi kreditor boʻladi. A. Qarz oluvchi B. Kreditor 4.3 A-
rasm. Qarz oluvchi va kreditor. A rasmda
1 m1
c
va B rasmda
1 m1
62.5Isteʼmolchining tanlovi masalasi ikkita neʼmat uchun quyidagicha
qoʻyiladi. Isteʼmolchining daromadi
R
berilgan, sotib olish mumkin boʻlgan
neʼmatlar narxi mos ravishda
P1
va
P2
deylik. U holda isteʼmolchi oʻzining
daromadi
R
ga koʻra birinchi va ikkinchi neʼmatlardan shunday
X1
va
X2
miqdorda sotib olinsinki, natijada ulardan oladigan umumiy naf maksimal
boʻlsin (naflik funksiyasi maksimal qiymatga erishsin)
Muvozanatlik shartiga koʻra, neʼmatlar narxi, ularning chekli nafligiga
toʻgʻri proporsional. Demak, neʼmatning chekli nafligi qancha yuqori boʻlsa,
uning narxi shuncha yuqori boʻladi. Oxirgi munosabatdan foydalanib, N
neʼmat uchun isteʼmolchining muvozanatlik shartini quyidagicha yozish mumkin:
j
X
i
X
P
MU
P
MU
j i
, i 1,N; j 1,N.
Shunday qilib, isteʼmolchining muvozanat nuqtasida isteʼmol
qilinadigan neʼmatlarning chekli naflari nisbati, shu neʼmatlar
narxlarining nisbatiga teng. Bu muvozanatlik sharti ixtiyoriy miqdorda
neʼmatlar qatnashgan isteʼmolchining tanlovi masalasi uchun oʻrinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |