Investitsiyalarni roli va vazifalari qimmatli qog‘ozlar


Investitsiyalar hisobining vazifalari



Download 29,87 Kb.
bet3/6
Sana08.06.2022
Hajmi29,87 Kb.
#643021
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Buxgalteriya mustaqil ish

Investitsiyalar hisobining vazifalari.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardir:
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni va ular bo‘yicha olingan daromadlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri aniqlash;
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMSlarini keng qo‘llash;
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash;
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli qismini amaldagi me’g‘riy hujjatlarga, Soliq Kodeksining talabiga muvofiq to‘g‘ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash;
- uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobiga kelib tushgan mablag‘lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi ehtig‘ji uchun ishlatishni ta’minlash.
INVESTITSIYALARNING TARKIBI. QIMMATLI QOG‘OZLAR: AKSIYA, OBLIGATSIYA VA BOSHQALAR.
Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko‘ra qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir.
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar - o‘zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga oid investitsiyalardir.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida hisobgada quyidagi guruhlarga ajratiladi:

  • Qimmatli qog‘ozlar;

  • SHo‘‘ba korxonalariga investitsiyalar;

  • Qaram birlashmalarga investitsiyalar;

  • Qo‘shma korxonalarga investitsiyalar;

  • Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar.

Nominal qiymati - qimmatli qog‘oz blankasida ko‘rsatilgan qiymat. Aksiyalarning nominal qiymatidagi umumiy summasi tashkilotning ustav kapitalini hajmini ko‘rsatadi.
Emissiya qiymati - qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirishdagi sotish narxi bilan nominal qiymati orasidagi farqi emissiya daromadini tashkil etadi.
Kurs (bozor) qiymati - qimmatli qog‘ozlarni bozorda sotiladigan bahosi.
Likvidatsiya (hisobdan chiqarish) bahosi – tugatilayotgan tashkilotlarning mulklarini sotishdan olinadigan pullarni bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan qiymati.
Aksiyaning balans qiymati — bu balans bo‘yicha aniqlanadigan o‘z mablag‘lar manbaini chiqarilgan aksiyalar miqdoriga to‘g‘ri keladigan qiymati.
Hisob qiymati – hozirgi vaqtda tashkilotning balansida aks ettiriladigan qiymatdagi summa.
Nominal qiymatidan kat’iy nazar, boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitaliga ulushlar, shuningdek, olinadigan aksiyalar uchun to‘lovlar taraflarning kelishuviga binoan har qanday mol-mulkni bozor yoki shartnoma bahosida berilishi shaklida kiritilishi mumkin.
Baholash mustaqil ekspert xulosasi bilan tasdiqlanadi. Xalqaro andozalar bo‘yicha nazorat mavjud bo‘lgan hollardagi investitsiyalar hisobi quyidagicha ko‘rib chiqiladi:
1.Aksiyalarga oid investitsiyalar haqiqatdagi chiqimlar bilan birgalikdagi qiymat asosida hisobga olinadi;
2.Dividendlardan olingan foyda ularning olinishi chog‘ida ishlatiladi;
3.Balans qiymati:

  • qiymat bo‘yicha;

  • qayta baholangan qiymat bo‘yicha yoki;

  • birjadan aylanuvchi aksiyalar bilan bo‘lgan holatda.

Jami paketning hajmlari bo‘yicha aniqlanadigan xarid qilish bahosining yoki joriy narxlar qiymatlarining eng kichigi bo‘yicha hisobga olinadi.
Uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati, agar hisobot davri vaqtiga kelib qimmatli qog‘ozlarning (vaqtinchalik tusga ega bo‘lmagan) katirovkasi pasayishi yuz bergan bo‘lsa, kamaytirilishi kerak.
1.Qayta baholash qisqa muddatli investitsiyalar bo‘yicha foyda va zararlar schyotiga, uzoq muddatli investitsiyalar bo‘yicha rezerv kapitaliga kiritiladi.
2.Aksiyalar savdosi xarajatlar chiqarib tashlangan holdagi sotish bahosi bilan balans qiymati o‘rtasidagi ayirmalar xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotda daromadlar va xarajatlar sifatida ko‘rsatiladi.
Xalqaro andozalar bo‘yicha sezilarli ta’sir mavjud bo‘lgan chog‘idagi (shu’ba kompaniyalariga oid) investitsiyalar hisobi aksiyadorning xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kapitalidagi ulushi hajmini hisobga oluvchi usul bo‘yicha amalga oshiriladi. Bundan quyidagi holatlar mustasno:
•agar kapital qo‘yilmalar faqat yaqin kelajakda keyingi nav-batdagi sotilishi uchun amalga oshirilsa va saqlansa;
•investor sezilarli ta’sirda boshqa foydalanmaganda;
•shu’ba kompaniya o‘z faoliyatini qat’iy cheklashlar sharoitida amalga oshirganida.
1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq «Qimmatli qog‘ozlar - bu ularni chiqargan shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlovchi, dividend yoki foiz ko‘rinishida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxsga berish imkoniyatini nazarda tutuvchi pul hujjatlaridir». YUqorida qayd etilgan qonunga ko‘ra, qimmatli qog‘ozlarga:

  • aksiyalar;

  • obligatsiyalar;

  • xazina majburiyatlari;

  • depozit va xazina sertifikatlari;

  • veksellar;

  • hosilaviy qimmatli qog‘ozlar kiradi.


Download 29,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish