Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘G‘risida


-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  bilan  investitsiya  shartnomasini



Download 169,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/59
Sana31.12.2021
Hajmi169,69 Kb.
#200972
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
Bog'liq
O‘RQ-598-сон 25.12.2019. Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida

43-modda.  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  bilan  investitsiya  shartnomasini

tuzish bo‘yicha takliflar kiritish tashabbusi

O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  bilan  investitsiya  shartnomasini  tuzish  bo‘yicha

taklif kiritish tashabbusi chet ellik investor tomonidan mustaqil ravishda yoki davlat va xo‘jalik



boshqaruvi  organlari,  mahalliy  ijro  etuvchi  hokimiyat  organlari  yoki  xo‘jalik  yurituvchi

subyektlar bilan birgalikda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan investitsiya shartnomasini tuzish uchun chet

ellik  investor  mustaqil  ravishda  yoki  loyihaning  tegishli  tashabbuskorlari  bilan  birgalikda

investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli

davlat  organiga  yoki  uning  tasarrufidagi  chet  el  investitsiyalarini  jalb  qilish  sohasidagi

tashkilotga quyidagilarni taqdim etadi:

investitsiya  shartnomasini  tuzish  va  investitsiya  faoliyati  obyektiga  investitsiyalarni

amalga oshirish maqsadi, shuningdek investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha mavjud

tajriba (agar mavjud bo‘lsa) to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilgan ariza;

investitsiya shartnomasining loyihasi;

vakolatli  organlarda  qonun  hujjatlarida  belgilangan  hollarda  ekspertizadan  o‘tgan

texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisob-kitob) asosida bajarilgan biznes-reja loyihasi.

Investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi

vakolatli davlat organi yoki uning tasarrufidagi chet el investitsiyalarini jalb qilish sohasidagi

tashkilot  investitsiya  shartnomasi  loyihasini  huquqiy  ekspertizadan  o‘tkazish,  investitsiya

loyihasini  moliyaviy-iqtisodiy  baholash,  chet  ellik  investorlarga  va  (yoki)  investitsiyalar

ishtirokida  tashkil  etilayotgan  korxonaga  qonun  hujjatlarida  belgilanganidan  qo‘shimcha

ravishda  kafolatlar  va  qo‘llab-quvvatlash  choralari  (imtiyoz  va  preferensiyalar)  berishga

taalluqli  qismi  bo‘yicha  davlat  boshqaruvi  organlarining  xulosalarini  keyinchalik  ularni

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko‘rib chiqish uchun kiritish maqsadida oladi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  ijobiy  xulosasi  yakunlariga  ko‘ra  investitsiya

shartnomasi  chet  ellik  investor  va  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  o‘rtasida

investitsiyalarni va investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatli

davlat organi orqali yozma shaklda tuziladi.

O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumati  bilan  imzolangan  investitsiya  shartnomasi

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  yoki  O‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  ushbu

shartnomani  tasdiqlash  to‘g‘risidagi  qarori  qabul  qilingan  sanadan  e’tiboran,  agar  ushbu

qarorda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan tuzilgan investitsiya shartnomalari ijrosining

monitoringi  hamda  nazoratini  investitsiyalarni  va  investitsiya  faoliyatini  davlat  tomonidan

tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organi amalga oshiradi.




Download 169,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish