12.06.2021
O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishda muhim bo‘lgan materiallar ko‘rib chiqildi. Ularni ma’lum tartibga solish ishlariga ko‘maklashildi.
Madaniy-adabiy hayot uch xonlik doirasida ijtimoiytarixiy sharoitga qarab, goh siljishda, goh turg'unlikda, goh tanazzulda bo'lib turdi. Xon va amirlar, hukmron guruh vakillari, mulkdor shaxslar madrasalar, masjidlar, xonaqohlar, karvonsaroylar, ziyoratgohlar qurdirardilar. XVII—XVIII asrlar mobaynida Toshkentda Baroqxon madrasasi, Buxoroda Mir Arab, Abdullaxon, Abdulazizxon madrasalari, Nodir devonbegi masjidi, shu shaxsning Samarqandda Xoja Ahror Vali masjidi yonida qurdirgan madrasasi, Samarqandda Sherdor, Tillakori, madrasalari, Xivada Arabmuhammad madrasasi, Anushaxonning Oq masjidi, keyinroq XVIII asr davomida Xivada qurilgan Madrasai Sherg'ozixon, Madrasai Muhammad Amin inoq, Buxorodagi Madrasai domlo Tursunjon, Qo'qondagi Madrasai Emazar elchi, Qo'qondagi Madrasai Mir, Madrasai Xonxo'ja kabilar shunday arxitektura obidalaridan edi. www.ziyouz.com kutubxonasi Bunday ilm maskanlarining peshtoq va devorlarida Qur’oni karim, Hadisi sharifdan keltirilgan oyat va muqaddas yo‘l-yo‘riqlar bitilgan go‘zal yozuv-lavhalardan tashqari, ulaming tarhini tuzgan, ishlab chiqib amalga oshirgan hunarpesha me’mor va naqqoshlaming nomlarini ham uchratish mumkin. Masalan, 1619—1636 yillari bunyod etilgan Sherdor madrasasi peshtoqida m e’mor Abdujabboming nomiga ko‘zimiz tushishi mumkin. Xorazmlik mashhur shoir va tarixnavis Shermuhammad Munisning naql qilishicha, («Firdavs ul-iqbol» asarida) XVII asming iste’dodli shoiri mavlono Vafoiy ham shoirlik bilan birga me’morlik va naqqoshlikda shuhrat topgan.
14.06.2021
O‘zbek adabiyoti tarixiga oid materiallarni umumiy tartibga solishda muassdasa hodimlariga ko‘maklashildi.
Madrasai oliyalar, umuman, madrasalardagi ta’lim-tarbiya, tahsil jabhalarida Islom tarixi, Qur“on va hadislami, aqoidga, fiqhga doir kitoblami mutolaa, qildirish bilan birga o ‘z shogirdlariga Ahmad Yassaviy hikmatlari, Rabg‘uziy qissalari, Hofiz, Navoiy, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Bedil kabi muborak zotlaming diniy va dunyoviy fikrlarini singdirishga harakat qilgan mudarrislar ham ko‘p bo‘lgan. Xivadagi madrasai oliyalardagi Said Muhammad Oxund, Mavlono Yahyo, Davlatmamad Ozodiy (Maxtumqulining otasi), Mavlono Kiromiy (Munisning ustozlaridan), Farg'ona vodiysi madrasalaridagi Mullo Shermuhammad Akmal (hajvchi shoir Maxmuming otasi), Muhammad Aminxoja Kosoniy (shoir Ma“danning ustozlaridan), Mavlono Nodir, Samarqanddagi Muhammad Bade’ Maleho va boshqa o‘nlab bilimdon mudarrislar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |