4.2 Oxorlashmashinalaridatexnika xavfsizligi
Oxorlash mashinalaridamexanizmlarning hamma harakatlanuvchi qismlariishlovchilarning sog‘lig‘iga hamda hayoti uchun yashirin xavf ko‘rsatadi.Uskunalardan foydalanish xavfsizlikni oshirish va ishlab chiqarishdashikastlanishning oldini olish uchun texnik vositalar qo‘llaniladi.O‘rnatilgan to‘siqlar foydalanishga qulay bo‘lishi, aylanuvchi qismlarbilan qo‘zg‘almas detallar orasidagi tirqishlarni berkitib turishi lozim [26].
To‘suvchi tuzilmalar asosan ikki guruhga: muvaqqat va doimiytuzilmalarga bo‘linadi. Ular quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
- muvaqqat to‘siqlar qurilish-montaj va tuzatish ishlarini bajarishdaqo‘llaniladi;
- doimiy to‘siqlar texnologik va umumfabrika uskunalarining xavflijoylarini to‘sib turish uchun xizmat qiladi.
Texnologik va umumfabrika uskunalari ishini blokirovka qilishdan maqsad ulardan xavfsiz foydalanishdan iborat.
23-rasm.SHB-9/180 ohorlash mashinasining xavfli ishchi qismlari
a) ta’minlash panjarasi bilan ta’minlash valigi; b) ishchi valik bilan
shyotka; c) chiqaruvchi silindr
Yuqoridagi 20-a) rasmda ta’minlash panjarasi bilan ta’minlash valigi orasida ishchining qo‘li kesilishi, sochi kirib baxtsiz hodisani yuzaga keltirishi mumkin. Xavfsiz ishlash uchun ishchi valigi ustiga to‘siq (chegaralovchi) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Bunday holatlarni oldini olish uchun dastgohda ishlayotgan ishchi avval dastgohni ishdan to‘xtatishi va keyin tozalashi zarur [29].
20 -b) rasmda ishchi valik bilan shyotkani temir to‘siqlar bilan chegaralab qo‘yilishi zarur. 20-c) rasmda chiqaruvchi silindr orasiga ishchining biror bir qismi kirib baxtsiz hodisani yuzaga keltirishi mumkin. Chiqaruvchi silindrni xavfsiz ishlashi uchun to‘siqlar bilan chegaralab qo‘yilgan bo‘lishi shart.
To’qimachilik sanoatida shovqin asosan mexanik va avtomatik to’quv dastgohlaridan chiqadi. Dastgoh mexanizmlarining, ayniqsa, tepki mexanizmi, harakat uzatuvchi shesterniyalar, batanning va mokining urilish paytlarida shovqin ortib ketadi.
Mashina va uning ayrim qismlarini qobiqlar bilan berkitish shovqinni kamaytiradi.Bularni samaradorligini oshirish maqsadida qobiqlar ichi tovush yutuvchi materiallar bilan qoplanadi.Bunda mashina va mexanizmlarning harakatidan qobiqlarning o’zi titrab,shovqin chiqarmasligiga erishish kerak.Tajribalar shuni ko’rsatadiki ,to’quv dastgohidagi mokki qutichasini 0,09-0,1g/sm zichlikdagi mikrog’ovak plastikat bilan qoplash shovqinni 3-3,5 dB.ga kamaytirish imkonini beradi.
O‘t o‘chirishning dastlabki vositalari: belkurak, bolta, ilgak, chelak, qum va bochkada suv kiradi, ular qizil rangli yashikka o‘rnatilgan holda oxorlash bo’limida mavjud. Yigirilgan kalava ip namlikda saqlansa o‘z-o‘zidan yonish xavfi bor. Kalava ip yonganda yonish harorati 600 C-700C ni tashkil etadi. Shuning uchun ushbu xom ashyoni namlikdan asrab, quruq joyda saqlash lozim.Yong‘inga qarshi chora-tadbirlar o‘z o‘rniga qo‘yilgan.
Korxonaning atrofida oltita gidrant quvurlari mavjud. Ular yo‘l va yo‘laklar ostiga o‘rnatilgan. Ichki o‘t o‘chirish vodaprovodi sexlarning devorlariga, ustunlariga, zinapoya kataklariga yerdan 1,35 metr balandlikda o‘rnatilgan. Ularning yoniga, old tomoniga oynaband shkaf o‘rnatilib, shkafning ichiga 10-20 metrlik shlang qo‘yilgan.Kranlar orasidagi masofa 30-50 metrni tashkil etadi. Bulardan tashqari har kuni usta va usta yordamchilari tomonidan har bir sexda majlis o‘tkaziladi. Majlisda korxonaning umumiy mavzularidan tashqari yong‘inga qarshi chora-tadbirlar to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib boriladi. Korxonada yuz beradigan holatlar va evakuatsiya ishlari tushuntirib o‘tilmoqda [25].
Elektr xavfsizligi. Elektrostatik zaryadlardan saqlash “Cotton Road” yigirilgan ipak ipi ishlab chiqarish korxonasida ishlatiladigan xom-ashyolar tarkibida yog‘ va seritsin moddalari (20% dan yuqori) tashkil etadi. Bu moddalar tola tarkibida qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha elektrizatsiya xususiyati (elektrostatik zaryadlar dielektrik moddalar ishqalanishi natijasida paydo bo‘ladi) oshadi. Elektrizatsiya xususiyati ish jarayonida juda ko‘p noqulayliklarga olib keladi:
- tolalar ishchi barabanlarga o‘ralib ketishi natijasida juda ko‘p tolalar
chiqindiga chiqarib yuboriladi;
- mahsulot chiqishi kamayadi;
- ishchi dastgohni to‘xtatib, o‘ralgan tolalarni tozalashga ketgan vaqti;
- dastgohning ish unumdorligini pasaytiradi;
- sexning changlanganlik darajasi ortib ketadi.
Dastgohlar 220V va 380V kuchlanish ostida ishlaydi. Bizga ma’lumki,
40V dan yuqori bo‘lgan kuchlanish inson hayoti uchun xavflidir. Xavfsiz kuchlanish miqdori quruq xonalar uchun 40V gacha, nam xonalar uchun 12V gachadir. Shunig uchun barcha tok bilan ishlaydigan qo‘l asboblari 36V gacha mo‘ljallangan bo‘lib, har bir dastgoh-uskunalar elektr tarmoqlariga temir qutilar, panjaralar o‘rnatilgan [24,25,29].
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:
1. Oxorga botirishda tanda ipi zichligi, tanda tavsiflari, oxor yopishqoqligi, siqish shartlari kiradi. Korxonada pnevmomexanik yigiruv usulida olingan ip shu chiziqli zichlikdagi halqasimon yigiruv mashinalaridan olingan ipga nisbatan 15% ko‘p oxor shimishi aniqlandi.
2. Tadqiqot tahlili natijasiga ko‘ra ko’likli li oxorni qo‘llashda 18,5teks ip gazlama ipidan yengil gazlamani mokisiz to‘quv dastgohlarida bosh valning 220 min-1 aylanish tezligida ishlab chiqarishda 1000tanda iplari va 10000 arqoq ipida 0,3 uzilish holati kuzatildi.Bu bir dastgoh-soat vaqtda dastgohni 60% foydali ishlatish vaqtga 2,65 uzilish muvofiq keldi. Arqoq va tandaning uzilishi odatdagiga nisbatan tuxtalishlarning umumiy soni 3,5 bir dastgoh soatda to‘quvchi xizmat ko‘rsatish me’yuri sakkiz dastgohdan oshmasligini aniqlandi.
3. Oxorlash jarayonida tanda iplari orasidagi masofa taxminan oxorlanayotgan ip teksiga teng bo‘lganda tanda ipini mustahkamligi 15%ga oshishi aniqlandi. Bu
vaqtda oxorni bir me’yorda uzatishni va tarkibning bir xilligini ta’minlash zarur.
4. Oxorlash jarayonida 4% eritma eng maqbul konsentrasiya bo’lishi aniqlandi, bunda ohorlangan ipning namligi 8-9% bo‘ladi, naychalardan ipni chuvalib ketish darajasi 5,1% ya’ni belgilangan me’yordan past hamda oxorni yopishqoqli yuqori bo’lishi aniqlandi. To’quv dastgohida uzulishlar soni 46,2% gа kamayishga erishilsdi.
5.Oxorlash tanda iplarini to‘quvga tayyorlashdagi eng asosiy va nozik jarayon bo’lib, texnologiyada ozgina yo‘l qo‘yilgan xatolik tanda iplarining ortiqcha uzilishiga sabab bo‘ladi va to’quv dastgohlarini ish unumdorligini 30-35%ga pasaytirishi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |