IONLASHUVCHI NURLANISHLAR VA ELEKTROMAGNIT
MAYDONLARI TA’SIRIDAN MUHOFAZALANISH
IONLASHUVCHI NURLANISHLAR MANBALARI VA
ULARNING
INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI
REJA:
1. Ionlashgan nurlanishlar
2. Radiaktiv nurlanish va ularning xossalari
3. Nurlanish normalari
4. Lazer nurlanishlaridan saqlanish
5. Radiaktiv nurlanishlarga qarshi kurash chora-tadbirlari
Radiatsion, magnit va elektromagnit usullari Materiallarning fizik-mexanik xossalarini va qurilish konstruksiyalarining nuqson
(defekt)larini aniqlashda radiatsion usullardan ham foydalaniladi. Bular orasida
rentgen usuli, elektron tezlatkichlаrning tormozli nurlanish usuli va γ — usullar
amaliyotda eng ko'p tarqalgan usullardan hisoblanadi. Ushbu usullar o'zaro
o'xshash masalalarni yechishda qo'llaniladi. Pozitronlardan foydalanishga asoslangan
radiografiya usuli va issiqlik neytronlari orqali yorituv usullari istiqbolli usullar sanaladi.
Neytronlar yordamida materialning namligi, pozitronlar orqali esa materialdagi
charchash kuchlanishlarini aniqlash mumkin.
Rentgen, elektron tezlatkichlarning tormoz nurlanishi va γ — nurlanishlar o'z tabiatiga
ko'ra, vakuumda yorug’lik tezligida tarqaladigan
yuqori chastotali elektromagnit to'lqinlaridir. 0,5 dan 1000 keV gacha bo'lgan
diapazonda ishlaydigan rentgen apparatlari bularning manbai vazifasini o'taydi.
Qatlamning yoritish chegarasi: metall uchun — 100, beton uchun- 350,
plastmassa uchun — 500 mm ni tashkil etadi. Yuqori energiyali tormozli ionlashgan nurlanish uchun 35 MeV gacha bo'lgan diapazonda elektron tezlatkichlari manba vazifasini o'taydi. Ularning yordamida po'latni — 450, betonni-2000 mm
gacha bo'lgan qalinlikda yoritish mumkin. γ —
nurlanishlarning manbalari radioaktiv izotoplar bo'ladi. Bunda yoritiladigan
qatlam metall uchun — 100, beton uchun — 300, plastmassa uchun — 500
mm gacha bo'lgan qalinlikda bo'lishi mumkin.
Radioaktiv moddalarni qo'llash hamda ionlashgan nurlanish bilan bog'liq bo’lgan
ishlar tegishli me'yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Barcha ishlar qat’iy yo'riqnomalar
asosida bajariladi. Sanitar qoidalariga binoan yoshi 18 ga to'lmaganlar nurlanish bilan
bog’liq bo'lgan ishlarga qo'yilmaydi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan xodimlar
muntazam ravishda tibbiy ko'rikdan o'tkazib turiladi; mehnatni tashkil etishning xavfsiz
usullari, hamda vositalari va shaxsiy gigiyena qoidalari bo'yicha imtihon qilinadi. Vaqti-vaqti
bilan radiometrik nazorat amalga oshiriladi.
Nazorat-tekshiruvning magnitoviy usullari nuqson (defekt)lar ustida magnit maydonining
sochilish qonuniyatini o'rganishga hamda sinalayotgan buyumning magnitli xossalarini
aniqlashga asoslanadi. Magnitli usullarning, o'zi magnit kukunli, magnitografik, ferrozond,
induktsion va pandermotor deb nomlangan alohida shoxobchalarga ajraladi.
Magnit kukunli usul metalldagi yaxlitlikning buzilishi singari nuqsonlarni aniqlashda eng ko'p
tarqalgan usullardan sanaladi. Mazkur usul faqat ferromagnit materiallardan ishlangan
buyumlarni sinashda qo'llaniladi. Bu usul buyumni yemirmagan holda undagi nometall
aralashmalarni, bo'shliqlarni, yoriqlarni, payvand nuqsonlarini aniqlash imkonini beradi.
Magnit oqimi nuqsonsiz joyda o'z yo'nalishini o'zgartirmaydi. Agar magnit oqimi o'z yo’lidagi
ochiq (a) yoki (b) nuqson tufayli kuchsizlansa,
u holda magnit yo'llarining bir qismi detaldan tashqariga chiqadi. Nuqsonning ustida magnit
maydoni paydo bo'ladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |