Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash
doirasidagi qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralarining (imtiyozlar va
preferensiyalarning) amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya
shartnomasining amal qilish muddati tugagach bekor qilinadi yoxud ushbu moddada
belgilangan tartibda bunday muddatning tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal
bir tomonlama tartibda.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bo‘yicha
majburiyatlar chet ellik investor tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan
taqdirda investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi
vakolatli davlat organi chet ellik investorga O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan
investitsiya shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun investitsiya loyihasini to‘xtatib turish
va (yoki) uni bundan buyon amalga oshirish imkoniyatini asoslovchi hujjatlarni taqdim etish
Agar chet ellik investor tomonidan yozma xabarnoma olingan paytdan e’tiboran uch oy
mobaynida investitsiya loyihasini to‘xtatib turish va (yoki) uni bundan buyon amalga oshirish
imkoniyatini asoslovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa, investitsiyalarni va investitsiya
faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishini muddatidan
oldin tugatish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdimnoma kiritadi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining xulosasini olganidan keyin chet ellik investorga
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasining amal qilishi
muddatidan oldin bir tomonlama tartibda bekor qilinganligi to‘g‘risida yozma xabarnoma
yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bekor
qilingan taqdirda, chet ellik investor investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan
investitsiya shartnomasi bo‘yicha berilgan qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash
choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) tufayli budjetga to‘lanmagan soliqlar va to‘lovlarning
summalarini to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi O‘zbekiston
Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzgan chet ellik investorning
tashabbusiga ko‘ra bir tomonlama tartibda bekor qilingan taqdirda, mazkur chet ellik investor
investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash doirasida
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi bo‘yicha berilgan
qo‘shimcha kafolatlar va qo‘llab-quvvatlash choralari (imtiyozlar va preferensiyalar) tufayli
budjetga to‘lanmagan soliqlar va to‘lovlarning summalarini to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomasi taraflarning
kelishuviga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilinganda majburiyatlarni bundan buyon ijro etish
ularning o‘zaro kelishuvi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: