16-modda. Mablag‘lardan foydalanish kafolatlari
Investitsiya faoliyati subyektining investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadlari
soliqlar va to‘lovlar to‘langanidan keyin uning xohishiga ko‘ra reinvestitsiya qilinishi yoki
ulardan boshqa har qanday usulda foydalanilishi mumkin.
Chet el va mahalliy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning hisobvaraqlaridagi
mablag‘lardan foydalanishni davlat organlari tomonidan cheklash yoxud ularni majburan
echib olish faqat qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |