Nazorat va muhokama savollari
1. Investitsiya nima va investitsiyaning qanday turlarini bilasiz?
2. “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi O`zbekiston Respublikasining qonuni to`g`risida nimalarni bilasiz?
3. Xorijiy investitsiyalarga qanday omillar ta`sir ko`rsatadi?
4. Kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga kiritilayotgan investitsiyalarning o`rni haqida nimalar deya olasiz?
5. 2020 yilda mamlakatimizga kiritilgan xorijiy investitsiyalar tahlili.
JAVOBLAR
Investitsiya — (nemischa „Investition“, lotincha „Investio“) soʻzidan olingan boʻlib, asosan, ishlab chiqarishga uzoq muddatli qoʻyilmalar sarfi, yaʼni xarajatlar yigʻindisi deb talqin etilgan. Investitsiya — foyda (daromad) olish yoki ijtimoiy samaraga erishish maqsadida, davlat, xuquqiy va jismoniy shaxslar (investorlar) tomonidan cheklangan imkoniyatlardan samarali foydalanib, cheklanmagan extiyojni qondirish uchun iqtisodiyotning turli soxalariga maʼlum muddatga sarflangan barcha turdagi boyliklardir. Ko‘pchilik iqtisodiyotni tushunmaydiganlar Investitsiyani qarz deb tushunadi. Davlat qarzi hisoblab chiqilganda Investiitsiyalar hisobga olinmaydi. Uning quyidagi turlari mavjud: davlat Investitsiyasi — davlat byudjeti va moliya manbalari hisobidan kiritiladi; chet el Investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, tad-birkorlar tomonidan kiritiladi; xususiy Investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fukarolar mablagʻlari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida. Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 9-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2019-yil 14-dekabrda ma’qullangan. 1-bob. ... mahalliy investorlar — investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti maqomiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan amalga oshiriladgan investitsiyalar.
Xorijiy investitsiyalarni o’rgangan holda, ’zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni davlat. O’zbekiston Pespublikasida qulay investitsiya loyihalarini tuzish va ularni moliyalashtirish bo’yicha quyidagi omillar mavjud. Investitsiya loyihalari bilan shug’ullanuvchi shaxslarni rag’batlantirish. Sanoat ustuvor sohalari, yuqilg’i, energetika muammolari bo’yicha investitsiya loyihalarini tuzishni jadallashtirish.
kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalarni keng jalb etish va yo’naltirish; sanoat tarmoqlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalar joriy etilishini rag’batlantirish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatidagi ularga keng kulamda imkoniyatlar berishda davlat tomonidan amalga oshiriladi hamda qonunlar bilan himoyalanadi
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturi tasdiqlandi. Unda:
850,5 trln soʻm investitsiyalar, shu jumladan 35,5 mlrd AQSh dollari miqdoridagi хorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilishini nazarda tutuvchi 2020-2022 yillarda kapital qoʻyilmalarni oʻzlashtirishning yigʻma prognoz parametrlari, shuningdek. 2020-2022 yillarda investitsiyalar va kreditlarni oʻzlashtirish hamda jalb qilishning prognoz parametrlari;
206 ta yangi ishlab chiqarish quvvatlari va 31 mingdan ziyod ish oʻrinlari yaratilishini nazarda tutuvchi 2020 yilda yirik ishlab chiqarish ob’yektlari va quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi koʻrsatilgan.
Shuningdek quyidagilar tasdiqlandi:
2020 yilda investitsiya va kreditlarni oʻzlashtirish boʻyicha yigʻma manzilli dastur, shuningdek, uning choraklar kesimida ijrosining prognoz koʻrsatkichlari;
2020 yilda Oʻzbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida хorijiy kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
2020 yilda toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalar va kreditlar jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
2020 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash talab etiladigan investitsiya loyihalari roʻyхati;
2020 yilda ishlab chiqiladigan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyхati.
Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/2020-2022_yillar_uchun_investiciya_dasturi_qabul_qilindi
Do'stlaringiz bilan baham: |